www.ziyouz.com kutubxonasi
10
qilgan amalini ro‘yobga chiqaradi. Hatto insonlar gapirib unga qo‘shadilar ham”. “Yo
Rasululloh, qanday qo‘shadilar?” deb so‘raldi. “Albatta, mo‘min amalida ziyoda bo‘lgan
narsani yaxshi ko‘rgay. Fojir kim, bilasizlarmi?” “Alloh va Uning rasuli bilgaydir”. “Fojir
kishi ulkim, to o‘zi to‘g‘risida yoqimsiz tanqidlarni to‘la eshitmaguncha olamdan
o‘tmaydi. Agar, yetmish qavat temir eshikli uy ichida Alloh taologa ma’siyat qilsa ham,
Alloh taolo uni oshkor qiladi, hatto insonlar gapirgay. Va unga qo‘shgaylar”. “Yo
Rasululloh, qanday ziyoda qiladilar?” “Albatta, fojir buzg‘unchilikda ziyoda bo‘lgan
narsani yaxshi ko‘rur”.
Avf ibn Abdulloh aytadi: “Ahli solihlar bir-birlariga yozar edilar: “Kimki oxirati uchun
amal qilsa, Alloh dunyo ishiga kifoya qilgaydir. Kimki Alloh va o‘zi orasida bo‘ladigan
ishlarni isloh qilsa, Alloh taolo u bilan odamlar orasini isloh qilgaydir. Kimki ichki
dunyosini isloh qilsa, Alloh taolo uning tashqarisini ham isloh qilib qo‘ygaydir”.
Homid Lifof aytadi: “Agar Alloh taolo kishini xolis qilishni xohlasa, uch narsa bilan jazo
beradi: Ilmdan ko‘p beradi, ammo ulamolar amalidan qisib qo‘yadi. Solihlarning
suhbatiga erishtiradi, lekin ularning huquqlarini bilishdan qisib qo‘yadi. Unga toatlar
eshigini ochadi va amalning ixlosidan qisib qo‘yadi”.
Mana shularning hammasi niyatning buzuqligidan va ichi yomonligidandir. Chunki, agar
to‘g‘ri bo‘lsa, albatta Alloh taolo ilmning manfaatidan ham, amalga ixlos qilishlikdan
ham, solihlarning huquqlarini bilishlikdan ham nasiba qilib, rizqlantirib qo‘yar edi.
16. Faqih aytadi: Jabla Yahsibiyning bunday deganini eshitdim: “Biz Abdulmalik ibn
Marvon bilan g‘azotda edik. Kechasi uxlamaydigan, uxlasa ham, kam uxlaydigan kishi
bilan suhblatda bo‘ldik. Uni taniyolmay, bir necha kun birga yurdik. Keyin bilsak, u
Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan biri ekan. Bizlarga bir voqeani aytib berdi:
“Mo‘minlardan biri Payg‘ambardan (s.a.v.) so‘radiki: “Yo Rasululloh, ertangi kundan
najot nimada?” Aytdilar: “Allohni aldamasligingda”. Aytishdi: “Yo Rasululloh, Allohni
qanday aldaymiz?” Aytdilar: “Alloh taolo buyurgan narsaga amal qilgaysan-u, Alloh taolo
uchun xos etmasligingdir. Riyodan saqlaninglar, chunki riyo Allohga shirk keltirishdir.
Riyokor ulki, qiyomat kunida butun maxluqotlarining oldida unga to‘rtta ism bilan nido
qilingaydir: “Ey kofir”, “Ey fojir”, “Ey ahdini buzguvchi”, “Ey zarar qilguvchi”, deyilgaydir.
“Amalingda alashding, ajring botil bo‘ldi, qiyomat kunida sen uchun nasiba yo‘q. Kim
uchun amal qilgan bo‘lsang, ajringni o‘shandan so‘ra. Ey yolg‘onchi!” deyilgaydir”. “Sen
buni Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdingmi?” deb so‘radim. Aytdi: “Hech zot yo‘q, magar
o‘zi bo‘lgan Zotga qasamki, men buni Rasulullohdan eshitdim. Agar bir narsada xato
qilsam, unga suyanib qolmasdim”. Keyin bu oyatni o‘qidi: