Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


bildiriladi.  Modifikatsiyalangan fikr quyidagi holatlarda bildiriladi



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
bildiriladi. 
Modifikatsiyalangan fikr quyidagi holatlarda bildiriladi


olingan 
auditorlik 
dalillari 
asosida 
umumiy 
holda 
ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega 
bo‘lsa; 

umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib 
ko‘rsatishlarga ega emasligini aniqlash uchun yyetarli darajadagi 
tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmasa.


180 
Modifikatsiyalangan fikr bir nechta turga bo‘linadi. 
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
moliyaviy 
hisobotida 
ahamiyatli buzib ko‘rsatishlar mavjud bo‘lsa va ularning xo‘jalik 
yurituvchi subyekt tomonidan bartaraf etilmasligi, moliyaviy 
hisobotdan 
foydalanuvchilarni 
chalg‘itishi 
mumkin 
bo‘lgan 
hollarda salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi tuziladi. 
Shuningdek, quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi: 

xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan 
moliya-xo‘jalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks 
ettirilgan, lekin ular qonun hujjatlari talablariga muvofiq 
kelmaganda; 

xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati aniqlangan buzib 
ko‘rsatishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga 
tuzatishlar kiritishga rozi bo‘lmaganda.
Izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi quyidagi 
hollarda tuziladi: 

agar auditorlik tashkiloti yyetarli darajadagi auditorlik dalil-
larini olib, alohida-alohida yoki umumiy holda ko‘rib chiqilayotgan 
buzib ko‘rsatishlarning ta’siri muhim hisoblanib, biroq moliyaviy 
hisobotning ko‘pchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan 
xulosaga kelganda; 

agar auditorlik tashkiloti o‘z fikrini asoslash uchun yyetarli 
darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo‘lma-
ganda, biroq u aniqlanmagan buzib ko‘rsatishlarning ta’siri 
moliyaviy hisobot uchun muhim bo‘lishi mumkin, lekin moliyaviy 
hisobotning ko‘pchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan 
xulosaga kelganda. 
Auditorlik tashkiloti fikr bildirishi uchun zarur bo‘lgan yyetarli 
darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmagan 
taqdirda, fikr bildirishni rad etishi mumkin. Bu holda fikr bildirish 
rad etilgan auditorlik xulosasi tuziladi 
Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining professional 
xizmatlaridan tashqari) yangi qonunchilik bo‘yicha auditorlik 
teshiruvini o‘tkazish uchun faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 
mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik 
faoliyatini 
litsenziyalash 
auditorlik 
tashkilotlariga 
auditorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi. 
189 
(bevosita) soliqlarga va eng avvalo, daromad solig‘iga ustuvorlik 
bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining 
himoyachisi sifatida maydonga chiqdi. Eng og‘ir bo‘lgan egri 
(bilvosita) soliqlarni u “kekirdakdan oladigan” progressiv soliqlar
deb atadi. 
Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, u byudjetning 
asosiy masalasi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi 
nisbat, ya’ni byudjetning qoldig‘i (profitsiti yoki defitsiti) 
masalasidir, deb e’tirof etdi. Aynan ana shu qoldiq soliqqa 
tortishning qisqarishi yoki kengayishini aniqlab beradi. 
Biroq moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va proteksionizm) 
ta’siri ostida amalga oshiriladigan kapital jamg‘arilishining oshib 
borishi bilan ishchilar sinfining ahvoli og‘irlashib boradi, degan 
K.Marksning g‘oyasi hayotda isbotlanmadi. U foyda, foiz, renta va 
ish haqi o‘rtasidagi nisbatning davlat va uning moliyasi yordamida 
o‘zgartilishi imkoniyatini (mumkinligini) inkor etgan edi. U ortiqcha 
ishlab chiqarishning davriy (siklik) inqirozlari tahlilida davlatning 
iqtisodiy va shu jumladan, moliyaviy siyosati yordamida ularning 
kuchsizlanishi mumkinligiga ishonmadi. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin