Mundarija kirish I b o b. Soliqqa tortish nazariyasi



Yüklə 399,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix13.03.2023
ölçüsü399,35 Kb.
#87578
  1   2   3   4   5   6   7   8
soliq imtiyozlari hisobini yuritishMMMMMMM




MUNDARIJA 
KIRISH………………………………………………………………………………………………………..2 
I B O B. SOLIQQA TORTISH NAZARIYASI………………………………………………………..4 
1.1. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA OBYEKTIV ZARURLIGI………………4 
1.2.SOLIQLARNING FUNKSIYALARI……………………………………………………………………..7 
1.3. SOLIQ ELEMENTLARI………………………………………………..………………………………..17 
II B O B. O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMI ASOSLARI……………………………………………….21 
2.1. SOLIQLAR VA SOLIQLARGA TENGLASHTIRILGAN TO‘LOVLARGA UMUMIY 
TAVSIFNOMA…………………………………………………………………………………………………….21 
2.2. SOLIQLARNING GURUHLANISHI…………………………………………………………………2.2 
XULOSA………………………………………………………………………………………………………………31 
FOYDALANADIGAN ADABIYOTLAR…………………………………………………………………….32 



KIRISH 
Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari 
va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan 
hisoblanadi. 2005-yilning 28-yanvarida mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov Oliy 
Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida mamlakatimizda 
olib borilayotgan islohotlarga atroflicha to‘xtalib, 2005-yilda iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalarini belgilab berdilar. 
Mamlakatimizda soliq siyosatini yanada takomillashtirish zarurligi ham muhim 
ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tirof etildi. Mamlakatimiz rahbari o‘z 
ma’ruzalarida soliq to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va 
preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, 
soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or 
mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.1 Bundan 
tashqari, mamlakat Prezidenti «... islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyot, soliq 
budjet siyosatini yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish» 
asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.2 Shu 
boisdan ham ta’lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rgatishda respublikamizda 
amalga oshirilayotgan soliq sohasidagi islohotlarni talaba-o‘quvchilarga to‘laroq 
yetkazish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, oliy o‘quv 
yurtlari ta’lim yo‘nalishlari uchun 3 1 «Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni 
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir». 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi. 2005-yil 29-yanvar. 
2 «Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash — barcha islohot va 
o‘zgarishlarimizning bosh maqsadida». O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimovning 2007-yilda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 
2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi. 
2008-yil 9-fevral. o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar tayyorlash, soliq sohasida amaliy 
tadqiqotlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimida tatbiq 
etishni amalga oshirish hukumatimiz diqqat-e’tiborida bo‘lgan asosiy vazifalardan 
hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu darslik soliqlar, yig‘imlar va soliqqa 
tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, Darslik O‘zbekiston 
Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonuni, «Soliq kodeksi». 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari 
hamda boshqa soliq qonunchiligiga oid me’yoriy hujjatlar asosida tayyorlandi. 
Ushbu darslikda soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar, davlat budjetining 
soliqsiz daromadlari hamda soliqqa oid qonunbuzilishlarga barham berish yettita 
guruhga bo‘lib o‘rganilgan. Birinchi bobda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv 
zarurligi, funksiyalari, soliq elementlari hamda soliqqa tortish tamoyillari berilgan. 
Ikkinchi bobda soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan to‘- lovlarga umumiy 
tushunchalar berilgan. Shuningdek, ushbu bobda soliqlarning guruhlanishi hamda 
soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari ko‘rib chiqilgan va sharhlangan. 
Uchinchi bobda hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari 
tarkibida 80 foiz atrofida soliq tushumlari bilan hissa qo‘shayotgan yuridik shaxslar 
to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar o‘rganilgan. Ushbu bobda, asosan, soliqlarning 
to‘lovchilari, soliq obyekti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, soliqlarni hisoblash va 
budjetga to‘lash muddatlari qisqa va lo‘nda berilishiga harakat qilingan hamda har 
bir soliq turlari bo‘yicha o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishlariga yordam beruvchi 
shartli misollar keltirilgan. To‘rtinchi bob – jismoniy shaxslarni soliqqa tortish 
masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-
mulk solig‘i, yer solig‘i, daromaddan olinadigan soliq, tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning qat’i belgilangan soliqlari, shu4 ningdek, 
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik 
uchun olinadigan soliqlarni ko‘rib chiqishga harakat qilingan. Ushbu bobning 
mazmun-mohiyatini chuqurroq o‘rganish maqsadida amaliy misollar ham 
keltirilgan. Beshinchi bobda davlat budjetining nobarqaror xarakterga ega bo‘lgan 
soliqsiz daromadlari berilib, unda soliqsiz daromadlarning zarurligi, mohiyati, 
ularning tarkibi keltirilgan. Ushbu bobda soliqsiz daromadlarning ayrim manbalari 
bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berilib, ular izohlangan. Undan tashqari, soliqsiz 
to‘lovlarning soliqli to‘lovlar bilan o‘xshashlik va farqli tomonlari ham keltirilgan. 
Oltinchi bobda budjetdan tashqari jamg‘armalar: yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya 
jamg‘armasiga sug‘urta badallari, Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi 
va Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armalari – ularning to‘lovchilari, 
jamg‘armalarga majburiy ajratmalarning obyekti, stavkalari va to‘lash muddatlari 
ko‘rsatilgan.




Yüklə 399,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin