Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


• 2018-yilga nisbatan 2019-yilda jamg‘armaga necha foiz ortiq  mablag‘ yo‘nalitirsh ko‘zda tutilgan?



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 

2018-yilga nisbatan 2019-yilda jamg‘armaga necha foiz ortiq 
mablag‘ yo‘nalitirsh ko‘zda tutilgan?
 
513 
maqsadli jamg‘armasi hisoblanilib, 
uning 
asosiy vazifasi 
mablag‘larni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy ravishda 
qo‘llab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga 
va tadbirkorlarning biznes yuritish asoslariga o‘qishini tashkil 
etishga yo‘naltirish hisoblanadi. Jamg‘armani boshqarish Davlat 
raqobat qo‘mitasining Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi 
tomonidan amalga oshiriladi, boshqarma Xususiylashtirilgan 
korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasining daromadlari va 
xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo‘yicha 
tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi, 
shuningdek, Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi 
hisobini yuritadi qonunchilikda ko‘zda tutilgan xarajatlarni amalga 
oshiradi, Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni 
tuzadi hamda Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish 
jamg‘armasi 
mablag‘lari 
quyidagi 
manbalar 
hisobiga 
shakllantiriladi: 
1) Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan davlat mulki ijarasidan 
tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi 
uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun 
jarimalar summasi; 
2) jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan: 

korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi 
aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalarini (shu jumladan, yakka 
tartibda uy-joy qurish (dehqon xo‘jaligini yuritish) uchun yer 
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish 
huquqi) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi 
o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan tushgan 
mablag‘lar; 

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar 
bo‘yicha qarz oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy 
summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan 
tushumlar; 

Jamg‘armaning 
vaqtincha 
bo‘sh 
mablag‘larini 
joylashtirishdan olinadigan daromadlar; 

tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi 
shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan 
penyalar va jarimalar; 


514 

xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
tugatilganda davlat ulushi bo‘yicha tushumlar; 

protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh 
tortgan yoki uni rad etgan auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki 
ommaviy oferta g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari; 

davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar 
tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka 
summalari; 

Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan ilgari o‘tkazilgan 
mablag‘lar qaytarilishidan tushumlar; 

sud qarorlari bo‘yicha tushumlar; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
Ushbu mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida 
ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Jamg‘armaga 
barcha turdagi manbalar bo‘yicha tushgan mablag‘lar soliqqa 
tortilmaydi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin