Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Uy xo‘jaliklari daromadlari



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

25.3. Uy xo‘jaliklari daromadlari 
Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi 
pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday 
daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat 
ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 
turli manbalardan tashkil topadi. 
Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daro-
madlarini ikki guruhga ajratish mumkin: 

uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari; 

uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari. 
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘z-
o‘zini ta’minlashga mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining 
natijasidan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi 
mumkin: 

tomorqadan olingan mahsulotlar; 

uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi 
korxonalaridan olingan natural to‘lovlar. 
Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining 
natural shakli bo‘yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga 
natural shakldagi sotsial transfertlarni va ish beruvchi tomonidan 
taqdim etilgan (berilgan) natural ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham 
kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtayi nazardan, bu mablag‘lar 
uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi 
natural daromadlar bo‘la olmaydi va ular pul mablag‘larining 
defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat 
qiladi. 
Umuman olganda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarida 
natural daromadlarning salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni 
tashkil etadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, uning salmog‘i 
alohida olingan uy xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal-
liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda 
o‘zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan qayd etish joizki, 


682 
(parametrlardan) tashqari uy xo‘jaligining iste’mol va moliyaviy 
xatti-harakatida, jamg‘ariladigan fondlarni yaratishda sotsial va 
psixologik jihatlar muhim rol o‘ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi: 

davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo‘lgan ishonch 
darajasi; 

o‘tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti-harakat tajribasi 
va uning subyektiv bahosi; 

asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish; 

qo‘yilmalarning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga egalik 
qilish. 
Jamg‘ariladigan 
fondlarni 
shakllantirish 
bo‘yicha 
uy 
xo‘jaliklari moliyaviy xatti-harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari 
jamg‘arma strategiyalarining elementlari va turlarini ajratib 
ko‘rsatishga imkon beradi. Uy xo‘jaligining har qanday 
jamg‘ariladigan strategiyasi mustaqil bo‘lgan uch komponetdan 
tarkib topadi: 

jamg‘arish me’yori, ya’ni uy xo‘jaligi jami daromadining 
jamg‘arishga yo‘naltiriladigan ulushi asosida jamg‘arishning 
amalga oshirilishi; 

risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish miqdorlarini 
hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash; 

pul mablag‘larini joylashtirish muddatlari. 
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning kombinatsiya qilinishi uy 
xo‘jaligining jamg‘arish strategiyasini belgilab beradi. Uning 
quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: 

“0”li strategiya – jamg‘arish amalga oshirilmaydi, barcha 
daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiriladi; 

yuqori risk strategiyasi – qo‘yilmalar faqat yuqori riskli 
moliyaviy aktivlarga yo‘naltiriladi; 

real strategiya – mablag‘lar past va bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
riskli aktivlarga qo‘yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi. 
Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga, 
shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik 
darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Bunda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank 
operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug‘urta ishi va shu kabilarning 
huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rol o‘ynaydi. 
Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadlik 
darajasida 
bir-birlariga 
yaqinlashish 
tendensiyasi 
paydo 
679 
salohiyatini o‘rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti-
harakatini tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday 
tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda sodir 
bo‘layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy 
ravishda olib boriladi. 
Uy xo‘jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo‘lishidan qat’iy-
nazar, baribir ularning pul fondlarini shakllantirish va ulardan 
foydalanish bilan bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, uy xo‘jaliklarining 
moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan 
quyidagi bloklarni qamrab oladi: 

uy xo‘jaligining daromadlarini shakllantirish; 

iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy 
xo‘jaligining iste’mol fondi); 

jamg‘ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi. 
Yuqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlar, ko‘rinib 
turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni 
qamrab oladi. Endi har bir blokka (yo‘nalishga) tegishli bo‘lgan uy 
xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatlari 
to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. 
Yakuniy iste’molning manbai va xarajatlarda byudjet 
cheklanmalarini aniqlab berganligi uchun uy xo‘jaliklarida 
daromadlarni shakllantirish jarayoni
136
prinsipial jihatdan muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Daromadlar 
qancha 
ko‘p 
bo‘lsa, 
uy 
xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va 
moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng bo‘ladi. Moliyaviy 
qarorlar uy xo‘jaliklarining aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi 
davr daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham 
tegishli bo‘lishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklarining daromadlarini 
shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida 
mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab chiqarish omillariga 
nisbatan bo‘lgan mulkchilik daromadlarni funktsional (birlamchi) 
taqsimlanishini aniqlab beradi va uy xo‘jaliklari moliyaviy 
salohiyatining o‘sishi uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bir 
vaqtning o‘zida daromadning funktsional taqsimlanishi yollanib 
mehnat qiluvchi shaxs va kapital egasining sotsial maqomi bir 
136
Gap bu erda uy xo‘jaliklarining sof daromadi, ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyingi 
daromadi xususida ketayapti. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha moliyaviy qarorlar uy 
xo‘jaliklarining vakolatiga kirmaydi va ular mavjud me’yoriy-huquqiy bazasiga (asosga), aholining ijtimoiy 
madaniyati va fuqarolik majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 


680 
tarzda (bir xilda) identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni 
fuqarolar o‘rtasida real taqsimlanishini ifodalaydi. Chunki 
zamonaviy iqtisodiy tizimlarning o‘ziga xos xususiyati sotsial 
maqomning aralashib (qorishib) ketganligi bilan xarakterlanadi. 
Unga ko‘ra, yollanma ishchilar qimmatli qog‘ozlarning turli 
ko‘rinishlarini egallab, kapitalning egasiga aylanishi, ko‘chmas 
mulkka ega bo‘lib, o‘zining biznesini tashkil qilishi mumkin. 
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, uy xo‘jaliklari darajasida daro-
madlarni shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga 
bog‘liq bo‘ladi: 

mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul 
shaklida) imkoniyatining mavjudligiga; 

uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga – 
uy xo‘jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish 
vaqti rejimi va h.k; 

uy xo‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va 
inson kapitalidan foydalanishga; 

uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga. 
Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi 
bu yerda cheklanmalar sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol 
tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan variantlari majmuini 
belgilab beradi. Ana shu nuqtayi nazardan uy xo‘jaliklarining 
iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada 
detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya 
qilinishi 
mumkin: 

hayotiy minimum byudjeti; 

minimal iste’mol byudjeti; 

optimal iste’mol byudjeti. 
Hayotiy minimum byudjeti o‘z ichiga uy xo‘jaligi a’zolarining 
minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan 
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari to‘plamini 
qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi. 
Minimal iste’mol byudjeti uy xo‘jaligi a’zolarining nisbatan 
kengroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va 
iste’molning tiklanuvchi darajasini ta’minlaydi. 
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo‘jaligi doirasida inson 
kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va 
rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki bu byudjet 
insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham 
681 
yuqoriroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol 
byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga ajratish mumkin: 

o‘rtacha darajadagi etarlilik byudjeti; 

yuqori darajadagi etarlilik byudjeti. 
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi va uning 
umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari 
ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga 
asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat hayotiy 
minimumni qoplashga etadigan bo‘lsa, u holda moliyaviy qarorlar 
uy xo‘jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning 
o‘zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda 
hayot kechirishning moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z-o‘zini 
ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, 
mayda-chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi 
kerak. Daromadlarning o‘sishi bilan iste’molning hajmi oshadi va 
uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham 
iste’molning o‘sish sur’atlari daromadning o‘sish sur’atlaridan 
pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy 
adabiyotda 
J.M.Keyns
137
tomonidan 
ifodalangan 
“asosiy 
psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy 
xo‘jaligi iste’mol fondi va jamg‘armalar yo‘nalishini optimal-
lashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamg‘ariladigan 
fondlarni 
shakllantirish 
bo‘yicha 
uy 
xo‘jaliklarining 
moliyaviy 
qarorlari 
ishlab 
chiqilib, 
qabul 
qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak: 

ega bo‘lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning 
odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug‘urta rezervlari 
yaratishning zarurligi; 

uzoq muddatga foydalanishga mo‘ljallangan qimmat turuvchi 
predmetlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital xarajatlar 
darajasini oshirish uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi; 

pensiya rezervlarining lozimligi; 

uy xo‘jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida 
kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga 
keltirishning zarurligi. 
Daromadlar va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish hamda 
ulardan 
foydalanishda 
umumiqtisodiy 
o‘lchamlardan 
137
Qarang: Keyns Dj.M. Obshchaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg. – M., 1999. s.96. 


704 

Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib 
olish va xizmatlarni to‘lash (iste’mol xarajatlari) o‘z ichiga 
nimalarni oladi? 

Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi 
sifatida majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallarning o‘sish 
tendensiyasiga ega ekanligi qanday omillar bilan bog‘langan? 

Davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi dorasida jismoniy 
shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar qanday 
muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi? 

Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari qachon paydo bo‘ladi va 
uning asosida qanday ziddiyat yotadi? 

Jamg‘arma munosabatlari sohasida qanday ko‘p tomon-
lamali aloqalar, manfaatlar, maqsadlar vujudga keladi va qo‘shilib 
ketadi? 

Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan 
foydalanish nimalar bilan belgilanadi? 

Jamg‘armalar hajmining o‘zgarishiga qanday holatlar ta’sir 
ko‘rsatadi? 

Jamg‘armalarni qanday turli belgilarga ko‘ra tasniflash 
mumkin? 

Jamg‘arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko‘ra jamg‘ar-
malarni nimalarga ajratish mumkin? 

Sabablari nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining 
qanday ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin? 

To‘plash shakllari bo‘yicha uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining 
qanday shakllari mavjud? 

Jamg‘armalarning bog‘langan (tashkil qilingan) shakllari 
qanday turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin? 

Hozirgi paytda uy xo‘jaliklarida mablag‘larni jamg‘arish 
jarayonida 
ko‘zga 
tashlanayotgan 
ijobiy 
tendensiyalarni 
tushuntirib bering.
 
689 
Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga 
keltirish eng kamida quyidagi uch vazifaning yechilishini ko‘zda 
tutadi: 

imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o‘zgartirish (natural 
imtiyozlarni pul kompensatsiyalari bilan almashtirish) va byudjet 
resurslarining cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji 
bo‘lmagan ko‘plab imtiyozlarni bekor qilish; 

obyektiv ravishda muhtoj bo‘lgan, kasbiy me’zonlari va 
alohida xizmatlari belgilari bo‘yicha manzilli qo‘llab-quvvatlashga 
o‘tish; 

sotsial 
qo‘llab-quvvatlash 
choralarining 
moliyalashtirish 
manbalarini qat’iy chegaralash. 
Yuqorida 
keltirilgan 
vazifalarning 
bajarilishi 
sotsial 
transfertlarni (to‘lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga 
o‘tishning samarali adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan 
foydalanishni talab qiladi. 
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklari 
daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbatdagi muhim manba 
bo‘lib xizmat qiladi. Bunday daromadlarning tarkibiga xususiy 
biznesni yuritish va uy xo‘jaligida to‘plangan mulkning (boylikning) 
kamayishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keluvchi 
daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar 
biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil 
qilinmagan shakllari doirasida vujudga keladi. 
Keyingi yillarda uy xo‘jaliklarining daromadlari tarkibida 
mulkdan olinadigan daromadlarning salmog‘i oshib borayotir. 
Bunday daromadlar uy xo‘jaliklarining mulkida bo‘lgan moliyaviy 
va nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlaridan foydalanish 
natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat. Bunda 
moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag‘larini 
bank omonatlariga, qimmatli qog‘ozlarga, xorijiy valyutalar bilan 
operatsiyalarga 
joylashtirish 
natijasida 
vujudga 
keladi. 
Nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlardan olinadigan daromadlar 
uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan uy-joy binolari va yer 
uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining mulkdan 
olinadigan daromadlari quyidagi ko‘rinishlarda amal qiladi: 

foizlar; 

dividendlar; 

rentalar. 


690 
Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori, 
xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bo‘lgan xususiy 
mulkchilikning rivojlanishi uy xo‘jaliklari daromadlarining umumiy 
summasida mulkdan olinadigan daromadlarning yanada o‘sishiga 
olib kelishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Uy xo‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy 
tuzilmasi va dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. 
Bunda daromadlarning tabaqalanishi juda ko‘p obyektiv va 
subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ularning eng 
asosiylari quyidagilardir: 

mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi); 

oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, a’zolar 
soni, ijtimoiy maqomi, to‘plangan boyligi; 

inson kapitaliga qo‘yilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy 
mahorati, ularning o‘sish salohiyati). 
Farovonlikning umumiy darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda 
daromadlarning tabaqalanganligi barcha mamlakatlar uchun xos. 
Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishidagi notenglikni Jini 
koeffitsiyenti (daromadlarning kontsentratsiyalashuvi indeksi) 
yaqqol 
ko‘rsatadi. 
Uning 
umumiy 
ko‘tarilishi 
(yuqoriligi) 
jamiyatning chuqur ijtimoiy qatlamlarga bo‘linganligidan darak 
beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o‘sishi, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishda barqaror ijobiy tendentsiyalarning shakllanishi, 
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning samarali 
instrumentlari, kambag‘allikni ogohlantirish mexanizmlari uy 
xo‘jaliklarida ega bo‘lingan real pul daromadlarining o‘sishiga, 
daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin