1.3. SOLIQ ELEMENTLARI
Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo‘lib, ular tarkiban: soliq
subyekti, soliq obyekti, soliq predmeti, soliq manbayi, soliqqa tortish birligi, soliq
stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq yuki, soliq
bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari kabi tushunchalarni qamrab
oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Soliq
subyekti — soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki
boshqacha qilib aytganda soliq subyekti — bu soliqqa oid munosabatlarni tashkil
etuvchi tomonlarning o‘zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar
(yuridik va jismoniy shaxslar), boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan
soliq xizmati organlari — Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va
shahar davlat soliq inspeksiyalari qatnashadi. O‘z faoliyatida barcha yuridik va
jismoniy shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki, bu yerda
soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar mavjudki, ular soliq
subyekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok etmaydilar. Soliq agenti — yuridik
va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat budjetiga o‘tkazib beruvchi
yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o‘z faoliyatida bevosita yoki bilvosita
ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarning
mazkur korxonada o‘z mehnati, investitsiyasi bilan ishtirok etishi natijasida 23 olgan
daromadi (foydasi)dan soliqlarni ushlab qoladi va davlat budjetiga o‘tkazib beradi.
Soliq agentlari davlat budjetiga soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga yollanganligi
natijasida to‘lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa orqali
faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy shaxslardan ushlanishi
lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab qoladi va budjetga o‘tkazib beradi, ushlab
qolinmagan, kam ushlab qolingan va o‘z vaqtida o‘tkazib berilmagan soliq summasi
uchun qonunchilikda belgilangan moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka
tortiladilar. Har bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi bilan
birgalikda soliq agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy
adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida qayd etiladi. Soliq obyekti — soliq
to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti sifatida foyda
yoki daromad, muayyan tovarlarning qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik
shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi.
Soliq obyekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’- naviy boyliklarning
ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf
qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa tortishni ifodalaydi. Binobarin,
18
moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq obyekti qilib albatta unga mulkiy huquqqa ega
bo‘lgandagina yuzaga chiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki
egasiz imoratga nisbatan soliq subyekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan taqdirda
ham soliq obyekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy
huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq obyekti aslida yuridik
va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi. Soliqqa tortish
predmeti — soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan
huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq
predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan
daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti
yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda
soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz
24 mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq obyektini
vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq
subyektini yoki soliq to‘lovchisini namoyon etadi. Soliq manbayi — bu soliq
to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbayi, ya’ni daromadi. Soliq obyekti va soliq
manbayini bir-biridan farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan, foydaga,
yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq obyekti
ham, soliq manbayi ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima obyekt bo‘lsa, uning o‘zi manba
hisoblanadi. Shu o‘rinda soliqqa tortish predmeti, soliq obyekti va soliq manbayini
farqlash va ularning mohiyatini ochib berish uchun aniq soliq turi bo‘yicha ko‘rib
chiqishga harakat qilamiz. Yer solig‘i bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, uning soliqqa
tortish predmeti bo‘lib, yer uchastkasi maydoni, unga kimning egalik qilish huquqi
mavjud bo‘lsa soliq obyekti paydo bo‘ladi va ushbu yer solig‘i qaysi manba
hisobidan davlat budjetiga to‘lansa, masalan, yerdan turli xil ko‘rinishda
foydalanish natijasida olinadigan daromad uning manbayi hisoblanadi. Demak,
soliqqa tortish predmeti o‘zo‘zidan kimdadir soliq to‘lash majburiyatini vujudga
keltirmaydi. Misolimizga qaytadigan bo‘lsak, yerga bo‘lgan huquqni joylardagi
mahalliy hokimiyat organlari beradi va shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvchida
soliq to‘lash majburiyati vujudga keladi, chunki unda ushbu yer uchastkasidan
foydalanish huquqi mavjud. Demak, soliq predmetiga kimning egalik qilish huquqi
mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, u soliq munosabatlarida soliq subyekti sifatida ishtirok
etadi. Soliq bazasi — soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori.
Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan
birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq
bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan
19
ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq
bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga
muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq
bazasi soliq obyektidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalan, soliq to‘lovchiga
soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq
obyektidan 25 kichik, soliq obyekti qonunchilik bilan kengaytiriladigan bo‘lsa undan
katta bo‘lishi mumkin. Soliqqa tortish birligi — bu obyektning o‘lchov birligi.
Masalan, daromad yoki mol-mulk solig‘ida obyektning o‘lchov birligi bo‘lib uning
so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib kv. m yoki gektar
hisoblanadi. Soliq stavkasi — obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan
belgilab qo‘yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy
ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali davlat
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga
ustuvorlik berilishi, kapital zarur sohalarga yo‘naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin.
Soliq imtiyozlari — soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib,
ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi
mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlari
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud
bo‘lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. Kassa usulida soliq to‘lovchida
soliqlarni to‘lash majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga
olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushishidan
qat’i nazar tovarlarni jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlarni to‘lash majburiyatlarini
vujudga keltiradi. Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Ular
quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliqqa
tortish usullariga ajratiladi. Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. Soliq
qonunchiligida har bir soliq turining budjetga to‘lash muddatlari belgilangan.
Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat budjeti oldida soliq
majburiyatlarining bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari o‘z
mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: avans (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy
daromad olinganidan keyingi to‘lovlar. Soliqni to‘lash tartibida esa: soliqni
yo‘naltirilganligi (budjetga yoki budjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash 26
vositasi (milliy valuta, so‘mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valutasida.
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valuta —
so‘mda to‘lanishi mumkin) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki naqd
pulsiz) ifodalanadi. Soliq yuki — soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi
20
faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq
to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to‘lovlarining
yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri
kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda
soliq og‘irligi aynan soliqni budjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar
zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar
(ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik
va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir yilda budjetga to‘langan barcha
majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z
navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning
vakolatli funksiyalarni qo‘llashiga, qolaversa, bozor munosabatlarining
rivojlanishini va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Soliqlarni yuridik
va jismoniy shaxslardan undirish jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq
yukini soliq to‘lovchilarning biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. Shu
o‘rinda soliq bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan
aytganda me’yorlashtirish muammosi yuzaga keladi. Soliq yukini ifodalashning bir
qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki
va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun
mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig‘ida
davlat budjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisini ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan
yalpi ichki mahsulot (YAIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi.
Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri
keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada esa aniq bir olingan subyektga to‘g‘ri
keladigan soliq yuki ifodalanadi. 27 Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri,
asosan, ularning stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi. Respublika soliq
tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi eng
munozarali masalalardan hisoblanadi. Soliq stavkalari respublika va mahalliy
budjetlar xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda muvozanat darajasini hamda
xo‘jalik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular moliya-
budjet munosabatlarini sog‘lomlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliq
stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaganlari holda, moliya-
budjet munosabatlarining pul muomalasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siriga barham
bera olishi ham kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq
islohotining muhim jihatini tashkil etadi.
|