668
25-BOB. UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI
25.1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy
xo‘jaliklari moliyasi
Uy-xo‘jaliklari moliyasi davlat moliyaviy tizimning ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy
xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan qanday
maqsadlarni bajarishga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir
tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, er,
kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari
hisoblanadi va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar
manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir
tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda
tovarlar va xizmatlarni
iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor
talabini aniqlab beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat
yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy
aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok
etadi, soliq to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan
moliyaviy fondlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan
(kishilar to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional
birlikni ifodalash
uchun foydalaniladi. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar
Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar
tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy
xo‘jaligini yagona yashash maydonida birgalikda yashayotgan,
umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va boyliklarini to‘liq yoki
qisman berayotgan va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng
asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda
(birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan
guruhi, deb ta’riflaydi
130
.
Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi”
atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga
yo‘l qo‘yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi”
iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari
130
Bu to‘g‘rida batafsil qarang: Finansovo-kreditniy entsiklopedicheskiy slovar / Pod obshch. red.
A.G.Gryaznovoy. – M.: 2002. s. 299.
661
Obligatorli qayta sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
qayta
sug‘urta to‘lovlarining hammasi sug‘urta mukofotidan foizlar
hisobida to‘lanadi. Obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomasi
noaniq muddatga tuzilib ikki tomonning roziligi bilan bekor qilinishi
mumkin. Bunday shartnoma sug‘urta tashkiloti uchun foydalidir,
chunki bunda hamma qabul qilingan risklar qayta sug‘urta
himoyasiga ega. Obligatorli qayta sug‘urta fakultativ qayta
sug‘urtadan farqli, u sug‘urta portfelining katta qismini o‘z ichiga
oladi. Obligatorli qayta sug‘urta shartnomasi fakultativ qayta
sug‘urta shartnomasidan ancha arzonroq.
Shuning hisobiga
xalqaro qayta sug‘urta bozorida ushbu qayta sug‘urta turi katta
salmoqni tashkil etadi.
Obligatorli qayta sug‘urtadan farqli, fakultativ qayta sug‘urtada
qayta sug‘urtalovchi o‘ziga qabul qilayotgan risk haqida to‘liq
ma’lumotga ega bo‘ladi. Ushbu shartnoma bo‘yicha bir martalik
bitimlar amalga oshiriladi. Fakultativ qayta sug‘urta shartnomasi
tomonlarga to‘liq erkinlik beradi.
Sug‘urta tashkilotining qayta sug‘urtalovchiga fakultativ qayta
sug‘urtalash bo‘yicha berayotgan taklifida risk haqida quyidagi
ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
-sug‘urta tashkilotining nomi va manzili;
-qayta sug‘urta turi: proportsional yoki noproportsional;
-riskning joylashgan joyi;
-sug‘urta manfaati;
-shartlar-sug‘urtalangan
xavflar
(qaysi
risklardan
sug‘urtalanadi va qaysilaridan sug‘urtalanmaydi (istisnolar) to‘liq
ko‘rsatiladi);
-umumiy sug‘urta summasi, qoplamaning qaysi valyutada
to‘lanishi, stavkalar;
-franshiza;
-qayta sug‘urtalovchiga mukofot, qayta sug‘urta komissiyasi
va boshqa xarajatlar;
-fakultativ qayta sug‘urtaning boshlanishi va tugash sanasi;
-taklif qilingan ulush;
-zararning oldini olish imkoniyati va choralari;
-ekspert xulosasi;
-bevosita sug‘urtadagi sug‘urtalovchining ulushi.
Odatda fakultativ qayta sug‘urtalash
jarayoni sekin kechadi,
chunki qayta sug‘urtalovchi riskni obdon o‘rganguncha bir muncha
vaqt ketadi. Qayta sug‘urtalovchi riskni o‘rganib bo‘lib, sug‘urta
tashkilotiga o‘zi qabul qila oladigan ulush miqdorini aytadi. Yirik
662
qayta sug‘urtalovchilar o‘zlarining fakultativ qayta sug‘urtalash
bo‘linmalariga ega. Fakultativ qayta sug‘urtalashda qayta
sug‘urtalovchining vazifasi bevosita sug‘urta tashkilotining
imkoniyatini kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan, balki riskni
baholash, sug‘urta shartnomalari
shartlarini belgilash, zararni
oldini olish va ushbu masalalar bo‘yicha maslahat berishdan ham
iborat. Fakultativ qayta sug‘urta sug‘urtalovchi va qayta
sug‘urtalovchiga
ko‘p
qulayliklar
yaratishi
bilan
birga
kamchiliklarga ham ega. Fakultativ qayta sug‘urtaning asosiy
kamchiliklari quyidagilardan iborat:
1. qayta sug‘urtaga berilayotgan risk bo‘yicha ma’muriy
ishlar hajmining ko‘pligi;
2. riskni joylashtirishda sug‘urtalovchining har bir qayta
sug‘urtalovchi bilan aloqada bo‘lishiga ketadigan ko‘p vaqt;
3. sug‘urtalovchi
sug‘urtalanuvchidan
birdaniga
uning
moliyaviy imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi;
4. fakultativ qayta sug‘urtalovchi tomonidan o‘rnatiladigan
komission haq nisbatan kamroq bo‘ladi.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan kamchiliklarga qaramasdan
fakultativ qayta sug‘urta quyidagi sabablarga ko‘ra amalda
qo‘llaniladi:
1. oddiy sug‘urta shartnomalariga to‘g‘ri
kelmaydigan
maxsus risklarni qayta sug‘urtalashda;
2. obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomasida qayta
sug‘urtalash limitidan oshgan summani qayta sug‘urtalashda;
3. shartnoma bo‘yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori
bo‘lganda va qayta sug‘urtalovchining javobgarligini cheklashda;
4. bozorning boshqa sug‘urta tashkilotlari band etgan
segmentida sug‘urta tashkilotining teng ishtirok etishi.
5. sug‘urta qildiruvchi faoliyatining yangi yo‘nalishlarini
sug‘urtalayotganda sug‘urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni
oshirishda;
6. sug‘urtalovchiga sug‘urtaga qabul qilish amaliyotini
baholashda;
7. alohida ahamiyatga ega bo‘lgan risklarni sug‘urtalashda
qayta sug‘urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish.
Qayta sug‘urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy
shaklda amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug‘urta
qilishga
nisbatan nisbiy qayta sug‘urtalash ancha ilgari paydo bo‘lgan.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda nisbiy qayta sug‘urtalashni,
667
•
Sug‘urta qoplamasi yuridik shaxsga qaysi hujjatlar asosida
to‘lanadi?
•
Yuridik shaxslarning mol-mulki sug‘urtasini rivojlantirish
muammolari haqida so‘zlab bering.
•
Mulkiy
sug‘urta
shartnomasi
bo‘yicha
nimalar
sug‘urtalanishi mumkin?
•
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi
bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida nimalar to‘g‘risida kelishuvga
erishilishi lozim?
Dostları ilə paylaş: