Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. 
Valyuta kursiga 
ta’sir etuvchi fundamental omillarning 4 turini alohida ajratib 
ko‘rsatish mumkin. Xususan: 
1. Iqtisodiy omillar
. Iqtisodiy omillarning asosiylari sifatida 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar(YaIM, 
Sanoatning o‘sishi, ishsizlik va aholining mehnat bilan bandligi, 
inflyatsiya, foiz stavkalar va h.k.)ning o‘zgarishi (1-jadvalga 
qarang), mamlakatlar markaziy banklari boshliqlarining chiqishlari 
va yig‘ilishidagi qarorlar, valyuta interventsiyasi, moliya bozorining 
valyutadan tashqari boshqa bozorlaridagi o‘zgarishlarni qayd etib 
o‘tish mumkin.
2. Siyosiy omillar
. Siyosiy omillarning asosiylari sifatida 
prezident, davlat va hukumat boshliqlarini saylash jarayoni va 
uning natijalari, ularning iste’foga chiqishi, shuningdek, markaziy 
banklar yoki pul-kredit siyosati bilan shug‘ullanuvchi davlat 
organlari rahbar kadrlar almashinuvi, geosiyosiy to‘qnashuv va 
inqirozlarni ko‘rsatish mumkin.
3. Turli xabarlar va kutishlar
. Global valyuta bozorida 
investorlarni harakatga keltiruvchi shunday ibora bor, ya’ni “turli 
xabarlar, mish-mish gaplar, ovozalar asosida valyutalarni sotib ol 
va fakt (dalil, isbot)larga asoslangan holda ularni sot”. Global 
valyuta bozorida oltin qoidaga aylangan ushbu ibora, shuningdek 
boshqa psixologik omillar investorlarning bozordagi harakatini 
faollashtirishi yoki susaytirishi mumkin.
4. Fors-major holatlari.
Favqulotda sodir bo‘lgan hodisalar, 
masalan, suv toshqini, zilzila, yirik ko‘lamli yong‘in, turli zararli 
epidemiyalarni, gaz va boshqa zarralarni ommaviy tarqalishi, 
kuchli to‘fon yoki dovullar va h.k.lar natijasida turli darajadagi 
vayronagarchilikni yuzaga kelishi. Shuningdek, mamlakatda 
terroristik hurujlarni, hujum va harakatlari sodir etilishi ham 
valyuta kurslari o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
707 
ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’minlash 
uchun foydalaniladi.

institutsional jihatdan – bu banklar, valyuta va fond 
birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit 
tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va 
birlashmalar majmui bo‘lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining 
xarakati amalga oshiriladi. 

iqtisodiy munosabat sifatida – bu, jahon bozorida kapital, 
xizmatlar, tovarlar xarakati vaqtida milliy mahsulotlarning qayta 
taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko‘rinishidagi 
munosabat. 
Davlatlararo 
va 
transmilliy 
moliya-kredit 
munosabatlarini o‘z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar 
ishtirokini ifodalaydi. 
Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: 

taqsimlash funksiyasi; 

nazorat funksiyasi; 

takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida 
xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan 
bog‘liq tartibga solish funksiyasi; 

barqarorlashtirish funksiyasi. Mazkur funksiya jahon 
xo‘jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun 
barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo‘ladi.
Xalqaro 
moliya munosabatlari shakllanishi va 
rivoj-
lanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat: 
1. Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar 
bozorlari. 
2. Xalqaro mehnat taqsimoti. 
3. Iqtisodiy 
aloqalarning 
baynalminallashuvi 
va 
globallashuvi. 
4. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining 
kuchayishi. 
5. Ilmiy-texnika taraqqiyoti; 
6. Xalqaro moliya munosabatlarining ko‘p tomonlama 
tartibga solish tizimini takomillashtirilishi; 
7. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskin-
lashuvi. 
Xalqaro moliya jahon xo‘jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri 
hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir 
ko‘rsatadi. 


708 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin