Nutq madaniyati - bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy mulo
qot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan
holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan
intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foydalangan holda
bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
3
. Bolalar psixologiyasi - shaxsda ma ’naviy-axloqiy, ruhiy-intellek-
tual, hissiy-irodaviy sifatlami tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
4.
Maktabgacha pedagogika - maktabgacha ta’lim yoshidagi bo
lalami tarbiyalash, ulami intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy
jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
5.
Etika - shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy
sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy midaniyatni tarbiyalashda
muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalami pecagogik jarayonga tatbiq
etishda alohida o‘rin tutadi.
6.
Estetika - shaxs tomonidan go‘zalli;mmg his etilishi, unga
intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim
yo‘nalishlami aniqlashga xizmat qiladi.
7.
Fiziologiya - o‘quv-tarbiya jarayonida bolalaming fiziologik,
anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich
asoslarni beradi.
8.
Gigiyena - bolalaming salomatligini muhofazalash, ulami jin-
siy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g ‘oyalari bilan
yordam beradi.
9.
Falsafa - shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyat
lari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlaming falsafiy
jihatlari kabi masalalami tahlil etishga imkon beradi.
10.
Bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslik asoslari - ta’lim-
tarbiya jarayonlarini rivojlantirish, xalq maktabgacha pedagogikasi
g ‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.