“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-1, November - 2022
23
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
Satarova Zilola Shokirdjonovna
Toshkent shahar Yashnobod tumani
206 -maktab texnologiya fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada texnologiya darslari haqida umumiy tushunchalar
haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, texnologiya darslarini hayotimiz tutgan o'rni va
texnologiya darslarida zamonaviy texnologiylardan foydalanish
maqolaning asosiy
mazmunini tashkil qiladi.
Kalit so'zlar:
texnologiya darslari, innovatsion texnologiya,
pedagogik
texnologiya,dizayn
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat
faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib,
qaysi kasbni
egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz
Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar,
moslamalar va
ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va
uyro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.
Bu maqolada o’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini
egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib
o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari har
bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir a’zosining
bilim va
salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib
borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda. Ijodkorlik – bu
yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy faoliyat
tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha
buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va
texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar,
zamonaviy
avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli
boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib,
tanlagan kasbingizni
mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. Bu
vazifalarni uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Asosiy qism:
Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va
axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn»,
«Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan
birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va dizayn»