Daromadiy (daromadli) soliqqa tortish – daromadlarning olinish
vaqtida undiriladigan daromad soliqlari tizimi.
Daromadlardan olinadigan soliq – foyda solig‘idan tashqari
aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘izlar bo‘yicha (davlat
obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha
olingan daromadlardan tashqari) olingan dividendlar va foizlardan,
kazinolar,
videosalonlarning
daromadlaridan,
o‘yin
avtomatlarining
daromadlaridan, ommaviy kontsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan
olingan daromadlardan korxona va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.
Dividendlar – taqsimlashga mo‘ljallangan aksionerlarning sof foydasi
(daromadi); aksionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aksiya
uchun aksionerlarga ma’lum davrdan so‘ng (har yili, ayrim hollarda – har
chorakda) to‘lanadigan daromad.
Dotatsiya – davlat byudjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan
pul mablag‘lari, zarar (ziyon)larni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga
beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar korxonaga bog‘liq bo‘lmagan
sabablarga ko‘ra vujudga kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi
mumkin.
Dempingga qarshi bojxona bojlari – mahsulotni chiqarayotgan
mamlakatdagi tovarlarning qiymatidan shu tovarlar olib kirilayotgan
mamlakatda shu tovarlarning bahosi past bo‘lsa, bu narsa mamlakat o‘z
ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirsa yoki
shunga o‘xshash tovarlarni mamlakat doirasida ishlab chiqarishni to‘xtatib
qo‘yishi mumkin bo‘lsa joriy etiladi.
E Yer uchun to‘lovlarning shakllari – yer solig‘i, ijara haqi va yerning
normativ bahosidan iborat. Erning egalari, erning mulkdorlari va yerdan
foydalanuvchilar yillik yer solig‘iga tortiladi. Ijaraga berilgan yer uchun ijara
haqi olinadi. Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda sotib olish va bankdan kredit
olish uchun garov sifatida yerdan foydalanilganda erning nomativ bahosi
belgilanadi (o‘rnatiladi).
Yer solig‘i – yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan
foydalanuvchilar to‘laydigan soliq. Uning miqdori yer egalari, yerga egalik
qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar xo‘jalik faoliyatining natijalariga
bog‘liq bo‘lmasdan, balki bir yil uchun er birligiga nisbatan barqaror to‘lovlar
ko‘rinishida o‘rnatiladi. O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer
uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bu soliqning
to‘lovchilaridir. Soliqning stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yer solig‘i yuridik shaxslar tomonidan
763