chambarak, froniton, kolonka, tom, ark, kub, prizma, konus, pirami- da, slindr, plastinka, texnika о ‘yinchoq, personaj, shaqldoq, buyumli harakat. 1. Bola tarbiyasida o‘yincTioqning ahamiyati. О ‘yinchoq - bola
hayotining dastlabki davrlaric'an boshlab ularga yo‘ldosh, quvonch
manbaidir. 0 ‘yinchoq bolaning o‘ynashi uchun mo‘ljallangan va
boshqa maqsadlarda foydalan lmaydigan buyum hisoblanadi. Unda
buyumlaming tipik xususiyatlari umumiy tarzda aks etadi.
Pedagog A.S.Makarenko, «O‘yinchoq o‘yinning «material asosi»,
o‘yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o‘ziga xos
sherigi sifatida namoyon bo‘Jadi, uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatadi»,
- deb ta’kidlaydi. Rus pedagoglari o‘yinchoq bolalarga atrofdagi
mavjud voqelikni o‘rganishga yordam beradigan, ranglar, buyumlar
ko‘lamini ulaming materiallarim farqlash malakasini rivojlantimvchi
vosita deb ta’kidlab, bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiya-
tini ko‘rsatib berdilar.
Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlaming butun bir tizimi ishlab
chiqilgan bo‘lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilgan.
O‘yinchoqlar bolalaming nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug‘at boyli-
gini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish,
taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyatlami rivojlantiradi.
261
0 ‘yinchoq bolalarda - ma’naviy-axloqiy tuyg‘ulami (mehribon-
lik, avaylash, e’tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy mu-
nosabatni uyg‘otadi. 0 ‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va indi
vidual xususiyatlari, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga
qaratilgan bunday yondashuv - o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni
yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigienik, badiiy talab orqali
o‘yinchoq tanlanadi.