madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomil-
lashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga
tayyorlash muhim ahamiyat
kasb etadi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida olib borgan kuzatishlar shuni
ko‘rsatdiki, ularning bog‘lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib,
qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini ku-
zatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat
qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish.
2. Nutqni rivojlantiruvchi omillami to‘g‘ri belgilash.
3. Nutqni rivojlantirish jarayoni.
4. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik.
5. Nutqni rivojlantirish mazmuni.
6. Nutqni rivojlantirish shakllari.
7. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillammg o‘zaro aloqasi.
8. Sayrlar,o‘yinva mehnat jarayoni- nutqni o‘stirishning muhim
vositasi ekanligi.
. Bok laming nutqini rivojlantirish maxsus o‘rganilmaydi, natijalari ish
lab chic ilib, mashg‘ulotlar tizimi belgilab olinmaydi, mashg‘ulotlar ma’lum
maqsad
ga.
yo‘naltirilgan holda muntazam va izchil olib borilmaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarining
katta guruhlarida bo-
lalaming nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib,
maxsus top-
shiriqbr ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda
mashg'ulotlar olib boriladi.
Misol.
Bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya
qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmab>, «Bo‘g‘irsoq»,
«Ikki echki», «Ur, to‘qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon»
kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay
olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.
Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:
- hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalaming yordamisiz);
- matn mazmunining to‘liqligi;
- matnni bayon qilishda izchillik;
- ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi;
- nutqning ravonligi.
Dostları ilə paylaş: