muvaffaqiyatli o‘qishi uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorla-
nishda manba bo‘lib, xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalami aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Bolalarda tabiat va j amiyat to ‘ g ‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish. Bola tevarak-atrofdagi narsalar,
ularning vazifasi, sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan
foydalanganligi, tayyorlanganligi to‘g‘risida
aniq tasawurga
ega bo‘lishi kerak.
2. Bilishga doir ruhiy jarayonlami rivojlantirish: sezgi, idrok,
xotira, xayol, tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni
rivojlantirish aqliy tarbiyaning erkin vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish
va aqliy qobiliyatlami, aqliy mehnat
madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar
qiziquvchanligini, sinchkovligini rivojlantirish va shular aso
sida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
4. Aqliy malaka va ko‘mkmalami
rivojlantirish, ya’ni oddiy
faoliyat usullari,
predmotlami tekshirish, ulardagi muhim va
muhim bo‘lmagan belgUami ajratib ko‘rsatish boshqa pred
metlar bilan taqqoslash raaktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy
tarbiya berish vazifalaridan biridir.
0 ‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha
sistemali
mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar o‘simlik, yosh hayvon
lar to‘g‘risidagi ma’lum bir tasawurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bo-
lalardagi aqliy ko‘nikma, malakalami rivojlantirish maqsadida tar
biyachi bolalar bilan mashg‘ulotlami o‘tkazishni rejalashtirishi mum-
kin. Bular quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: