700
•
Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklarining
o‘zaro bog‘langanligi nimalarda ko‘rinadi?
•
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi
moliyaviy munosa-
batlarning mazmuni nimada?
•
Davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad va yakuniy
(oxirgi) iste’molning miqdoriga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ular
qanday shakllarda amalga oshiriladi?
•
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklariaro)
moliyaviy munosabatlar qanday hollarda vujudga keladi va
moliyaning bu sohasiga nimalarni kiritish mumkin?
•
Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalarini
tushuntirib bering.
•
Uy xo‘jaliklari moliyasi qanday funksiyalarni bajaradi?
•
Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining mazmunini
tushuntirib bering.
•
Uy
xo‘jaliklari
moliyasining
takror
ishlab
chiqarish
funksiyasining mazmuni nimada?
•
Qay hollarda uy xo‘jaliklari moliyasi nazorat funksiyasini
bajaradi?
•
Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish funksiyasining
namoyon bo‘lishini qanday nuqtayi nazardan qarash maqsadga
muvofiq?
•
Uy xo‘jaliklari
moliyasini tartibga solaverib, davlat, eng
avvalo, qanday ishlarni amalga oshiradi?
•
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi
nimalar orqali namoyon bo‘lishi mumkin?
•
Uy xo‘jaliklari moliyasi ijtimoiy funksiyasining mazmunini
tushuntirib bering.
•
Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi
nimalarga bog‘liq?
•
Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos
xususiyatlarini aytib bering.
•
Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan
normalar va qoidalarning tashqi omillarini bilasizmi?
•
Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakatini tashkil etadigan
ichki me’yorlar tizimi nimalarga bog‘liq?
•
Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash
qanday manbalar hisobidan amalga oshiriladi?
•
Uy xo‘jaligi resurslari dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining
tarkibini aytib bering.
693
3. Dividendlar
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulot-
larini sotishdan olinadigan
tushumlar
5. Pensiya va nafaqalar
6. Stipendiyalar
7. Moliyaviy tizimdan olinadigan
tushumlar (sug‘urta qoplama-
lari, omonatlarning foizla-
ri, lotereya yutuqlari va b.)
8. Xorijiy valyutani sotishdan
kelgan aholining daromadla-
ri
9. Boshqa tushumlar
a) komission magazinlar orqa
li buyumlarni sotish
b)
chiqindi
ashyo,
metallom
va
boshqalarni sotish
10.O‘tkazmalar bo‘yicha olingan
pullar
b) sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar;
v) jamoatchilik va kooperativ
tashkilotlarga badallar;
g) ssudalarni qaytarish;
d) lotereya chiptalarini sotib
olish;
e) tovar krediti uchun foizlar;
yo) pensiya fondlariga sug‘urta
badallari;
3. Omonatlar va qimmatli qog‘oz-
lardagi jamg‘armalarning
o‘sishi
4. Uy-joy binolarini sotib
olish
5. Xorijiy valyutani sotib
olish bo‘yicha aholi
xarajatlari
6. O‘tkazmalar bo‘yicha
jo‘natilgan pullar
Jami
pul daromadlari
Jami pul xarajatlari va jamg‘armalar
Xarajatlarning daromadlardan
oshishi
Daromadlarning xarajatlardan oshishi
Balans
Balans
•
dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo‘llanmalar xarajatlari
va tibbiy xizmatlarni to‘lash;
•
kino, teatr va boshqa tomoshalar xarajatlari;
•
passajir transportining barcha turlarini to‘lash xarajatlari;
•
aloqa xizmatlarini to‘lash;
•
qolgan boshqa xizmatlarni to‘lash.
Majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo‘jaliklari
byudjetlari xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu
xarajatlar, hozirgi sharoitda, o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lib, ular
quyidagi omillar bilan bog‘langan:
•
birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kengayishi
yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo‘jalik va savdo faoliyatidan
olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to‘lovlar va
yig‘imlarning ham ko‘payishi bilan kuzatilmoqda;
•
ikkinchidan,
sug‘urta
tizimining
rivojlanishi,
notijorat
sektorning o‘sishi (masalan, turli jamoatchilik tashkilotlari,
birlashmalari va ittifoqlari), bir tomondan, sug‘urta bo‘yicha
694
badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijorat tashkilotlarga
ajratmalarni ko‘paytiradi;
•
uchinchidan, iste’mol va ipoteka
kreditining rivojlanishi uy
xo‘jaliklari byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va
“tovar krediti bo‘yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olib
keladi.
Sug‘urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xizmatlari
amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog‘liq bo‘lgan
operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xo‘jaliklari
byudjetlari
xarajatlarining
bu
yo‘nalishlari
faqat
o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy
bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy
xo‘jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug‘urta badallari”
xarajatlar moddasining ham o‘sishiga olib keladi.
Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlar
qismining majburiy
to‘lovlarida soliqlar va yig‘imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy
xo‘jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini
qisqartiradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, davlat moliyasining
taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromad-
lari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga
xizmat qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining
turli byudjetlari darajalarida daromadlarning yetarli tushishini
ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy
shaxslarning daromadlaridan
olinadigan
soliqlar
daromadlardan
ratsional
foydalanishni
rag‘batlantirish va ularni shakllantirish yo‘llari bilan uy xo‘jaliklari
byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat
va uy xo‘jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta
taqsimlanadi.
Amaldagi
qonunchilikka
muvofiq
mamlakat fuqarolari
daromadlaridan, mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig‘i va yer
uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlar
(masalan, ma’muriy
jarimalar, jismoniy shaxslardan olinadigan
xilma-xil mahalliy yig‘imlar) va davlat bojlarini to‘laydi. Bir vaqtning
o‘zida, uy xo‘jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va
xarajatlarining balansida majburiy to‘lovlar sifatida hisobga
olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o‘zining ta’sirini
ko‘rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i,
bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo‘lib,
ular tovar sotib olinayotganda to‘lanadi. Tovarlar bahosining
darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki
699
bog‘langan (tashkil qilingan) shakllari rolini ko‘tarish va moliyaviy
oborotga (aylanmaga) “aholi qo‘lidagi pullarning o‘sishi”
moddasi
bo‘yicha mablag‘larni kiritish;
•
jamg‘armalarni
investitsion
resurslarga
aylantiradigan
(transformatsiya
qiladigan)
institutlar
va
instrumentlarni
rivojlantirish. Buning uchun bank va moliya xizmatlarini
diversifikatsiya qilish va kengaytirish, eng avvalo, badalli
investitsion fondlar va sug‘urta kompaniyalari singari jamoa
investorlari institutlari rivojlanishini yangi sifat darajaga o‘tkazish,
korporativ obligatsiyalar bozorini shakllantirish kerak va h.k.;
•
yaxlit olgan holda investitsion iqlimni va jamg‘armalar
bozorining investitsion muhitini yaxshilash. Bu yo‘nalish bo‘yicha
investitsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish va
rag‘batlantirishning roli yuqori bo‘lmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: