Orol dengizi ketdi, ammo odamlar qoldi. Maqolaning asosiy qismi XX asrning 2-yarmidan boshlab



Yüklə 108,44 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.12.2022
ölçüsü108,44 Kb.
#73506
Akademik yozuv Maqola



OROL DENGIZI KETDI, AMMO ODAMLAR QOLDI. 
Maqolaning asosiy qismi XX asrning 2-yarmidan boshlab 
orolning hajmini kichiklashisi va bu orol atrofidagi biologik 
muhitga qattiq ta’sir ko’rsatganligi.XXI asrning boshida orolga 
berilmagan e’tibor va hozirga kelib orol dunyo miqiyosida 
biologik muammoga aylanganligi va butun dunyo orolni qayta 
jonlashrieish uchun harakat qilayotganligi haqida bo’ladi.U 
yerda bo’layatgan o’zgarishlar va aholining yashsh sharoiti 
o’zgarayotgani 
Moynoq 
Qoraqalpog’istoning 
rivojlangan 
shaharlari qatoriga qo’shilayotgani va u hududni turistik zonaga 
aylantirilayotgani haqida bo’aldi. 
Kalit so’zlar: Orol dengizi,BMT,O’zbekiston,Qoraalpog’iston, 
Oʻrmonzorlar, Shavkat Mirziyoyev, BMT Bosh kotibi 
Antoniu Guterrish. 
Orol inqirozi — zamonamizning eng yirik ekologik 
fojialaridan biri. Bugun u yana bir bor dunyo hamjamiyati 
eʼtibori markazida. 
Gap shundaki, yaqinda BMT tomonidan Orolboʻyi 
mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama 
sheriklik asosida trast fondi tuzilishi eʼlon qilindi. Shu 
munosabat bilan oʻtkazilgan taqdimot marosimida ishtirok 
etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Oliy Majlis Senati 
Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ham bor edi. U 
fondni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad va uning 
faoliyat yoʻnalishlari, Oʻzbekistonning Orol dengizi 


hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha olib 
borayotgan saʼy-harakatlari haqida soʻzlab berdi. 
— Maʼlumki, halokat miqyosi Orolboʻyi va hatto Markaziy 
Osiyo mintaqasidan ham tashqariga chiqib, global 
muammoga aylandi. Bir avlod koʻz oʻngida butun dengiz 
yoʻq boʻlib ketdi. Vaholanki, mazkur havza suv hajmi 
boʻyicha dunyodagi toʻrtinchi yopiq koʻl hisoblanar edi. 
Atrofda hayot qaynardi. Vaqt oʻtib suv havzasi quriy 
boshladi. 
Bu eng kamida qariyb yuz mingta ish oʻrinlari yoʻqolishiga 
olib keldi. Qoraqalpogʻiston uchun ulkan raqam emasmi 
bu?! 
Mazkur holat nima uchun roʻy berdi? Suvdan nooqilona 
foydalanish oqibatida obihayot hajmi sezilarli darajada 
kamayib ketdi. Bu esa tuz konsentratsiyasining keskin 
koʻtarilishiga sabab boʻldi. Dengizda hayot alomatlari 
deyarli qolmadi. Baliqlar, qushlar, hayvonlarning oʻnlab 
turlari yoʻqoldi. Odamlarning dengiz bilan bevosita bogʻliq 
boʻlgan xoʻjalik faoliyati toʻxtadi. Bugun bu yerlarda qum 
boʻronlari koʻtariladi. Sahro esa dengizni siqib chiqargan. 
Har yili Orolning qaqshagan tubidan tonnalab qum va tuz 
shamol bilan havoga koʻtarilib, ulkan hududlarga yoyilib 
ketyapti. Baʼzan dengiz qumlari Arktika, Skandinaviyada 
ham uchrayotir. Endi tuzli-qumli boʻronlar ekologiya, hayot 
va inson salomatligiga qanday taʼsir koʻrsatayotganini bir 
zum koʻz oʻngingizga keltiring. Masalan, oʻtgan yilda ular 
ekinlar hosilini nobud qildi. Bu mahalliy aholi, ayniqsa, 
fermerlarning hayot sifatiga ham taʼsir oʻtkazmay qolmadi. 


Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida dunyo hamjamiyati eʼtiborini yana bir bor Orol 
hududidagi halokatli vaziyatga qaratganidan xabaringiz 
bor. Binobarin, Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama -
sheriklik asosida trast fondini yaratish yuzasidan ishlar 
boshlab yuborildi. Fikrimcha, bu toʻrtta dolzarb vazifani hal 
etishga koʻmak beradi. 
Birinchidan, Orolboʻyining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotiga mablagʻlar yoʻnaltiriladi. 
Ikkinchidan, kompleks integral yondashuvlar taʼminlanib, 
xalqaro jamoatchilik, BMT institutlari va boshqa tashkilotlar 
saʼy-harakatlari birlashtiriladi. 
Uchinchidan, moliyaviy mablagʻlarni oʻzlashtirish uchun 
yangicha yondashuvlar ishlab chiqiladi hamda ular 
mintaqani innovatsion rivojlantirishga qaratiladi. Bu esa 
mablagʻlardan oqilona foydalanib, koʻproq vazifalarni hal 
etish imkonini beradi. 
Toʻrtinchidan, ajratilayotgan resurslar samarali ishlatiladi. 
Shular asosidagi ijobiy oʻzgarishlarni esa odamlar oʻzlarida 
his etishlari kerak. Sogʻliqni saqlash, taʼlim, suv taʼminoti 
sifatini oshirish, ish oʻrinlari yaratish shular jumlasidandir. 
Murakkab ekologik vaziyat, ichimlik suvi bilan bogʻliq 
muammolar aholi salomatligi yomonlashuviga olib keldi. 
Afsuski, turli, ayniqsa, oʻpka kasalliklari koʻpaymoqda. 
Qoraqalpogʻistonda bolalar oʻlimi soni Oʻzbekistondagi 
oʻrtacha koʻrsatkichlardan ikki barobar ziyoddir. Bularning 


barchasi Orol dengizi qurishi asoratlaridir. Zero, ushbu suv 
havzasi tabiiy ekotizimning bir qismi edi, uning yoʻqolib 
ketishi esa shamol yoʻnalishlari, iqlim, butun mintaqaning 
barqaror rivojlanishiga jiddiy taʼsir qildi. 
Biz Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun 
BMT rahbariyatidan, xususan, ulkan hissasi uchun shaxsan 
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda BMTning 
boshqa institutlari, Norvegiya, Yaponiya, Nigeriya kabi 
hamkor davlatlardan minnatdormiz. Ayni chogʻda 
Norvegiya hozirning oʻzidayoq Trast fondiga 1,2 million 
dollar miqdorida hissa qoʻshishini eʼlon qildi. 
Alohida taʼkidlash joiz, bu Oʻzbekistonning emas, balki 
mintaqaning eksklyuziv loyihasidir. Orolboʻyining yetti 
million aholisi — Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston 
fuqarolari mazkur fond faoliyatidan sezilarli natijaga ega 
boʻladilar. Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama 
sheriklik asosidagi trast fondi harakatlarning yagona va 
kompleks strategiyasini ishlab chiqish maqsadida ham 
mamlakatlar saʼy-harakatlarini, ham xalqaro dasturlarni 
birlashtirish yoʻlidagi toʻgʻri intilishdir. 
Oʻzbekiston unga milliy dasturlarni amalga oshirish orqali 
hissa qoʻshadi. Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev 
Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Yakunda umumiy 
qiymati 1,5 milliard dollarlik oʻnlab loyihalar amalga 
oshirilishi maʼlum qilindi. Ular iqtisodiy rivojlantirish, ish 
joylari barpo etish, sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilash kabi 
sohalarga qaratilgani bilan dolzarbdir. Boisi bugungi kunda 
Orolboʻyi aholisi aynan mana shu yoʻnalishlarga ehtiyoj 


sezayotir. Onalik hamda bolalikni muhofaza qilish, Orol fo-
jiasi tufayli kelib chiqqan kasalliklarga qarshi kurashish va 
albatta, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, uning yanada 
yomonlashib ketishining oldini olish shular sirasidandir. 
Biz Orol dengizini qaytarib boʻlmasligini yaxshi 
tushunamiz, ammo odamlar ketmagan va biz ular haqida 
qaygʻurishimiz zarur. Respublikada bir vaqtlari yoʻqotilgan 
qator xoʻjalik faoliyati turlarini bosqichma-bosqich qayta 
tiklash boʻyicha dastur roʻyobga chiqarilyapti. Orolboʻyida 
sunʼiy koʻllar hosil qilish orqali baliqchilikni yoʻlga qoʻyish 
bunga misoldir. Qolaversa, Oʻzbekiston eng koʻp suv talab 
qiladigan paxta ekiladigan maydonlarni keskin qisqartirdi. 
Soʻnggi yillarda yurtimizda bir gektar yerda suvdan 
foydalanish miqdori ikki barobar kamaytirildi. Oʻrmonzorlar 
yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu ham maʼlum 
miqdorda dengizda suv yoʻqotilishi meʼyorini saqlashga 
yordam beradi. Ishlab chiqarishlarning yangi yoʻnalishlarini 
ochish, bunda innovatsiyalarni keng tatbiq etish, turizm, 
jumladan, ekologik sayyohlikni ravnaq toptirishga alohida 
eʼtibor 
qaratilayotir. 
Sababi 
bularning 
barchasi 
Qoraqalpogʻistonda xizmatlar koʻrsatish, qoʻshimcha 
qiymatli mahsulot ishlab chiqarish sanoati imkoniyatlarini 
kengaytiradi. Shunga yarasha aholi turmush sifati ham 
yuksalib boraveradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: ,,Xalq So’zi “gazetasi 

Yüklə 108,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin