Mundarija kirish I b o b. Soliqqa tortish nazariyasi


 SOLIQLARNING GURUHLANISHI



Yüklə 399,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix13.03.2023
ölçüsü399,35 Kb.
#87578
1   2   3   4   5   6   7   8
soliq imtiyozlari hisobini yuritishMMMMMMM

2.2. SOLIQLARNING GURUHLANISHI 
Soliqqa tortilmaydigan obyekt minimumi, alohida shaxslar va soliq to‘lovchilarning 
ayrim toifalarini soliq to‘lashdan ozod qilish, soliqqa tortish obyektidan ayrim 
elementlarni chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari, 
soliq kreditlari (soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar soliq 
imtiyozlarining ko‘rinishlaridir (turlaridir). Masalan, korxonalar foydasidan 
olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va uy-joy 
qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishni, tadbirkorlikning kichik 
shakllarini, nogironlar va pensionerlarning bandligini ta’minlashni, ijtimoiy, 
madaniy va tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag‘batlantirishga qaratilgandir. 
Individual xarakterga ega bo‘lgan imtiyozlarni berish, odatda, taqiqlanadi. Unga 
muvofiq soliq to‘lovchilardan soliqlarni aralashli undirish soliq siyosatining diqqat 
markazida turadi. «Temur tuzuklarida» keltirilishicha «Kimki biron sahroni obod 
qilsa yoki poliz qilsa, yoki biron bog‘ ko‘kartirsa yoxud biron xarob bo‘lib yotgan 
yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z 
roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa oliq-soliq) qonunqoidasiga muvofiq 
xiroj yig‘ilsin».2 Bundan ko‘rinadiki, soliqlardan beriladigan imtiyozlar bevosita 
davlatni (xazinani) iqtisodiy qudratiga bog‘liq bo‘lib, unda soliq imtiyozlari bilan 
budjet (xazina) daromadlarini shakllantirishning o‘zaro bog‘liqligi aks ettirilgan. 
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq imtiyozlarining tutgan o‘rni ingliz 
iqtisodchisi J. Keyns nazariyasida alohida o‘rinni egallaydi. Keynschilar tomonidan 
soliq tizimi, aniqrog‘i soliq imtiyozlari makroiqtisodiyot sharoitida iqtisodiyotni 
tartibga solishning tarkibiy elementi sifatida hamda davlatning tadbirkorlar 
manfaatiga ta’sir etish va budjetning daromad qismini to‘ldirish borasidagi muhim 
iqtisodiy qurol sifatida qaraladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin g‘arb davlatlarida 
neoklassik yo‘nalish, institutsional — ijtimoiy yo‘nalish talablariga mos tarzda 
soliqqa tortish tizimida imtiyozlar nazariyasiga ancha e’tibor berildi. Mazkur 
iqtisodiy maktablar nazariy yondashuvlaridagi tub farqlar bo‘lishiga qaramay 
ularning vakillari umumiy tarzda soliq imtiyozlari orqali iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish va uni tartibga solish vositasi sifatida qaraganlar. Iqtisodiyotni 
boshqarishda soliq imtiyozlari rolini ular quyidagicha ifodalar edi: agar u yoki bu 
davlatning iqtisodiyoti ortiqcha ishlab chiqarish bilan xususiyatlanuvchi o‘sish 
davrini o‘tayotgan bo‘lsa, u holda davlat soliq imtiyozlarini kamay Agar mamlakat 
iqtisodiyoti turg‘unlik holatini kechirayotgan bo‘lsa, iqtisodiyotni jonlantirish uchun 
qo‘shimcha sarmoya jalb qilish lozim. Bunda soliq imtiyozlaridan ham keng 
foydalanish zarurati tug‘iladi, degan xulosaga kelishgan. Bu holatda iqtisodchilar 


28 
davlatga, soliq miqdorini kamaytirish, soliq imtiyozlarini ko‘paytirishni maslahat 
beradilarki, bu narsa budjetga qo‘shimcha mablag‘lar va kapital qo‘yilmalar uchun 
mablag‘lar tug‘ilishiga imkoniyat tug‘diradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning boshqa dastaklari qatori soliq siyosati talab va taklif o‘rtasidagi 
mutanosiblikka erishish orqali iqtisodiyotda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga 
qaratilgan. G‘arb iqtisodchilari soliq tizimining ahamiyatini davlat faoliyatini amalga 
oshirish uchun uni zarur moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash sifatida ifodalanuvchi 
sof fiskal vazifa bilan cheklab qo‘ymaydilar. Ularning soliq imtiyozlari nazariyasida 
soliqlarni tartibga solish vazifasiga katta e’tibor beradilar. Soliqlar davlat tomonidan 
iqtisodiyotni tartibga solishning muhim quroli sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
iqtisodiy xulq-atvoriga davlat ta’sirini ifodalaydilar. Ammo bunda soliq imtiyozlari 
asosiy vosita sifatida qaralishi keng nazarda tutilgan. Soliq imtiyozlarini belgilash 
asosida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, chet el investitsiyalari kirib kelishini 
ta’minlash, ijtimoiy himoyalashni tashkil etish, turli sohalarni rivojlanishiga aktiv 
ta’sir etish muammosi yotadi. Shu o‘rinda soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari 
xalqaro soliq munosabatlariga mos kelishi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda 
davlatning faol ishtirok etishida moslashuvchan bo‘lishi lozim. Bozor munosabatlari 
sharoitida iqtisodiyotni tartiblash va boshqarish jarayonida bir qator vositalardan 
foydalaniladiki, bunda soliq tizimining soliq stavkalari va imtiyozlaridan foydalanish 
eng samarali va oson usullardan biri bo‘lib yuzaga chiqadi. Soliq imtiyozlaridan 
ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda, investitsiyalarni rag‘batlantirishda va 
boshqalarda keng foydalaniladi. 38 Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va samarali 
qo‘llanilishiga qarab quyidagi ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin: œ soliqlardan 
butunlay ozod qilish; œ yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish; œ soliq 
to‘lashdan vaqtincha ozod etish; œ soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish; œ 
soliqdan qisman ozod qilish; œ xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish; œ 
eksportga imtiyozlar berish va boshqalar. Soliq imtiyozlari vositasida iqtisodiyotni 
boshqarish, davlatni shunday faoliyati bilan bog‘liqki, u takror ishlab chiqarish 
jarayonida vujudga kelgan nomutanosiblikni yo‘qotish uchun sharoit yaratadi. 
Boshqacha qilib aytganda, agar soliqlarning ba’zi tizimi ishlab chiqarishni tartibga 
solishning davlat strategiyasini aniqlasa, taktikasi soliq imtiyozlari orqali amalga 
oshiriladi. Soliq imtiyozlarini soliq subyekti, soliq obyekti, soliqlarni undirish 
vositalari, muddatlari nuqtayi nazaridan bir necha guruhlarga (turlarga) bo‘lish 
mumkin. Soliq imtiyozlarini turli xil asoslar bo‘yicha guruhlash mumkin. Ma’lumki, 
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini huquqiy bazasi takomillashib bormoqda. 
Hozirga qadar qabul qilingan barcha soliqqa oid qonun hujjatlariga e’tibor 


29 
beradigan bo‘lsak, ularning barchasiga soliq imtiyozlarini belgilash bo‘yicha 
umumiy o‘xshashliklar mavjudligiga guvoh bo‘lish mumkin. Ya’ni, barcha qonun 
hujjatlarida soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda namoyon 
bo‘ldi: œ soliqdan batamom ozod etish; œ soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod 
etish; œ soliq bazasini kamaytirish tarzida berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
Kodeksida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida 
belgilangan soliq imtiyozlarini quyidagicha guruhlash mumkin (1.3.3-chizmaga 
qarang). 1.3.3-chizmadan ko‘rish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi soliq 
qonunchiligida soliq imtiyozlarining eng so‘nggi turi bu soliq solish usulini tanlash 
huquqidir. Bu imtiyoz faqat Soliq Kodeksiga muvofiq berilgan bo‘lib, avvalgi soliq 
qonunchiligida bu imtiyoz ko‘zda tutilmagan edi. Bu imtiyoz turining mohiyati, 
asosan, kichik biznes 39 subyektlariga soliq solishning u yoki bu turini tanlash 
huquqi berilganligi bilan ifodalanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida soliq 
tizimini takomillashtirib borishda, xorijiy mamlakatlarda soliq stavkalarining 
qo‘llanish mexanizmidan foydalanish, soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishini 
nazorat qilish tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 40 1.3.3-chizma. 
Soliq imtiyozlarining turlari. Soliq imtiyozlarining turlari Soliq to‘lashdan batamom 
ozod etish Yuridik shaxslarni batamom ozod etish Dastlab 2 yil muddatga Dastlab 5 
yil muddatga Jismoniy shaxslarni batamom ozod etish Dastlab 7 yil muddatga 
Norezidentlarni batamom ozod etish Ekologiyaga qilingan xarajatlar doirasida 
Soliqni yakka tartibda yoki markazlashtirilgan holda to‘lash Soliq obyekti (daromad, 
yer uchastkasi, mol-mulk qiymati)ni batamom ozod etish Birinchi yil foydasini 
olguncha Soliq solinagan bazani kamaytirish Mol-mulk qiymati doirasida Yer 
uchastkalari hajmida Xayriya maqsadlaridagi badallar doirasida Qishloq xo‘jalik 
korxonalari uchun yagona yer solig‘i Investitsiyaga qilingan xarajatlar miqdorida 
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun soddalashtirilgan soliq tizimi Soliqdan 
vaqtincha ozod etish Soliq solingan bazani kamaytirish Soliq solish usulini tanlash 
huquqi Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda, investitsiyalar, ilmiy tekshiruv va 
tajriba konstruktorlik ishlarini rag‘batlantirish va tartibga solishda davlat 
tomonidan soliq imtiyozlaridan keng foydalaniladi. Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish 
va maqsadga muvofiq yo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi. Bular ayrim 
korxona va tashkilotlarni butunlay soliq to‘lashdan ozod etish hamda yangi tuzilgan 
korxonalar uchun soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish. Bu imtiyozlar 
ishbilarmonlik va tadbirkorlik (agar mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan bo‘lsa) 
rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Soliq imtiyozlarini qo‘llash mexanizmidagi eng 
murakkab jarayon bu soliq imtiyozlarini belgilash mezonlarini adolatli tarzda 


30 
belgilash hisoblanadi. Ammo qayd etish joizki, soliq imtiyozlarini belgilash jahon 
amaliyotida 41 1.3.4-chizma. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari. Soliq 
imtiyozlarini belgilash mezonlari Soliq to‘lovchilarning ijtimoiy holatiga qarab 
Korxonada ishlovchilar tarkibidagi nogironlar, urush va mehnat faxriylari, 
ko‘pchilikni (50%ni) tashkil etsa imtiyoz shunchalik ko‘proq beriladi Respublikada 
kichik biznesni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanganligi uchun ularga 
ixtiyoriy shaklda soliq tizimi qo‘llaniladi Agar korxonalar importning o‘rnini bosuvchi 
mahsulotlar ishlab chiqarsa yoki mahsulotni eksport qilsa, muayyan darajada soliq 
imtiyozlari beriladi Davlatlararo bitimlarga ko‘ra ikki tomonlama soliq solinmaydi 
Sohani rivojlantirishni ustuvorligiga qarab Mahsulotlari eksporti hamda importbop 
mahsulotlarni ishlab chiqarish darajasiga qarab Xalqaro iqtisodiy aloqalar 
darajasidan kelib chiqib har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatining mazmun-
mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi va shu jihatdan u turli davlatlarda turlicha 
bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida soliq imtiyozlarini belgilash 
muayyan mezonlar asosida amalga oshirilgan. Soliq imtiyozlarini soliq 
to‘lovchilarning ijtimoiy holatiga, respublikada qaysi sohani rivojlantirish 
ustuvorligiga, soliq to‘lovchilarning importning o‘rnini bosadigan mahsulotlarni 
ishlab chiqarish va mahsulotni eksport qilish darajasiga hamda davlatlar o‘rtasidagi 
halqaro iqtisodiy munosabatlarga asoslanib belgilangandir. Soliq imtiyozlarining 
mezonlarini to‘g‘ri, obyektiv aniqlash soliqlarning adolatlilik tamoyilini ifodasi 
sifatida yuzaga chiqadi. Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli 
mavjud: 1. Kadastrli. 2. Daromad manbayidan. 3. Daromad egasi daromadni 
olganidan so‘ng (deklaratsiya bo‘yicha). Birinchi usul bevosita real soliqlarni 
hisoblash uchun foydalaniladigan obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar)- ning 
bahosi va o‘rtacha daromadliligi to‘g‘risidagi ma’- lumotlarga ega bo‘lgan kadastr 
yoki reyestrdan foydalanilishini taqozo etadi. Yer kadastrini tuzishda turli 
tumanlardagi ayni bir xildagi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va 
boshqa belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator 
yillar uchun o‘rtacha daromadliligi belgilanadi.


31 

Yüklə 399,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin