Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 

Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati nimadan iborat? 

Sug‘urta qanday pul munosabatlarining yig‘indisi hisoblanadi? 


688 

imtiyozli to‘lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joy-
kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriy-kurort 
davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini 
to‘lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va boshqalar; 

sug‘urta qoplamalari – ko‘zda tutilmagan sabablar bo‘yicha 
sug‘urta hodisasi ro‘y bergandagi to‘lanmalar; 

moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko‘chib 
o‘tganlarga bir martalik to‘lanmalar va boshqalar. 
Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra ijtimoiy to‘lanmalarning 
quyidagi ko‘rinishlari bor: 

barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan ijtimoiy 
to‘lanmalar: respublika byudjetidan – urush ishtirokchilari va 
nogironlarini, jangovor harakatlar faxriylarini ijtimoiy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlash 
chora-lari; 
mintaqaviy 
va 
mahalliy 
byudjetlardan – mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini 
ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari, turli xildagi ustama 
va qo‘shimchalar; 

byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining byud-
jetlaridan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar: Pensiya 
fondining byudjeti hisobidan – mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy 
xizmatchilar va ularning oilalariga pensiyalar; Ijtimoiy sug‘urta 
fondi mablag‘lari hisobidan – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini 
yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k. 

korxonalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 
ijtimoiy to‘lanmalar – pensiyalarga ustamalar, pensiyaga 
chiqadiganlarga bir martalik nafaqalar va boshqalar; 

kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan moliyalash-
tiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar – oilaviy holatlarga ko‘ra turli bir 
martalik nafaqalar va boshqalar.
Yaxlit olinganda uy xo‘jaliklari daromadlarining sotsial 
to‘lanmalar ko‘rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, 
boshqa sotsial va sug‘urta tushilmalarini o‘zida birlashtiradi. 
Sotsial to‘lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko‘ra uch 
ko‘rinishga ajratish mumkin: 

pul mablag‘lari bilan yordamlashuv; 

imtiyozlar; 

natural ko‘rinishdagi yordam. 
673 

nazorat; 

tartibga solish; 

rag‘batlantirish; 

ijtimoiy. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan 
va bir-birini doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir vaqtning o‘zida, 
ma’lum ma’noda va ma’lum darajada ular o‘zlarining namoyon 
bo‘lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz 
farqlanishi ham mumkin. 
Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini 
oxirgi bosqichgacha, ya’ni aniq individgacha yoki uy xo‘jaligining 
har bir a’zosigacha yetkazadi. Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash 
funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag‘lari fondini 
shakllantirishni taqozo etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun 
iqtisodiy (moliyaviy) asos yaratadi. 
Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog‘at 
yoshiga yetmaganlar yoki yetgan bo‘lsa-da, turli sabablarga ko‘ra 
ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy xo‘jaliklarining 
hissasiga to‘g‘ri kelgan milliy daromadning bir qismi uy xo‘jaliklari 
moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida uning barcha 
ishtirokchilari o‘rtasida u yoki bu nisbatlarda (proportsiyalarda) 
taqsimlanadi. Uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini 
bajara borib, har bir shaxsni (kishini) uning hayotiyligi uchun kerak 
bo‘lgan resurslar bilan ta’minlab, oxir oqibatda, ishchi kuchi takror 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda 
taqsimlash funksiyasining ta’sir obyekti uy xo‘jaligiga tegishli 
bo‘lgan (uy xo‘jaligi egalik qilayotgan) daromad hisoblanadi. 
Taqsimlash jarayonining subyektlari sifatida esa uy xo‘jaliklarining 
barcha ishtirokchilari maydonga chiqadi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli 
shakllarda, jumladan, investitsion-taqsimlash funksiyasi sifatida 
amalga oshirilishi mumkin. Uning bu (investitsion-taqsimlash) 
shakli shu bilan xarakterlanadiki, uy xo‘jaliklari iqtisodiyot uchun 
moliyaviy 
resurslarni 
asosiy 
yetkazib 
beruvchilardan 
biri 
hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi bu funksiya 
bajarilishining moddiy asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik hollarda uy 
xo‘jaliklarining investitsion funksiyasi faqat kapitallashtiriladigan 
daromadlarning salmog‘i, ya’ni daromadning jamg‘arma sifatida 
foydalaniladigani (mablag‘larni turli moliyaviy institutlarga va 


674 
haqiqiy ishlab chiqarishga joylashtirish) bilan bog‘lanadi. Biroq 
bunday yondashuv bir tomonlamalik xarakteriga ega. Haqiqatda 
esa, 
o‘z 
navbatida, 
iste’mol 
salmog‘ining 
oshishi 
ham 
iqtisodiyotga investitsiyalarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan omil 
hisoblanadi. 
Bir vaqtning o‘zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab 
chiqarish jarayoni ishchi kuchi va shuningdek, uy xo‘jaliklarining 
pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Bu yerda uy xo‘jaliklari 
moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida rol 
o‘ynaydi. 
Uy 
xo‘jaliklari 
daromadlari, 
xarajatlari 
va 
jamg‘armalarining o‘sishi jamiyatdagi takror ishlab chiqarish 
jarayoni uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari mustaqil xo‘jalik 
yurituvchi subyekt hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaliklari a’zolarining 
turmush darajasi uning hissasiga to‘g‘ri kelayotgan daromadning 
miqdoriga to‘liq bog‘liqdir. Turli omillar ta’siri natijasida bu hajm 
ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. Shuning uchun ham 
iste’molning odatdagi darajasini ushlab (saqlab) turishni olingan 
daromadlarning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli 
foydalanishi ustidan nazorat qilishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Shuningdek, uy xo‘jaliklarining farovonligini qo‘llab-quvvatlash va 
ularni taraqqiy ettirish uchun ular byudjetlarining holatlari, ularga 
tegishli 
bo‘lgan 
daromadlarning 
taqsimlanishi, 
daromad 
manbalarining dinamikasi ustidan nazorat ham obyektiv ravishda 
zarur. Ana shularda uy xo‘jaliklari moliyasining nazorat funksiyasi 
o‘zini namoyon etadi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish funksiyasining 
namoyon bo‘lishini quyidagi ikki nuqtayi nazardan qarash 
maqsadga muvofiq: 

makroiqtisodiyot; 

mikroiqtisodiyot. 
Makroiqtisodiy yondashuv nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklari 
moliyasi, bir vaqtning o‘zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni 
tartibga solishning obyekti va instrumenti hisoblanadi. Uy 
xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib, davlat, eng avvalo: 

bozor 
munosabatlariga 
xos 
bo‘lgan 
daromadlarni 
differensiatsiya qilish (tabaqalashtirish) muammosining o‘tkirligini 
kamaytiradi; 
687 
uchun MHTMM tegishli byudjetlar hisobidan, boshqa subyektlar 
uchun esa ularning o‘z manbalari hisobidan ta’minlanadi. 
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hozirgi 
paytda isloh qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig‘ilib qolgan 
muammolar bilan (mehnatga haq to‘lashning xodimlar malakasi 
va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog‘langanligi, 
markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash 
jarayoni ustidan to‘liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo‘qligi 
va boshqalar) bog‘liqdir. 
Ijtimoiy to‘lanmalar (sotsial transfertlar) o‘zining ahamiyatiga 
ko‘ra uy xo‘jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida 
ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ularni turli belgilar va asoslar bo‘yicha 
tasniflash (klassifikatsiya qilish) mumkin. Xususan, tasniflash 
me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib o‘tish maqsadga 
muvofiqdir: 

iqtisodiy mazmuniga ko‘ra; 

ijtimoiy to‘lanmalarning shakli bo‘yicha; 

moliyalashtirish manbalariga ko‘ra. 
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ijtimoiy to‘lanmalarning quyidagi 
ko‘rinishlari mavjud: 

mehnat pensiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar - 
mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar; 

ijtimoiy xarakterdagi to‘lanmalar – kam ta’minlangan 
oilalarga, bola parvarishi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish 
bo‘yicha); 

individual foydalanish xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
to‘lanmalar – sog‘liqni saqlash, maorif, boshqa notijorat 
tashkilotlar xizmatlarini to‘lash; 

cheklangan harakatga ega bo‘lgan to‘lanmalar – ishsizlik 
bo‘yicha nafaqalar, stipendiyalar. 
O‘zlarining shakli bo‘yicha ijtimoiy to‘lanmalar quyidagi 
ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin: 

pensiyalar – mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar; 

nafaqalar – kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik 
nafaqasi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa va boshqalar; 

stipendiyalar – oliy, o‘rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar 
o‘quvchilariga, tayanch doktorant va doktorantlarga stipendiyalar; 


686 

va boshqalar. 
Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat 
haqi asosiy o‘rinni egallaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, 
bozor 
munosabatlariga 
o‘tilishi 
bilan 
uy 
xo‘jaliklari 
daromadlarining tarkibida uning salmog‘i biroz pasaydi. Bu 
mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir 
bo‘lgan sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bir tomondan, qisman 
ish haqining o‘rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning 
yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi yangi 
imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi 
manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo 
bo‘ldi. 
Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past 
darajasi, uni tartibga solishning yetarli darajada samarali 
bo‘lmagan davlat siyosati, xufyona iqtisodiyot hajmining o‘sishi 
mehnatga haq to‘lashning yashirin, rasmiy ravishda hisobga 
olinmagan shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi
138
. Iqtisodiyot 
tarmoqlari (masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi 
maorif va qishloq xo‘jaligidagi uning darajasidan bir necha 
barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar 
(xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga 
nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) 
bo‘yicha ish haqining tabaqalanishi
139
o‘tkir muammoga aylan-
gan. 
Mehnatga haq to‘lashning quyi chegarasi davlat tomonidan 
o‘rnatiladi va uni davlat mehnatga haq to‘lashning minimal miqdori 
(MHTMM) deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar, 
mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar kiritilmaydi. 
Byudjet manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar 
138
Ish haqining yashirin shakllariga quyidagilar kirishi mumkin: a) to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib
pul tushumlaridan to‘lanmalar; b) sug‘urta tizimi va banklarning depozit hisobvaraqlaridan beriladigan pul 
yordamlari, kreditlar va to‘lanmalar; v) xodimlarga ko‘chmas mulk, uzoq muddatlarda foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan predmetlarni sotib olish yo‘li bilan natural shaklda beriladigan to‘lanmalar; g) va boshqalar. Rasmiy 
statistikada mehnatga haq to‘lashning xufyona shakllarining miqdori bilvosita, balans metodi yordamida aholining 
pul xarajatlari va jamg‘armalari hamda rasmiy hisobga olingan daromadlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi 
mumkin. 
139
Buning aynan shunday ekanligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi holatga e’tibor berishning o‘zi etarli: 
mamlakatimizda ayni davrda moliya-bank sohasidagi o‘rtacha oylik ish haqi boshqa sohalardagi o‘rtacha ish haqiga 
nisbatan yuqoriroq. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hatto shu sohaning o‘zida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 
keskin tebranish bo‘layotganligini aniqlashimiz mumkin. Xususan, davlat mulkiga tegishli bo‘lgan moliyaviy 
muassasalarda ish haqining darajasi aralash va hamkorlikdagi mulkchilik shaklida bo‘lgan xuddi shunday 
muassasalardagi ish haqidan ancha pastdir. 
675 

aholi 
daromadlari 
manbaining 
tarkibiy 
tuzilishi 
va 
dinamikasidagi (o‘zgarishidagi) tendentsiyalarni shakllantiradi; 

iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi; 

uy xo‘jaliklarining investitsion salohiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Mikroiqtisodiy yondashuv nuqtayi nazaridan esa uy 
xo‘jaliklarining iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o‘rtasidagi 
yetarli darajada murakkab bo‘lgan munosabatlar kompleksiga 
asoslanadi. 
Bu 
munosabatlar 
yosh 
borasidagi 
farqlar, 
xarakterning belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va 
ehtiyojlarining xilma-xil darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan 
birgalikda, faqat uning ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar 
qabul qilishda o‘zaro tushunishga ega (yakdil) bo‘lsalargina, uy 
xo‘jaliklarining sog‘lom (normal) rivojlanishi sodir bo‘lishi mumkin. 
O‘z navbatida, uy xo‘jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy 
manfaatlarini muvofiqlashtirish ularni tartibga solish orqali amalga 
oshiriladi. Bu yerda “ularni tartibga solish” deyilganda, uy 
xo‘jaligining bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad bir qismining 
o‘zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak, bundan uy xo‘jaliklari 
moliyasining yana bir funksiyani – iqtisodiy birlik sifatida uy 
xo‘jaligining balanslashtirilgan (muvozanatli) tarzda rivojlanishini 
qo‘llab-quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini – bajarishi yaqqol 
ko‘rinib turibdi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi turli 
shakl va mazmunda o‘zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o‘z o‘sib 
boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o‘sib borishi obyektiv iqtisodiy 
qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur 
bo‘lgan daromadlarni uy xo‘jaliklari tomonidan oshirishga intilish 
tufayli namoyon bo‘ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari 
daromadlarining o‘sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga 
asoslangan bo‘lmog‘i lozim. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi aholi 
real daromadlarining o‘sishiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish 
jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga 
asoslangan rag‘batlantiruvchi moliya mexanizmini yaratish orqali 
amalga oshiriladi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy jihatlari unga 
tegishli bo‘lgan yuqoridagi barcha funksiyalarning tahlilida 
kuzatiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy funksiyaning 
uy xo‘jaliklari moliyasiga tegishli bo‘lgan alohida funksiya sifatida 


676 
qaralishini, ma’lum ma’noda, yetarli darajada asoslangan deb 
hisoblash mumkin. Chunki uy xo‘jaliklarining daromadlari, xarajat-
lari va jamg‘armalari aholi va uning alohida guruhlari sotsial-
iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va 
demografik jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shu ma’noda, 
uy xo‘jaliklari moliyasi jamiyat barcha a’zolarining hayotiy 
ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy 
tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini taqsim-
lashdagi bog‘liqliklarni ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy 
indikatorlar (masalan, o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keluvchi pul 
daromadlari, 
aholi 
daromadlarining 
differensiatsiyalanish 
(tabaqalanish) koeffitsiyenti, yashash minimumi, minimal ish haqi 
va boshqalar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining majburiy 
elementi hisoblanadi, davlat ijtimoiy siyosatining ishlab chiqilishi 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatning farovonlik darajasini 
baholashga imkon beradi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uy 
xo‘jaliklaridagi 
moliyaviy 
munosabatlarning 
masshtabi, 
bu 
munosabatlar namoyon bo‘lishi xilma-xilligining to‘liqligi va 
ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog‘liqdir. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin