666
•
2002-yilning 5-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi qabul qilgan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 3-
moddasida sug‘urtaga qanday ta’rif berilgan?
•
Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida qanday prinsiplarga
asoslanadi?
•
Sug‘urtaga qanday funksiyalar xos?
•
Sug‘urta qanday shakllarda amalga oshiriladi?
•
Sug‘urtaning maqsad va vazifalari
mustaqillik yillarida tom
ma’noda qanday o‘zgardi?
•
Sug‘urta o‘z rivojlanish tarixida qanday bosqichlardan o‘tgan?
•
Tijoratga
asoslanmagan
sug‘urtaning
o‘ziga
xos
xususiyatlari nimalardan iborat?
•
Tijorat sug‘urtasi paydo bo‘lishining bosqichlari qanday
davrlarni o‘z ichiga oladi?
•
Sug‘urta
sohasidagi
fuqarolik-huquqiy
munosabatlar
qanday yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi?
•
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini
qanday turlarga bo‘lish mumkin?
•
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning asosiy mazmuni
nimalardan iborat?
•
Yuridik shaxslarning qanday mol-mulklari bilan bog‘liq mulkiy
manfaati sug‘urta obyekti sifatida qabul qilinishi mumkin?
•
Yuridik shaxslar mol-mulkining sug‘urtasida sug‘urta
obyekti bo‘lib nima xizmat qiladi?
•
Yuridik
shaxslar
mol-mulkini
sug‘urtalash
bo‘yicha
shartnoma nimalar asosida tuziladi?
•
Yuridik shaxslarning mol-mulki qanday hodisalarning ro‘y
berishi natijasida yetkazilgan zarardan sug‘urta qilinadi?
•
Mol-mulklarni
sug‘urta
qilish
sug‘urta
faoliyati
klassifikatorining qaysi klasslarida ko‘rsatilgan?
•
Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan
sug‘urta
shartnomasiga
muvofiq
sug‘urtalanuvchi
qanday
huquqlarga ega?
•
Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan
shartnoma qaysi holatlarda bekor etilishi mumkin?
•
Yuridik shaxslarning mol-mulki sug‘urtasida sug‘urtachining
sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha majburiyati qachon
boshlanadi?
•
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda korxona qanday chora-
tadbirlarni amalga oshiradi?
663
ba’zan, an’anaviy qayta sug‘urtalash
ham deb atash qabul
qilingan.
Nisbiy qayta sug‘urta qilishning asosiy mohiyati shundaki,
qayta sug‘urta tashkilotining riskni taqsimlashdagi ulushi sug‘urta
tashkiloti aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu
nisbatga qarab, qayta sug‘urtalash mukofotining va sug‘urta
tashkilotining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug‘urta
qilishning prinsipi “qayta sug‘urtalovchi sug‘urta tashkilotining
riskini bo‘ladi”, degan fikrdan iborat.
Qayta sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasida o‘z ifodasini
topgan. Xususan, unda qayd etilishicha “sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki
sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman
boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan
qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi
mumkin
128
”. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta
shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi
keyingi
shartnomada sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini
to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta
qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi
javobgar bo‘lib qolaveradi.
Biroq asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi
hisoblangan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz berishidan
oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq
va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta
qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga o‘tadi.
Ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shartnomalarini
ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnomalarning har
biri keyingi qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy
sug‘urta shartnomasi deb hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda sug‘urta tashkilotlari va ixtisoslashgan
qayta sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida vositachilik faoliyatini amalga
oshiruvchi qayta sug‘urta brokerlari muhim rol o‘ynaydi. Shuni
inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta
faoliyati
to‘g‘risida”gi
Qonunida
qayta
sug‘urta
brokeri
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “O‘z nomidan
va qayta
sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida
ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qayta
128
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002.
664
sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish
bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri
hisoblanadi”
129
. Biroq, 2019-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston
Respublikasida birorta ham qayta sug‘urta bilan shug‘ullanadigan
brokerlik idoralari tashkil etilmagan. Holbuki, xalqaro qayta
sug‘urta bozorlarida qayta sug‘urta brokerlarining faoliyati keng
taraqqiy etganligini inobatga olsak, bunday tashkilotlarning
keyinchalik milliy sug‘urta bozorimizda tashkil etilishiga shubha
qilmasa ham bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2007-yil 15-sentyabrda
amalda bo‘lgan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonuniga
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, shu jumladan yangi 8
1
modda
kiritilgan.
Bu
moddada
sug‘urta
hamda
qayta
sug‘urta
brokerlarining huquq va majburiyatlari yoritilgan. Quyida sug‘urta
hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlarini
keltirib o‘tamiz:
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga
ega:
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi
bo‘yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga
oshirish;
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda,
sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) tanlash;
sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining
miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar
to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va
moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar
haqida
ma’lumotlar olish;
ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga
hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga
ham ega bo‘lishlari mumkin.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
sug‘urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo‘yicha to‘liq,
ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra
taqdim etishi;
129
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish
to‘g‘risida. – Xalq so‘zi, 2007 yil 15 sentyabr.
665
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan
ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlarining zimmasida qonun
hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari bir tomondan sug‘urta
tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan,
sug‘urta tashkiloti va ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkiloti
o‘rtasida tuzilishi mumkin. Dastlab, sug‘urta tashkiloti o‘zining
moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash
maqsadida qabul qilib
olingan riskning bir qismini boshqa sug‘urta tashkilotida yoki
ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotida sug‘urtalash to‘g‘risida
qaror qabul qiladi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida
sug‘urtalovchi ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotiga murojaat
qiladi. Agar qayta sug‘urta tashkiloti riskni qayta sug‘urta qilishga
rozilik bildirsa, ular o‘rtasida qayta sug‘urtalash shartnomasi
tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma shartlarida,
unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari,
olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik,
shartnomani
kuchga kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari
mujassam bo‘lishi kerak. Shuningdek, shartnomada qayta
sug‘urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik hajmi ko‘rsatilishi
zarur.
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari ba’zi o‘ziga xos
belgilariga ega bo‘lib, ushbu holat uni boshqa turdagi
shartnomalardan farqlaydi. Shuning uchun ham qayta sug‘urta
sohasini nazariy jihatdan qaysi sug‘urta tarmog‘iga kiritish yoxud
uni mustaqil sug‘urta sohasi sifatida qarash ancha bahs
munozarani talab qiladi.
Agar sug‘urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug‘urta
kompaniyasi qayta sug‘urta kompaniyasiga
darhol xabar qilishi
kerak. O‘z navbatida, qayta sug‘urta kompaniyasi shartnomada
ko‘zda tutilgan qoplamani to‘lashi shart. Qayta sug‘urta
kompaniyasi shartnoma buyicha o‘z majburiyatlarini to‘la-to‘kis
bajarsa, u holda shartnoma bajarilgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: