5-§. Suratlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar
Reja:
1. Suratlar orqali suhbat о ‘tkazish usullari.
2. Suratlar bilan о ‘tkaziladigan mashg ‘ulotlarda bolalarni
so ‘zlashuv nutqiga (dialogik) о ‘rgatish.
Tayanch tushunchalar: mushukchalar, ipkalavasi, panja, mo ‘ylov,
ichyapti, chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, mi-
yovlaydi, xirillaydi, perron, vokzal, relslar, bekat, yo ‘lovchilar vago-
ni, yuk vagoni, pristan, paluba likopcha, kosa, chinni lagan, qoshiq-
cha, ushlab turibdi, salfetka pat, toj, baqbaqa, panjai.
1.
Suratlar orqali suhbat o‘tkazish usullari.
Bolalarni tevarak-
atrofdagi
narsa va hodisalar, ijtimoiy hayot hodisalari bilan ta-
nishtirishda, ular lug‘atini kengaytirishda suratlar muhim ahamiyatga
ega. Suratlardan lug‘at ishining barcha vazifalariia
hal etishda foy-
dalaniladi. Bu mashg‘ulot turida tarbiyachining nutqi, ya’ni uning tu-
shuntirishi, yangi so‘zlami aytishi, bolalarga ma’lum bo‘lgan so‘zlar
bilan yangi so‘zlaming ma’nosini taqqoslashi
va hokazolar asosiy
o‘rin egallaydi. Buning natijasida bolalarning lug‘ati boyib boradi,
ular suratdagi tasvirlami ko‘rishga va tushunishga o‘rganadilar. Bi-
roq tarbiyachi suratdagi tasvirlar haqida gapirib berish jarayonida bo
lalarga murojaat etadi, ularga ma’lum bolgan so‘ziami faollashtirish
usulidan foydalanadi. Tarbiyachi suratlardan bolalar kuzatishi lozim
bo‘lmagan obyekt, ya’ni narsa
va buyum, hodisalar, hayvonlar qush-
lar va o‘simliklar, ayrim tabiat manzaralarining aynan o‘zini ko‘rsata
olish imkoni bo‘lmagan hollardagina foydalanadi. Masalan, yowoyi
hayvonlar, ulaming belgilari, ayrim uy hayvonlari (sigir buzog‘i bi
lan, tuya bo‘talog‘i bilan, eshak xo‘tigi bilan va hokazolami), shahar
va qishloq hayoti, kishilar faoliyati va hokazolar bilan tanishtirishda
suratlardan keng foydalaniladi. Shahar maktabgacha ta’lim muassa-
salarining bolalari surat orqali qishloq hayoti
bilan tanishganlarida
ular dehqonlaming mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: