Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
hidli kishi kelib, unga aytadiki: “Xabardor bo‘lgin bu yomon kuning bilanki,
sen shu kun
xususida va’da olgan eding”. Ruh so‘raydi: “Sen kimsan?” deb. Aytadi: “Men sening
yomon amalingman”. U aytadi: “Ey Parvardigor, qiyomat kunini keltirmagin, qiyomat
kunini keltirmagin...”
33. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min vafot
etadigan vaqtda maloikalar kelishadi. Rayhonning turli hidlari
va mushkli harir bilan
kelishadi va uning ruhini xamirdan qilni sug‘urgandek olishadi va aytiladi: “Ey xotirjam-
sokin jon, sen rozi bo‘lgin va (sendan ham) rozi bo‘lingan holda Parvardigoringga
(Parvardigoring rahmatiga va roziligiga) qaytgin”. Ruh chiqarilgandan so‘ng, rayhon va
mushk, ichiga qo‘yiladi. Harir uning ustiga yopiladi va uni illiyinga yuboriladi. Agar kofir
bo‘lsa, o‘layotgan paytida cho‘g‘ bo‘lgan bir mato bilan maloikalar kelishadi va uni joni
qattiq qiynoq bilan olinadi va aytiladi: “Ey
iflos nafs-jon, sen g‘azabda bo‘lgan va g‘azab
qilingan holda Allohning xorligi va azobiga qaytgin”. Vaqtiki uning ruhi chiqarilsa, o‘sha
cho‘g‘li matoga qo‘yiladi va unda qo‘rqinchli ovozlar bordir, uning ovozi guldirab-o‘kirib
turadigan holatdadir va uning ustiga dag‘al matoni yopishib, shu bilan sijjiynga
yuboriladi”.
34. Faqih Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladi. Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, u zot
aytadiki: “Mo‘min qabrga qo‘yilganda uning qabri yetmish gaz kengayadi va rayhonlar
uning
ustiga sochiladi, harir bilan berkitiladi. Agar u Qur’ondan yodlagan bo‘lsa,
Qur’onning nuri u joyda kifoya qiladi. Agar bu bo‘lmasa, xuddi quyoshning nuridek bir
nur qo‘yiladi. Uning misoli xuddi uxlayotgan kelinchak kabidirki, uni faqat yaqin,
suyukliroq kishisi uyg‘otadi. So‘ngra xuddi uyquga to‘ymagandek uyg‘onadi. Agar kofir
bo‘lsa, uning qabri unga tor bo‘ladi, suyaklari, qovurg‘alari
qorni ichiga kirib ketadi,
uning ustiga ilonlarni yuborishadi. Ilonlarning bo‘g‘inlari yo‘g‘onligi xuddi Xuroson
tuyasining bo‘yniga o‘xshaydi. Uning suyagida go‘shti qolmaguncha yeydi. So‘ngra azob
farishtalarini yuboradi. Ular, ko‘r, kar, soqovlar, ularda katta temir gurzi bo‘lib, uni o‘sha
bilan urishadi. Unga nisbatan qalblarida rahm-shafqat uyg‘onmasligi uchun ovozini
eshitmaydilar, unga muloyimlik qilmaslik uchun uni ko‘rmaydilar va unga erta-yu kech
do‘zax ko‘rsatilib turadi”.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadiki: Kimki qabr azobidan qutulmoqni xohlasa, unga to‘rt
narsa lozim bo‘ladi, to‘rt narsadan esa uzoqlashishi kerakdir. Lozim bo‘lgan to‘rt narsa:
namozlarini to‘liq
ado qilmoqlik, (zakot) sadaqa bermoqlik. Qur’on o‘qimoqlik, tasbehni
ko‘paytirmoqlikdir. Bu narsalar qabrni ravshan qiladi va kengaytiradi. Uzoqlashi kerak
bo‘lgan to‘rt narsa yolg‘onchilik, xiyonat, chaqimchilik va siydikdan saqlanmaslik.
Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinadi:
35. “Siydikdan poklaninglar, chunki qabr azobining ko‘prog‘i o‘shandandir”.
36. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yana rivoyat qilinadiki:”Alloh taolo to’rt narsani sizlar
uchun yomon ko’radi: namozda ortiqcha ishlar bilan shug’ullanishni, qiroatda lag’v
qilishni, ro’zada yomon so’z va amallardan uzoq bo’lmaslikni , qabristonda kulmoqlikni”.
Muhammad ibn Sammokdan rivoyat qilinadi: U kishi qabristonga qarab aytdilar:”Bu
qabrlarning jim turmoqligi sizlarni aldab qo’ymasin. G’am-tashvish
chekkanlarningko’prog’I shu yerdadir, qabrlarning
barobarligi sizlarni aldab
qo’ymasin,xilma-xil tafovutdagilar(yaxshi-yomon, jannati, do’zzaxi) shu yerdadir”.