9. Bahs-munozara darsi. Mazkur usulda oʻquvchilarga bir kun oldin mavzu bеriladi. Oʻquvchilar mavzuni oʻqib,
savollarga javob topib, guruhlarda oʻsha savollarga javoblar bahs-munozara asosida olib boriladi.
Yoki biror masala sinf taxtasida ishlanadi va uning II, III varianti bor boʻlsa, bahs-munozara tarzida
ishlanadi. Bunda oʻquvchilarning faolligi oshadi, oʻzini erkin tutadi.
10. Har xil yozma ishlar. Oʻquvchilarning bilim darajasi, tafakkuri yuzasidan har xil yozma ish olinadi. Yozma ishlar 5 ̶
10, 10 ̶ 15, 15 ̶ 20 va hokazo, ya’ni 45 minut davom etadi. Ba’zida, ijodiy yozma ishlar olinib,
oʻquvchining ijod qilish faoliyati oʻrganiladi.
11. Integrativ (fanlararo bogʻlanish) darslar. Hozirgi zamon tabiiy fanlari ichida fizika, kimyo, biologiya, matematika, geografiya fanlari
qisman bir-biriga bogʻlangan, ya’ni integratsiyalangan. Bu darslar oʻquvchi tafakkurini
rivojlantiradi, solishtirish, turli faktlarni tahlil qilish, xulosa va yakunlar chiqarish kabi fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirishga, mustaqil faoliyatida esa muammolarni hal qilishga ijodiy
yondashishga yordam beradi.
Bundan tashqari, bu hol oʻquvchilarning koʻpgina tushuncha ta’riflarini yodlay olishlarinigina
taqozo qilmay, balki tushunchalar tizimini oʻzlashtirishni ham talab qiladi.
Respublikamiz oʻquvchilarining, deyarli, 60 ̶ 70 foizi qishloqda yashaydi. Shuni hisobga olgan
holda, fizika va boshqa fanlar qishloq xoʻjalik texnikasi bilan bogʻlab oʻtilsa, bu oʻquvchilar
bilimining oʻsishiga yordam beradi.
1-topshiriq. Adabiyotlarda ta’lim metodlariga keltirilgan qarashlarga tavsif bering.
Jadvalni toʻldiring. Shunday qarashning targʻibotchilari