Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

21.4. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish 
jamg‘armasi 
 
Bungacha ushbu jamg‘arma o‘z faoliyatini turli nomlarda 
(Davlat mulki jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi, Davlat mulkini 
xususiylashtirishdan 
tushgan 
mablag‘lar 
jamg‘armasi) 
o‘z 
faoliyatini amalga oshirib kelgan bo‘lib, dastavval 1992-yilda 
tashkil etilgan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“O‘zbekiston 
Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” gi 
2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmonini ijro etish hamda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 
huzuridagi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish 
jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 19-iyunida 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 
huzuridagi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish 
jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan 
foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 391-
sonli Qarori qabul qilindi. Davlat mulkini xususiylashtirishdan 
tushgan mablag‘lar jamg‘armasi sifatida o‘z faoliyatini amalga 
oshirib kelgan. Yangi tashkil etilgan jamg‘armaning avvalgisidan 
tubdan farq qiladigan jihati shundan iboratki, Davlat mulkini 
xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasining asosiy 
maqsadi xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni Davlat 
byudjeti daromadiga yo‘naltirish bo‘lgan, Xususiylashtirilgan 
korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari esa ustuvor 
ravishda 
xususiylashtirilgan 
korxonalarni 
amaliy 
qo‘llab-
quvvatlashga va investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishga 
qaratiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 
huzuridagi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish 
jamg‘armasi yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladigan davlat 
497 
yo‘llari davlat Qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi va uning asosiy 
funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish 
va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
funksiyasiga o‘tkazildi), O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va 
taraqqiyot 
jamg‘armasi, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni 
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat 
xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli 
moliyalashtirish jamg‘armasi va boshqalardan iborat. 
Davlatning 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalari 
huquqiy 
maqomiga muvofiq ham klassifikatsiyalanadi. Odatda, ular 
federativ siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda 3 taga, unitar 
siyosiy tuzumga asoslangan mamlakatlarda esa 2 taga bo‘linadi. 
Jumladan, Federativ mamlakatlarda Davlatning byudjetdan 
tashqari jamg‘armalar quyidagilardan iborat: 
1. Federal boshqaruv mulkida bo‘lgan Davlat jamg‘armalari; 
2. Federatsiya tarkibida bo‘lgan shtat, respublika, yer, kantonlar 
va boshqalar mulkidagi mintaqaviy jamg‘armalar; 
3. Mahalliy (munitsipal) boshqaruv va ixtiyorida bo‘lgan mahalliy 
ahamiyat kasb etuvchi jamg‘armalar. 
Unitar siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda esa bu 
jamg‘armalar: 
1)
respublika tasarrufida bo‘lgan jamg‘armalardan;
2)
mahalliy hokimiyat ixtiyorida va boshqaruvida bo‘lgan 
jamg‘armadan tashkil topadi. 
Bundan tashqari dunyoning juda ko‘p davlatlarida idoralar, 
vazirliklar va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida ham 
ko‘plab jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
mustaqillikning 
dastlabki 
kunlaridan boshlab Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini 
tashkil etish va ularni davr talabidan kelib chiqqan holda davrga 
moslashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. 2002- 
moliya yiliga qadar bunday jamg‘armalarning alohida moliyaviy 
resurslarini shakllantirish va ulardan maqsadli yo‘nalishlarda foy-
dalanish keng qo‘llanilib kelinar edi. Ammo ayrim byudjetdan 
tashqari jamg‘armalarda o‘z vaqtida va to‘liq moliyaviy resurslarni 
shakllantirmaslik, aholiga berilayotgan va tarqatilayotgan moliyaviy 
resurslarda kechikish, uzilish hollari tez-tez uchray boshladi. 


498 
Buning oldini olish maqsadida 2002-yildan boshlab umumdavlat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan ayrim davlatning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida 
bo‘lishi ma’qul deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki, 
ularning muxtoriyatliligi to‘liq saqlanib qolindi. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir 
qator Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mavjud. 
Ularning asosiylari quyidagilar:
1. O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi; 
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 
huzuridagi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish 
jamg‘armasi; 
3. O‘zbekiston 
Respublikasi 
Bandlik 
va 
mehnat 
munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat 
jamg‘armasi; 
4. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot 
jamg‘armasi; 
5. O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” 
jamg‘armasi; 
6. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat Qo‘mitasi 
ixtiyoridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 2019-
yil 1- yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil 
yo‘llari davlat Qumitasi ixtiyoriga o‘tkazildi va uning asosiy 
funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish 
va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
funksiyasiga o‘tkazildi); 
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 
2019-yildan boshlab o‘z faoliyatini tugatdi). 
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi 
(ushbu jamg‘arma 2019-yildan boshlab o‘z faoliyatini tugatdi). 
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot 
qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi
va boshqalar.
Mablag‘lari soliqlar, majburiy to‘lovlar va jarimalar, shuningdek 
byudjet transfertlaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli 
jamg‘armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil 
511 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin