Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Dilatometrik termometrlar. 
Dilatometrik
termometrlarda datchiklarning 
chiziqli o`lchami temperaturaga bog‘liq holda o`zgaradi. Bu termometrning ishlash 
prinsipi quyidagicha (93-rasm). Temperaturaga bog‘liq holda chiziqli kengayish 
koeffisiyenti katta bo`lgan latun trubkasiga (1), unga nisbatan chiziqli kengayish 
koeffisiyenti kichik bo`lgan kvarts sterjen’ (2) o`rnatiladi. Temperatura o`zgarsa 
latun trubka (1) ning uzunligi, kvars sterjen (2)ga nisbatan ko`proq o`zgaradi. 
Natijada kvars sterjen’ yuqoriga yoki pastga siljiydi. 
93-rasm. Dilatometrik termometr sxemasi: 
1-trubka, 2-sterjen’, 3-strelka. 


142 
Elektron termometrlar. 
Hozirgi kunda temperaturani o‘lchash ishlarida 
elektron termometrlardan foydalanilmoqda. Bu termometrlarda datchik sifatida 
termorezistor (yoki termistor) qo‘llaniladi, uning qarshiligi temperatura o‘zgarishi 
bilan o‘zgaradi. Qarshilikning bu o‘zgarishi haqidagi signalni kompyuter yoki 
boshqa asbob qayd etadi va o‘zgartirib, temperaturaning qiymati haqidagi 
ma’lumotni qayd etish qurilmasiga yuboradi. Quyidagi 94-rasmda elektron 
termometrlarning umumiy ko‘rinishi berilgan. 
94-rasm. Elektron termometrlarning umumiy ko‘rinishi. 
Quyidagi 95-rasmda elektron termometrning sxemasi keltirilgan. Bunda C1, 
C2 – 0,1 MкФ; С3 – 220 МкФ; DD1 – PIC16F628A; DD2,DD3 – DS18B20; 
GB1-3 1,5B dan; HGI-KEM-5631-ASR OK bilan; R1,3,14,15 – 5,1 Om; R2,16 – 
5,1 K; R4,13 – 4,7 K; R5...12 – 330 Om; R17...19 – 4,3 K; VT1...3 – BC556B. 
Ushbu elektron termometrning o‘lchash diapazoni -55 
o
C dan +125 
o
C ga, 
xatoligi 0,5 
o
C teng. Ko‘rsatish aniqligi o‘lchanadigan temperatura qiymati -9,9 
dan 99 
o
C bo‘lganda 0,1 
o
C ni, aniqligi o‘lchanadigan temperatura qiymati -55 da -
10 
o
C va +100 dan +125 
o
C gacha bo‘lganda 1 
o
C ni tashkil etadi. 


143 
95-rasm. Elektron termometrning sxemasi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin