Babayeva d. R


rivojlantirishga doir ishlar tizimi



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

rivojlantirishga doir ishlar tizimi
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuni­
yatlari.
2. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirish­
ning ilmiy asosi.
Tayanch tushunchalar: 
sensomotorika, tajriba-validatsiya, bilish
instinkti, me ’yorlangan nutq, nutq me ’yorlari, bolaning nutqi, til qo­
nuniyatlari, kattalar nutqi.
1. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qo­
nuniyatlari. 
Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri 
amal 
qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi 
natijasida rivojlanadi.
Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning 
psixologik nvojlanishi hamda dastawal xotirasi, fikrlashi, idrok eti- 
shi, hissiyot; va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.
Birinchi qonuniyat: 
Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati 
bola 
nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq 
(shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplami talaffuz etishni takomil- 
lashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada 
e ’tibor bermoq muhimdir).
Ikkinchi qonuniyat: 
Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan 
nutqning 
leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga 
bog‘liq.
Uchinchi qonuniyat: 
Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fo- 
netika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga 
bo
‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni 
nutq 
ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlaming bola 
tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim).
To‘rtinchi qonuniyat: 
Nutqni boyitish, awalo, nutq ko‘nikmala- 
rini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktab-
57


gacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan 
b o ‘Isa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o ‘zlashtirish 
oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutq­
ni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, 
idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq.
Beshinchi qonuniyat: 
Nutq m e’yorlarini o ‘zlashtirish tilni his 
etishning rivojlanishiga bog‘liq.
Bolalarning nutqini o ‘zlashtirishda tinish belgilarini qo‘llash 
m e’yorini, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish muhim o ‘rin tutadi. 
M e’yorlangan nutqda ona tili unsurlarini an ’anaviy qo‘llashda inson 
hayotining asosan maktabgacha katta yoshdagi davri samarali bo‘lishi 
ona tili metodikasi ilmida allaqachon o ‘z isbotini topgan.
M aktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bilan 
bog‘liq b o ‘lgan masalalar kompleksini hal etishda quyidagilar alo­
hida hisobga olinadi:
1. Insondagi bilish instinkti, tug‘ma qiziquvchanlik nutq vosita- 
sida am alga oshiriladi.
2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi. Psixologlaming kuza- 
tishicha, tevarak-atrof to ‘g ‘risidagi bilimlar nutq orqali o ‘zlashtiriladi.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarni tevarak- 
atrof bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda keng imkoniyatlar 
tug‘diradi.
Shunga k o ‘ra tarbiyachilar maktabgacha katta yoshdagi bolalar­
ning nutqini to ‘g ‘ri y o ‘naltirishni tevarak-atrof bilan tanishtirish 
orqali am alga oshiradi.
Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun 
ulam ing bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini 
hisobga olish muhimdir.
Shu narsa aniqlanganki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning 
barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli 
ortib boradi. Ya’ni bolalar boshqalam ing xatti-harakatlarini, atrofda 
kechayotgan voqea-hodisalam i bilishga va baholashga intiladilar. 
Shunga k o ‘ra m aktabgacha yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat tur­
lari ham xilma-xil va mazmunli bo‘lib boradi. Demak, bolalar faoli­
yatining sermahsul turlari nutq o ‘stirishda katta rol o ‘ynaydi.
58


Bolalar o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda 
uyushtiriladigan o ‘yinlarda yuqori darajada shakllanadi. Ijtimoiy foy- 
dali mehnat va o ‘qish kabi faoliyat turlari tobora ko‘proq rol o ‘ynay 
boshlaydi. Shu bilan birga, tengdoshlariga nima bilandir k o ‘mak 
berish, ular uchun biron-bir foyda yetkazish maqsadida namoyon 
bo'Iadigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada ahamiyatliroq, 
ya’ni sezilarli bo‘lib qoladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar o ‘z xulqlarini yanada asosli- 
roq boshqara boshlaydilar.
Bolalar tarbiyachisi tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalar 
ma’nosini aniq biladilar, topshiriqlam i mustaqil va nuqsonsiz baja- 
risli uchun astoydil intiladilar. Bulam ing barchasi nutqni rivojlanti­
rishning muhim shart-sharoitlari b o iib xizmat qiladi.
M a’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga b o g iiq . 
Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalaming m adaaiy xulq- 
odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e ’tibor beris 
1
lozim. 
Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to ‘g ‘risid igi axlo­
qiy tasaw urlam i tarkib toptirish kerak.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin