Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
 
142-rasm. ИЗМ rusumli o‘lchash mashinasi: 
a
– umumiy ko‘rinishi; 
b
– sxemasi; 
d
– rostlashda nolni joriy qilish; 
e
– o‘lchash jarayonida sanash. 
 
 


214 
3.18. Elektromexanik analog o‘lchash asboblarining tuzilishi,
ishlash prinsipi va turlari 
Elektromexanik analog o‘lchash asboblari
 
deb, o‘lchanayotgan fizik 
kattalikning uzluksiz funksiyasi bo‘lgan kuzatuvchi uchun qulay shakldagi 
informatsion o‘lchash signalini hosil qiluvchi elktr o‘lchash vositasiga aytiladi. 
Bunday o‘lchash asboblarda qo‘zg‘aluvchan qismning holati o‘lchanayotgan 
kattalikning qiymatiga bog‘liq. Ularning vazivasi va ishlash prinsipidan qat’I nazar 
Elektromexanik asboblar o‘lchash zanjiri (O‘Z), o‘lchash mexanizimi (O‘M) va 
qayt etish qurilmasi (QEQ) dan tashkil topadi. 143-rasmda elektromexanik 
o‘lchash asboblarining ummumlashgan struktura sxemasi keltirilgan. 
143 - rasm. Elektromexanik anolog o‘lchash asboblarining struktura sxemasi. 
Elektromexanik 
analog 
asboblarining 
umumiy 
qismlariga 
korpus, 
qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlar, 
teskari tasir etuvchi moment hosil 
qiluvchi qurilma, tinchlantirgich, qayd etuvchi qo‘rilma, korrektor va arretirlar 
kiradi.
Asbobning 
korpusi
unung barcha qismlarini mahkamlash va tashqi ta’sirdan 
himoyalash uchun xizmat qiladi. Korpus metall yoki plastmassadan turli shakilda 
tayyorlanadi.


215 
Qo‘zg‘almas qism
 
ko‘pgina asboblarda magnit uzakka o‘ralgan yoki 
o‘zaksiz g‘altakdan iborat bo‘ladi. Ayrim asboblarda qo‘g‘almas qism doim
magnit yoki elektro‘tkazuvchi plastinka ko‘rinishida bo‘lishi mo‘mkun. 
Asboblarning 
qo‘zg‘aluvchan qismi
doimiy magnit, g‘altak, elektr 
o‘tkazuvchi disk, elektromagnit erkin (qisqa tushirilgan bir o‘ramli g‘altak) yoki 
ferromagnit o‘zak ko‘rinishida bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchan qism o‘z o‘qi atrofida 
burilishi uchun u tayanch, tortqi yoki osmalarga o‘rnatiladi. 
Teskari ta’sir etuvchi moment hosil qiluvchi 
spiral
yoki 
lentasimon 
prujinalar
(rastyajka) dan foydalaniladi. 
Tinchlantirgich
 
asbob zanjirga ulanganda yoki o‘lchanayotgan kattalikning 
qiymati o‘zgarganda qo‘zg‘aluvchan qismni tezroq tinchlantirish uchun xizmat 
qiladi. Elektromexanik asboblarda 
havoli, magnitoinduksiyali 
va 
suyuqlikli 
tinchlantirgichlar ishlatiladi. 
Elektromexanik asbobning 
qayd etish qurilmasi
 
bir yoki bir nechta shkalalar 
va ko‘rsatgich (strelka) dan iborat (144-rasm). O‘lchash asbobining vazifasi, 
ishlash prinsipi va konstruksiyaga ko‘ra shkalalar va ko‘rsatgichlar bir necha xilga 
bo‘linadi. Shkalalar 
nomlangan, 
ya’ni o‘lchanuvchi kattalik birliklarida 
darajalangan yoki 
shartli nomlangan 
bo‘ladi. shkalalar shakliga kora, 
to‘g‘ri 
chiziqli-gorizontal 
yoki
vertikal
, yoysimon (yoy burchagi 180

gacha bo‘lganda)-
gorizantal, vertikal 
yoki qiya; 
aylanma (
yoy burchagi 180
0
ko‘proq bo‘lganda

larga; belgilarning shkalada joylashish xususiyatiga ko‘ra, tekis (aylantiruvchi 
momentning o‘lchanayotgan kattalikka bog‘likligi chiziqli bo‘lganda), 
notekis 
(yuqoridagi bog‘lik nochiziq bo‘lganda) larga; nolning joylashish o‘rniga ko‘ra, 
bir 
tomonli 
(nol shkalaning o‘rtasida joylashgan), 
ikki tomonli
(nol shkalaning 
o‘rtasida joylashgan) shkalalarga farqlanadi.
Qayd etish qurilmasiga 
nisbatan kuzatuvchi kishi ko‘zining noto‘g‘ri 
joylashuv holati hisobiga hosil bo‘lgan xatolikni, ya’ni 
pariallaks 
xatolikni 
kamaytirish maqsadida o‘lchash asboblarining shkalasi ko‘zguli qilinadi. Bunda
qayd etish qurilmasiga shunday qarash kerakki, ko‘rsatgich ko‘zguda o‘z aksini 
berkitsin. Ko‘rsatgichlar har xil shakllarda yasalishi mumkin: yoysimon, nurli va 
raqamli. 


216 
Turli sabablarga ko‘ra, asbob zanjirga ulanmagan paytda ham ko‘rsatgich 
noldan biroz siljishi mumkin. Bu siljishni yo‘qotish uchun korrektor 2 dan 
foydalaniladi. Korrektorning yurgizuvchisi (povodogi) 1 spiral prujinaning erkin 
uchi 3 ga mahkamlanadi, ikkinchi uchi 4 esa asbobning qo‘zg‘aluvchan qismiga 
ulanadi. 
144-rasm. Qayd etish qurilmasi. 
Arretir
 
transportirovka paytida elektromexanink asbob qo‘zg‘aluvchan 
qismini mahkamlash yoki uning zanjirini tutashtirish uchun xizmat qiladi. 
Elektromexanik asboblar qo‘zg‘aluvchan qismlariga turli momentlar ta’sir qiladi. 
O‘lchash asbobida o‘lchanayotgan kattalik ta’sirida yuzaga keladigan va 
qo‘zg‘aluvchan qismini ma’lum burchakka buradigan moment 
aylantiruvchi 
moment deb ataladi
. Bu moment umumiy holda o‘lchanayotgan kattalik x va 
qo‘zg‘aluvchan qism burilishi burchagi б ning funksiyasi bo‘lib, o‘lchash 
mexanizmida to‘plangan elektromagnit energiyaning б burchak bo‘yicha 
o‘zgarishi bilan tavsiflanadi: 


d
dW
x
F
M
em
ayl


)
,
(
(2.1) 
bunda:
M
ayl
- aylatiruvchi moment, W
em 
- elektromagnit energiya. 
Aylantiruvchi momentni hosil qilish usuliga ko‘ra, elektromexanik asboblar 
magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, elektrostatik va 
induksion asboblarga bo‘linadi. 


217 
Agar asbobning qo‘zg‘aluvchn qismiga faqat aylantiruvchi moment ta’sir 
qilsa, u holda asbobning qo‘zg‘aluvchan qismi o‘zining maksimal qiymatigacha 
buriladi va o‘lchanayotgan kattalik qiymatiga proporsional bo‘lmaydi. 
Qo‘zg‘aluvchan qismning burilishi o‘lchanayotgan kattalik qiymatiga proporsional 
bo‘lishi uchun б burchakka bog‘liq ravishda o‘zgarishi lozim.
Elektromexanik asboblarda teskari ta’sir etuvchi moment quyidagi ikki xil 
usulda hosil qilinadi: 
1)
mexanik usul –
spiral prujina, tortqi yoki osma shaklda bo‘lib , 
ularning bir uchi asbob qo‘zg‘aluvchan qismiga, ikkinchi uchi esa qo‘zg‘almas 
qismiga mahkamlanadi. Bunda teskari ta’sir etuvchi moment quyidagiga teng 
bo‘ladi: 
W
M
ayl



(2.2) 
bunda: W - prujinaning solishtirma teskari ta’sir etuvchi momenti bo‘lib, qiymati 
prujinaning o‘lchamlari va materiallariga bog‘liq: 
2)
g‘altaklar maydonlarining 
o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan 
moment (logometrlarda). Asbob ko‘rsatgichining turg‘un holatiga aylantiruvchi va 
teskari ta’sir etuvchi momentlar tenglashadi, ya’ni 
M
ayl 
= M
tes 
 
(
2.3


O‘lchash asbobining dinamik ish rejimida, ya’ni qo‘zg‘aluvchan qismining 
harakati paytida unga M
ayl 
va M
tes

momentlardan tashqari
 
boshqa momentlar ham 
ta’sir etadi. Bu momentlar qo‘zg‘aluvchan qismning havoga ishqalanishi, 
tayanchlardagi ishqalanishlar, inersiya momentlari tufayli yuzaga keladi va asbob 
xatoligini oshiradi.
Magnitoelektrik 
o‘lchash 
asboblari.
Magnitoelektrik 
o‘lchash 
mexanizimlarining ishlash prinsipi doimiy magnitning magnit maydoni bilan 
qo‘zg‘aluvchan tokli ramkadan o‘tadigan tokning magnit maydoni ta’sirlashishiga 
asoslangan. Magnitoelektrik o‘lchash mexanizimi (145 - rasm) doimiy magnit 1, 
berk magnit o‘zak 2, magnit qutb uchi 3 va qo‘zg‘aluvchan ramka 4 dan tashkil 
topgan. 


218 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin