168
to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini
amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
•
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning
soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali
soliq solish obyektlarini
to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirishni
ta’minlash bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;
•
faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga
har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib
ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish,
o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi
oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani
kengaytirish;
•
soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy
byudjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini
aniqlash
orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar,
shuningdek‚ mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni
yanada kengaytirish;
•
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini
yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan
to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek‚
xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va
ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini
yaratish.
Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
•
soliq
qonunchiligi, soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi
Byudjetdan tashqari Pensiya fondiga majburiy to‘lovlarning o‘z
vaqtida hisoblab yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat
etish;
•
soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini
ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda
yordam ko‘rsatish, soliq bo‘yicha qoidabuzarliklarni aniqlash,
ogohlantirish va to‘xtatib qo‘yish.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolati doirasida quyidagi
huquqlarga ega:
•
soliq to‘lovchilarda (jumladan soliq to‘lovchilar bilan bog‘-
langan qarshi subyektlarda) O‘zbekiston Respublikasi nobyudjet
Pensiya fondiga majburiy to‘lovlarning o‘z
vaqtida hisoblab
yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
169
moliyaviy hujjatlarni, shuningdek‚ eksport-import operatsiyalari
bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida
yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha zarur bo‘lgan tushuntirish,
ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;
•
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar
hamda jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit
tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib
qo‘yish.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z
zimmalariga yuklatilgan
vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat
hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari,
statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan
o‘zaro birgalikda bajaradilar. Ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlar
soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan
davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi
kurashda yordam berishlari shart.
Ko‘rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq
nazoratini tashkil etish Davlat soliq qo‘mitasi va uning organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari
faoliyatini huquqiy tartibga solishni
yanada takomillashtirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-
sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga
solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida
Nizom”
49
yangitdan tasdiqlandi. Ushbu nizomga muvofiq Davlat
soliq qo‘mitasi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini,
davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya
qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika
davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z
faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Davlat soliq qo‘mitasining moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy
vazifasi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya
etilishi, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri
hisoblab yozilishi, ularning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan
nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga soliq nazorati bo‘yicha bir
qator vazifalar yuklatilgan:
49
Izoh: dastlab ushbu nizom Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180-son Qaroriga muvofiq qabul qilingan
edi.