I B O B. SOLIQQA TORTISH NAZARIYASI
1.1. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA OBYEKTIV ZARURLIGI
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va
faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi
davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini
ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq
to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat
o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida
soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni
tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida
faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati
iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal
qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa,
meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda
norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal
qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari,
asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida
yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan
ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan
ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning
bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi
bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydi6
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi gan vazifalar yo‘qola borsa,
yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam
ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini
tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish
uchun pensionerlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni mablag‘ bilan
ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni budjet
hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam
ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko‘rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat
a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va
mustahkamlab turishga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar
xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, uni boshqarish
funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majburdir. Bunday
5
xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni
obyektiv zarur qilib qo‘yadi. Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning
funksiyalarini
bajarish
uchun
lozim
bo‘lgan
moliyaviy
mablag‘larni
shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas.
Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida
soliqlar amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy
hodisalardan iborat bo‘lib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki,
bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi. Soliqlar
majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar
soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi.
Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta
ahamiyatga ega. Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan obyektiv va subyektiv
omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish, ularning
konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash,
soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo‘lgan soliq tamoyillarini
belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlarning
tutgan o‘rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar
jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri hisoblanib
kelingan. Davlat tuzilish 7 shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi
o‘zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va takomillashtirilishi
soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish usullari xilma-xil bo‘lganligi bilan
asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar
aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun
«zakot» sifatida olingan. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan
ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning
iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish
moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan
soliqlar orqali tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish
vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli
hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan
tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbayi hisoblanadi.
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo
qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini
yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning davlat moliyasi bu
tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha
jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu
6
xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni
egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda. Soliqlar qadimgi
davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan
kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi,
1723—1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida
(1776) ilk bor soliq tamoyillarini ko‘rsatib berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib,
ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
N.I. Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818-yil) shuni
ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf-odatlariga
foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir
etgan», «...soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga 8 paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib
qoldi. ...Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalq orasida
tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning
boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita
eng asosiy xususiyatdir». Bu so‘zlardan yana bir bor amin bo‘lish mumkinki, soliqlar
qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga
kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida turgan vazifalarni
bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning
rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi.
Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi
roli o‘zgarmay qoldi. «Soliqlar, — deb yozadi D. Rikardo, — hokimiyat ixtiyoriga
kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi
va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan
to‘lanadi».1 Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini
yoritib, o‘z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum
darajada rivojlantirgan. S.G. Pepelyayev «Soliq — ommaviy hokimiyat
subyektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik
shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda xolisona,
qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki
kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir»2
— deb, ta’kidlagan. D.G. Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo‘jalik
subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib
olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi».3 S.H. Gataulin «...soliqlar o‘zi
nima va ular nimaga kerak», degan savolga quyidagicha javob beradi:
|