Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
Hukamolarning ba’zilaridan: “Muxlis, ya’ni ixlosli kishi kim?” deb so‘raldi. Aytishdi:
“Yomonliklarini bekitgandek yaxshiliklarini ham bekitgan kishilar muxlislar”.
Yana ba’zilaridan: “Ixlosning ma’nosi nima?” deb so‘ralganda: “Albatta, odamlar seni
maqtashlarini sevmasligingdir”, deb javob berishdi.
Zunnun Misriyga aytildi: “Alloh taolo bir kishini tanlaganligi qachon bilinadi?”. Aytdi:
“To‘rt narsada bilinadi: qachonki rohatni tark qilsa, oz bo‘lsa ham, bor narsadan bersa,
qadr-qimmati tushib ketishini xohlasa va maqtov ham, yomonlash ham uning nazdida
bir xil bo‘lsa”.
11. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan Adiy ibn Hotam Toiy bunday rivoyat qiladi:
“Qiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi. Ular jannatga
yaqinlashib, hidini hidlab, jannatdagi qasrlarni va Alloh taolo jannat ahliga tayyorlab
qo‘ygan narsalarni ko‘rganlaridan so‘ng: “Ularni olib ketinglar, jannatda nasiba yo‘qdir!”
deb nido qilinadi. Ular shunday hasrat-nadomat bilan qaytadilarki, ulardan oldin ham,
keyin ham hech kim bunchalik hasrat-nadomat qilmagandir. Ular aytadilar: “Yo Alloh,
do‘stlaringga tayyorlab qo‘ygan ne’matlaringni ko‘rsatmay turib, bizlarni do‘zaxga
kirgizganingda bunchalik hasrat-nadomat qilmasdik”. Shunda Alloh taolo: “Men shunday
qilmoqliknni xohladim, chunki sizlar katta-katta gunohlar bilan insonlardan yashirincha
Menga qarshi chiqdingiz, insonlar ko‘zida esa pokiza, viqorli ko‘rinar edingiz,
qalblaringizda yo‘q narsani riyo qilar edingiz. Odamlardan qo‘rqar edingiz mendan
qo‘rqmas edingiz insonlarnni ulug‘lar edingiz. Meni ulug‘lamasdingiz. Insonlar uchun
ba’zi narsalardan qaytar edingiz. Men uchun qaytmasdingiz. Endi bugun savobimdan
ayirganim barobarida qattiq azobga mahkum etgayman”, deydi.
12. Ibn Abbos Payg‘ambar sallallolhu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Alloh taolo Adn
jannatini yaratgan vaqtda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insoniyatning ko‘ngliga
kelmagan narsalarni yaratdi. So‘ng Alloh taolo unga, gapir dedi. “Albatta, mo‘minlar
najot topdi”, dedi uch bor. So‘ng “Men baxilga, munofiqqa, riyokorga haromman”, dedi
jannat”.
Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: «Riyokornning alomatlari to‘rttadir: o‘zi qolgan
vaqtda yalqovlik, insonlar bilan birga bo‘lsa tirishqoqlik qiladi. Uni maqtashsa, amalni
ko‘paytiradi; yomonlashgan vaqtda noqis qiladi».
Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi: “Amalning qo‘rg‘oni uch narsadir:
1. Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilmoq – u bilan manmanlik sinishi uchun.
2. Amalni Allohning roziligi bilan boshlamoq u bilan havoyi nafsi sinishi uchun.
3. Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish – unda tama’, riyo bo‘lmasligi uchun. Bu
narsalar bilan amallar xolis bo‘ladi”.
Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilish, degan so‘zda, albatta Alloh bu amalni unga
muvaffaq qilgani bilinadi. Agar Alloh muvaffaq qilganini bilsa, u shukr qilganda, unda
manmanlik, kibr bo‘lmaydi. Amalni Allohning roziligi bilan boshlash o‘sha amalga qarash,
agar amal Alloh uchun bo‘lsa, shu amalni qilish tushuniladi. Agar unda Allohning roziligi
yo‘qligini bilsa, havoi nafsi bilan amal qilmaydi. Chunki Alloh taolo aytadiki:
Dostları ilə paylaş: