Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
6. Abu Hurayra roziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat
qilishicha, u zot aytadilar: “Oxir zamonda sut soqqandek dunyoni sog‘ish uchun qavmlar
chiqadi (kitobning boshqa bir nusxasida: “dunyoni tortadilar, jalb etadilar”), ya’ni din
(nomi)
bilan dunyoni yeydilar, (yana boshqa bir nusxada: “dunyoni oladilar”), ya’ni
dunyoni egallab oladilar, so‘ng yumshoqligi qo‘y terisidek liboslar kiyadilar. Ularning
tillari shakardan shirinroq, qalblari esa bo‘rilarning qalbidek”.
Alloh taolo aytadiki: “Meni aldaysizlarmi yoki menga qarshi jur’at qilasizlarmi? (Jur’at
qilish hech fikrlamasdan o‘zini qo‘rqmas, shijoatli ko‘rsatishdir) o‘zimga qasamki, albatta
ularning ustiga bir fitnani yuborgayman, unda oqil-hakimlar lolu hayron qolgaydir”.
7. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Payg‘ambarimizning yonlariga bir kishi kelib: “Yo
Rasulalloh,
men bir amalni qildim, uni sir saqladim, so‘ng undan xabardor bo‘lib qolishdi,
mana shu narsa meni quvontirsa, bu amalda menga savob bormi?” dedi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Bu ishda sen uchun sirligi va oshkoraligida – har
ikkisida ham savob bor”.
8. Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Hadisning ma’nosi shuki, albatta, bir kishi o‘zining
ishini oshkor etsa va bu amalga biror kishi iqtido qilsa, ergashsa, bas,
u kishi uchun
ikkita savob bor: bittasi – uning o‘z amali uchun, ikkinchisi - shu amali bilan birovni
ergashtirganligi uchun. Rasulalloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Kimiki urfda
yaxshi ishni joriy qilsa, shu yaxshi ishning savobi va ergashib shu yaxshi ishni qilgan
kishining savobi unga qiyomatgacha yetib turadi. Va kimiki
urfda yomon bir ishni joriy
etsa, o‘sha yomonligining gunohi va ergashib shu yomonlikni qilgan kishining gunohi
unga qiyomatgacha yetib turadi”.
Ammo agar unga birov ergashganligi uchun emas, balki o‘zining ishi oshkora bo‘lganligi
uchun quvonsa, bu holda amalining savobi ketishidan qo‘rqmog‘i kerak.
9. Abdulloh ibn Muborak rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Albatta,
maloikalar Allohning bandalaridan bittasining amalini ko‘taradilar, so‘ng bu amalni
ko‘paytiradilar va poklaydilar, to Alloh taolo
xohlagan manzilgacha yetib, to‘xtaydilar.
Ularga Alloh taolo: “Albatta, sizlar bandamning amalini saqlovchisizlar. Men esa
bandamning ichida nima borligini kuzatuvchiman, muhaqqaq, bu bandam amalida
Menga ixlos qilmadi, bas, uni sijjiynga (kofir va fosiqlar ruhi turadigan joy) yozing”,
deydi. Va yana
bir bandaning amalini olib, ko‘tariladilar, u amalni oz va past sanashadi.
Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib to‘xtaydilar. So‘ng Alloh taolo ularga: “Albatta,
sizlar Mening bandamning amalini saqlovchisizlar va Men bandamdagi narsani
kuzatuvchiman. Albatta, u bandam o‘z amalida Men uchun ixlos qildi, bas, uni illiyinga
(solih bandalar ruhi turadigan joy) yozinglar”, deb aytadi”.
Bu xabar, albatta, Alloh taolo uchun qilingan oz amal Alloh taolodan boshqaga qilingan
ko‘p amaldan yaxshiroq ekanligiga dalildir. Albatta, Alloh taolo o‘zining fazli bilan ixlos
ila qilingan oz amalni ziyoda etadi. Alloh taolo aytganidek:
Dostları ilə paylaş: