O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari: •
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan
yagona ijtimoiy to‘lovlardan ajratmalar;
•
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat huquq mehnat
inspektorlari va davlat texnik inspektorlari, shuningdek, mehnat
sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari tomonidan
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni buzganligi uchun
belgilangan tartibda solinadigan ma’muriy undiruvlar summasi;
•
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligining hududiy tuzilmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar
va imoratlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, mulkni baholash va
sotish bo‘yicha aniq xarajatlardan tashqari, to‘liq hajmda
O‘zbekiston
Respublikasi
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga
yo‘naltiriladi;
•
fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish sohasida faoliyatni
amalga
oshirayotgan
nodavlat
tashkilotlari
xorijga
ishga
yuborilgan har bir fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavka bo‘yicha Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga mablag‘lar o‘tkazadilar;
•
ta’sischi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda barcha
soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlatning
maqsadli
jamg‘armalariga
to‘lovlar
to‘langanidan
so‘ng,
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida qoladigan sof
foydaning bir qismi;
•
qonun
hujjatlari
bilan
belgilangan
tartibda
mehnat
daftarchalari blanklarini sotishdan olingan daromadlar;
•
Bandlik
jamg‘armasining
bo‘sh
mablag‘larini
tijorat
banklarida va boshqa moliya tuzilmalarida joylashtirishdan
olingan daromadlar;
•
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya yordamlari;
•
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
499
etiladi. Davlat maqsadli jamg‘armalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli
jamg‘armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil
etmasdan tuzilishi mumkin.