662
qayta sug‘urtalovchilar o‘zlarining fakultativ qayta sug‘urtalash
bo‘linmalariga ega. Fakultativ qayta sug‘urtalashda qayta
sug‘urtalovchining vazifasi bevosita sug‘urta tashkilotining
imkoniyatini kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan, balki riskni
baholash, sug‘urta shartnomalari shartlarini belgilash, zararni
oldini olish va ushbu masalalar bo‘yicha maslahat berishdan ham
iborat. Fakultativ qayta sug‘urta sug‘urtalovchi va qayta
sug‘urtalovchiga
ko‘p
qulayliklar
yaratishi
bilan
birga
kamchiliklarga ham ega. Fakultativ qayta sug‘urtaning asosiy
kamchiliklari quyidagilardan iborat:
1. qayta sug‘urtaga berilayotgan risk bo‘yicha ma’muriy
ishlar hajmining ko‘pligi;
2. riskni joylashtirishda sug‘urtalovchining har bir qayta
sug‘urtalovchi bilan aloqada bo‘lishiga ketadigan ko‘p vaqt;
3. sug‘urtalovchi
sug‘urtalanuvchidan
birdaniga
uning
moliyaviy imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi;
4. fakultativ qayta sug‘urtalovchi tomonidan o‘rnatiladigan
komission haq nisbatan kamroq bo‘ladi.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan kamchiliklarga qaramasdan
fakultativ qayta sug‘urta quyidagi sabablarga ko‘ra amalda
qo‘llaniladi:
1. oddiy sug‘urta shartnomalariga to‘g‘ri kelmaydigan
maxsus risklarni qayta sug‘urtalashda;
2. obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomasida qayta
sug‘urtalash limitidan oshgan summani qayta sug‘urtalashda;
3. shartnoma bo‘yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori
bo‘lganda va qayta sug‘urtalovchining javobgarligini cheklashda;
4. bozorning boshqa sug‘urta tashkilotlari band etgan
segmentida sug‘urta tashkilotining teng ishtirok etishi.
5. sug‘urta qildiruvchi faoliyatining yangi yo‘nalishlarini
sug‘urtalayotganda sug‘urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni
oshirishda;
6. sug‘urtalovchiga sug‘urtaga qabul qilish amaliyotini
baholashda;
7. alohida ahamiyatga ega bo‘lgan risklarni sug‘urtalashda
qayta sug‘urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish.
Qayta sug‘urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy
shaklda amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug‘urta qilishga
nisbatan nisbiy qayta sug‘urtalash ancha ilgari paydo bo‘lgan.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda nisbiy qayta sug‘urtalashni,
667
•
Sug‘urta qoplamasi yuridik shaxsga qaysi hujjatlar asosida
to‘lanadi?
•
Yuridik shaxslarning mol-mulki sug‘urtasini rivojlantirish
muammolari haqida so‘zlab bering.
•
Mulkiy
sug‘urta
shartnomasi
bo‘yicha
nimalar
sug‘urtalanishi mumkin?
•
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi
bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida nimalar to‘g‘risida kelishuvga
erishilishi lozim?
Dostları ilə paylaş: