Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


 O‘lchash qurilmalari va mashinalari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
3.17. O‘lchash qurilmalari va mashinalari 
O‘lchash mashinalari o‘lchash ishlarini amalgam oshirish uchun 
mo‘ljallangan, o‘ziga xos murakkab tuzilishga ega bo‘lgan maxsus mashinalardir. 
O`z DSt 8.010.2:2003 “O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini 
ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalarvata’riflar. 2-qism. O‘lchash 
vositalari va ularning parametrlari” standartida o‘lchash mashinasiga quyidagicha 
ta’rif berilgan:
O‘lchash mashinasi
– bu buyumni tavsiflovchi, kattaliklarni aniq o‘lchashga 
mo‘ljallangan yirik o‘lchamli o‘lchash uskunasidir. 
 
O‘lchash mashinalariga misol qilib, kuch o‘lchash mashinasi, bo‘lish 
mashinasi, koordinat o‘lchash mashinasi, sanoat ishlab chiqarishda katta 
uzunliklarni o‘lchash mashinasi va boshqalarni keltirish mumkin. 


212 
 
ИЗМ rusumli bir koordinatli o‘lchash mashinasi chiziqli o‘lchamlarni asbob 
ichiga o‘rnatilgan qo‘zg‘almas shkala bilan qiyoslash usulida, kasrli qismini 
o‘lchovchi uchliklardan biri bilan harakatlanuvchi qo‘shimcha shkala va optimetr 
naychasidan sanaladigan o‘lchash asbobidir. O‘lchash mashinasi (142-rasm) bikr 
stanina (9), uni yo‘naltiruvchilari bo‘ylab harakatlanuvchi pinolli (1) va o‘lchovchi 
(5) babkalardan tarkib topgan o‘lchash asbobidir. Naycha (1) o‘rnatilgan pinolli 
babka (2) stanina yo‘naltiruvchilarining butun uzunligi bo‘yicha yurishi mumkin, 
optimetr (6) va hisob mikroskopi (7) o‘rnatilgan babka (5) esa faqat 100 mm ga 
siljiydi. O‘lchovchi babkani dastlabki o‘rnatilishi reykali uzatma, anig‘i esa 
mikrometrik murvat (8) yordamida amalga oshiriladi. 
Har ikki babkaga kronshteynlar (11) va (17) orqali babkalar bilan
birga 
harakatlanuvchi prizmalar (12), (16) hamda obyektivlar (13), (15) dan tarkib 
topgan ikkita bir xil optik tizimlar qo‘shilgan. Stanina (9) da har bir 100 mm da 
alohida raqamli, qo‘shaloq chiziqli shisha plastinkalar (14) bilan jihozlangan 
detsimetrli shkalalar o‘rnatilgan. Agar mashinaning yuqori o‘lchash chegarasi 1000 
mm bo‘lsa, bunday detsimetrli intervallar to‘qqizta bo‘ladi, ya’ni to‘la yuqori 
o‘lchash chegarasiga bir detsimetr yetmaydi. Yetishmaydigan detsimetr o‘rnini 
uzunligi 100 mm va bo‘linmalari qiymati 0,1 mm ga teng bo‘lgan shisha shkala 
(10) bosadi. 
Ustida babka turgan shisha plastinkalarni yoritish uchun pinol babka (1) 
ichida chiroq (18) o‘rnatilgan. Bo‘linmali plastinkani yorituvchi yorug‘lik nurlari 
prizma (16) dan gorizontal yo‘nalishda qaytadi va obyektiv (15) dan o‘tib, parallel 
nur tarami shaklida bo‘ladi. Ob’yektiv (13) parallel nur taramini yig‘adi va u 
prizma (12) dan qaytib, shisha shkala (10) tekisligida shisha plastinka (14) ning 
qo‘shaloq chizig‘i raqamining tasviri shkala (10) bo‘linmalari bilan birga 
mikroskop orqali kuzatiladi. Mashinaga o‘lchanuvchi obyektni joylash uchun 
boshqariluvchi lyunetlar (3) (uzun detallar uchun) va universal stolcha (4) (kalta 
detallar uchun) xizmat qiladi. O‘lchash oldidan pinol babkasi o‘lcham qiymati 
tarkibidagi to‘la mm lar soniga to‘g‘ri keladigan shisha plastinka ustiga qo‘yiladi. 
O‘lchovchi pinol o‘ng tomonga suriladi va lyunetlar yoki universal stolchaga 


213 
o‘lchanuvchi obyekt joylashtiriladi. Undan keyin, o‘lchovchi babka optimetrning 
uchligi o‘lchanuvchi obyektga taqalguncha suriladi. 
O‘lchanuvchi obyekt o‘lchash chizig‘i bo‘yicha to‘g‘rilangandan keyin, 
o‘lchovchi babka mikrometrik murvat (8) yordamida shkala (10) ning eng yaqin 
chizig‘i bilan qo‘shaloq chiziq tasviri birlashguncha suriladi. Mashina nolga 
qo‘yilgan holda mikroskop va optimetr shkalalari 142 d - rasmda ko‘rsatilgan. 
O‘lchangan qiymat qo‘shaloq chiziq bo‘yicha yuz millimetrlar, o‘nlar, millimetrlar 
va millimetr o‘nlilari - yuz millimetrli shkala bo‘yicha, millimetrni yuzli va 
minglilari optimetr shkalasidan (ishorasini hisobga olgan holda) olingan qiymatlar 
soniga teng. 69e-rasmdagi qiymat 562,195 mm gateng.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin