Babayeva d. R


Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya  qilib



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

68


Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya 
qilib 
berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi 
mumkin.
- bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil 
hikoya 
qila olmaydi;
- matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;
- ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;
- bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi;
- nutqda ifodalilik yetishmaydi:
- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;
- o‘zicha ba’zi so‘zlami qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi;
- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;
- hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;
- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.
Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va 
ularga 
ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l 
qo‘ygan 
xatolari va yutuqlari aniqlanadi.
Mazkur MTMda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar 
asosiy 
mezon sifatida olinadi:
- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yor- 
damisiz, mustaqil bayon eta olishi;
- matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi;
- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;
- ifoda vositalaridan foydalana olishi;
- nutqning ravonligi, tezligi;
- jumlalaming grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;
- nutq madaniyatiga rioya etishi.
Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, 
suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda 
mavjud bo‘lgan narsalami kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida 
sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan bir­
ga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ulaming taijimai holi 
yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin