Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

P
P
P



hosil bo‘ladi. Bu bosimlar farqi moddaning tezligi va sarfiga proporsional bo‘ladi. 
Demak, toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimlar farqi quvurdan o‘tayotgan 
modda sarfining o‘lchovi bo‘ladi va sarfning son qiymati differensial manometr 
(difmanometr) o‘lchagan 
2
1
P
P
P



bosimlar farqi bo‘yicha aniqlanadi. 
Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar
 
– rotametrlar laboratoriyalarda 
va sanoatda suyuqlik va gazlarning sarfini o‘lchashda keng qo‘llaniladi (110-
rasm). O‘lchash uskunasining ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhitning oqimining 
pastdan yuqoriga o‘tishida konussimon naycha ichiga joylashgan po‘kakning 
vertikal siljishiga asoslangan. Po‘kakning xolati o‘zgarishi bilan po‘kak va 
konussimon naychaning ichki devorlari orasidagi o‘tish kesimi o‘zgaradi, natijada 
o‘tish kesimidagi oqimning tezligi xam o‘zgaradi.
Bosimlar farqi po‘kakning ikkila tomonida 
xam o‘zgarmay qoladi. Shuning uchun bu o‘lchash 
uskunasi bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlari 
deyiladi. Suyuqlik yoki gaz sarfining har bir 
kattaligiga po‘kakning muayyan xolati mos keladi. 
Po‘kakning xolati bosimga bog‘liq. Suyuqlik yoki 
gazning ma’lum bir sarfida po‘kakning xolati 
o‘zgarmay qoladi. Xar bir rotametrning texnik 
pasportida darajalar (graduirovka) egri chizig‘i 
berilgan bo‘lib, bunda sarfning po‘kakning xolati 
bilan bog‘liqligi ko‘rsatiladi. 
110-rasm. Pukakli rotametr 
sxemasi. 
Har bir rotametr tajriba yo‘li bilan darajalanadi. Rotametrlar bosim farqlari 
o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: 
rotametrlarning shkalalari teng bo‘linmali bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan sarflarni 
o‘lchashga imkon beradi; bosimning yo‘qolishi kichik va u sarf kattaligiga bog‘liq 
emas; rotametrlarning o‘lchash chegarasi katta. Asbobning o‘lchash qismi (110-


162 
rasm) vertikal tik joylashgan konussimon naycha 1 va pukak (qalqovich) 2 dan 
iborat. 
Laboratoriya va sanoatda shisha (sarfni joyida o‘lchaydigan) va metalldan 
yasalgan (ko‘rsatishlarni masofaga uzatadigan) rotametrlar foydalaniladi. 
111-rasmda shisha naychali rotametrning tuzilish sxemasi ko‘satilgan. Bu 
asbob korpus 5 ga ustunlar 4 yordamida o‘rnatilgan konussimon shisha naycha 2 
dan iborat. Naycha ichida pastdan yuqoriga oqadigan suyuqlik yoki gaz oqimi 
ta’sirida tik harakat qiluvchi pukak 1 bor. Acbobning shkalasi 3 bevosita naycha 
ustiga (chizish yo‘li bilan) darajalanadi. Hisoblashlar qalqovichning ustki 
gorizontal tekisligi bo‘yicha olib boriladi. 
112-rasmda ko‘rsatishlarni masofaga elektr differensial-transformator orqali 
uzatadigan rotametr sxemasi keltirilgan. Rotametrning o‘lchash qismi diafragma 2 
va silindrik metall korpus 1 dan iborat. Diafragma 2 teshigida shtok 4 ga 
o‘rnatilgan konussimon pukak 3 harakat qiladi. Shtokning ustki qismida 
differensial transformatorli o‘zgartgich-ning o‘zagi 5 o‘rnatilgan. O‘zak naycha 6 
ichida joylashgan, naycha tashqarisida esa o‘zgartgichning g‘altagi 7 bor. 
Shkalasiz rotametlar ko‘rsatuvchi yoki qayd qiluvchi ikkilamchi differensial-
transformatorli asbob tarkibida ishlatiladi. Rotametrlar ortiqcha ish bosimi 
ta’siridagi muhit sarfini o‘lchash uchun (6,27 mPa) chiqariladi.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar.
 
O‘zgaruvchan sathli sarf 
o‘lchagichlarning ishlash prinsipi
 
suyuqlikning idish tubidagi yoki uning yon 
devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath balandligini o‘lchashga 
asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda agressiv suyuqliklar 
sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan pulslanuvchi oqim va 
suyukliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar 
barcha hollarda suyuqlik sarfnni atmosfera bosimida o‘lchaydi, shuning uchun, bu 
asboblarning ishlatilishi cheklangan. 


163 
111-rasm. Shisha naychali rotametr 
112-rasm. Ko‘rsatishlarni masofaga elektr 
differensial transformator yordamida 
uzatadigan rotametr sxemasi. 
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish) 
va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath balandligi 
o‘lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin. 
Qabul qiluvchi sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli 
silindrik yoxud to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi 
uning sath balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon 
devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan 
yuqorida bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida 
joylashgan bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki 
chetidan baland bo‘lmasligi lozim. 


164 
113-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rt-burchak idish 2 
dan iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni 
kiritish uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi 
uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa 
profillangan teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik 
oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli Pezometrik naycha 1 
cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida 
tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va 
manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pyezomstrik naychadagi 
bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining zichligi va balandligi bilan, demak, 
suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. Pezometrik naychadagi gidrodinamik 
bosimning qiymati difmanometr 3 bilan o‘lchanadi. 113-rasmda keltirilgan sarf 
o‘lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari 
tengligidadir. 
113 – rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin