3-§. Nutq о‘stir ish nazariyasi va metodikasi fanining
maqsad va vazifalari
Reja:
1. «Nutq о ‘stirish nazariyasi va metodikasi» fanining boshqa
fanlar bilan uzviy bog ‘liqligi.
2. Bolalar nutqini о ‘stirishningpredmeti maqsadi va vazifalari.
3. Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va meto
dik ishlari.
Tayanch tushunchalar: bog ‘lanishli nutq, didaktika, didaktik
nutq, ehtiyojmandlik, emotsional muloqot, nazariya, nutq madani
yati, umumiy pedagogika.
1.
«Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi»
fanning boshqa
fanlar
bilan uzviy bog‘liqligi. Bolani har tomonlama rivojlantirish
uning insoniyat tajribasi,
bilimlari, qobiliyati va madaniyatining
saqlovchisi bo‘igan kattalar bilan muloqoti
tufayli insoniyatning
ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi.
Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til
orqaligina berish mumkin.
Til - hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan
bo‘lishi shart be‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz
unda qanday so'zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz
haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o'tirmaymiz.
Bilimni uyushtiruvchi boshlang‘ich
bosqich sifatida chiqadigan
nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga alohida o‘rin
beradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlami ochadi,
uni o‘zining gumanitar mohiyati haqida orzu-xayollarga berilgan hol
da doimo tinch-osuda va jimgina o'tiradigan burchagidan chiqishga
majbur qiladi.
Ana shu nuqtayi nazardan «Nutq о ‘ stirish nazariyasi va metodikasi»
fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1.
Umumiy pedagogika - ijtimoiy tarbiyaning umumiy qo-
nuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona
ijtimoiy maqsadga mu-
49
vofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning
mohiyati va muammolarini o ‘rganadigan fan.
2.
Dostları ilə paylaş: