Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
AL-FAQIH ABU LAYS AS-SAMARQANDIY
TANBEHUL–G‘OFILIYN
(G‘aflatdan uyg‘otish)
Arab tilidan
Dilmurod Qo‘shoqov
tarjimasi
© «Mutarjim», Toshkent, 2003-2005
HADIS ILMI VA UNING TURLARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog‘larida vahiy kelgandan boshlab to
vafotlariga qadar aytgan so‘zlari, bajargan fe’llari, biron sahoba qilgan ishni
tasdiqlaganlari
yoki indamasalar-da, iqror qilgan narsalari hadis yoki sunnat deyiladi.
Payg‘ambar (s.a.v.) davrlarida hadisni sahobiylar eshitiboq, yozmasdan unga amal qilar
edilar. Chunki hadis Qur’on oyatlariga aralashib ketmasligi uchun Payg‘ambar (s.a.v.)
uni yozishni man’ qilar edilar. Ammo Qur’on mukammal shaklda nozil bo‘lib,
sahifalar
holiga keltirib bo‘lingach, odamlar hadisni yozishga ehtiyoj seza boshlashdi. Chunki
Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin tobe’inlar davrida Islom dushmanlari tomonidan
Islomning ichiga har xil fitnalar va shular qatorida Payg‘ambar (s.a.v.) aytmagan yolg‘on
hadislarni kirgizish hollari ko‘zga ko‘rina boshladi. Tobe’inlar davrida u qadar ko‘p
hadis
yozilmadi. Taba’ tobe’in va ulardan keyingi asrda yashagan olimlar hadisni chuqur
o‘rganib, uni darajalarga bo‘lib, kitob shaklida yoza boshladilar. Buning barobarida hadis
rivoyat qilishda asos bo‘lgan jarh va ta’dil ilmi ham kelib chiqdi.
Hijratning IV asriga kelib hadis va hadisga taalluqli bilimlar mukammal
va alohida-
alohida ilm tusini oldi. Endi hadislar sanadi, roviyi va matniga qarab darajalarga
bo‘linadi. Hadis ilmi olimlari Rasulullohdan deb qilingan har bir
hadisni darajasiga qarab
«mutavotir», «sahih» va boshqalarga bo‘lib, har birining shartlarini va hukmlarini bayon
qildilar.
Parvardigordan yordam so‘rab, hadisdagi matn, sanad-isnod ma’nosini
hadislar
darajasiga ko‘ra bildiramiz.
Matn
– sanadning kalomga borib tugashi.
Sanad, isnod
– roviylarni matn bilan bog‘lovchi silsila.
Hadis darajalari:
1.
Sahih
– sanaddagi roviylar o‘zidan oldingi roviydan bevosita olgan hadisdir. Bu
o‘rinda roviyning odili bo‘lishligi, mukammal shaklda hadisni zabt qilganligi va hadisning
sahihligiga ta’sir qiluvchi illat bo‘lmasligi shart qilingan. Ahli hadisning ijmosi bilan unga
amal qilish vojibdir.
2.