Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
Ammo amali ko‘p bo‘lsa-yu, Alloh taolo uchun bo‘lmasa, bas, unday kishiga savob
yo‘qdir va uning biror joyi jahannamdir.
10. Shufay Asbahiy aytadi: Madinaga kirdim, qarasam, bir
kishining oldida odamlar
yig‘ilgan ekan. “Bu kishi kim?” deb so‘radim. “Abu Hurayra”, dedilar. So‘ng unga
yaqinlashdim, u odamlarga gapirar edi va bir ozdan keyin gapini to‘xtatdi, so‘ng odamlar
tarqalib, yolg‘iz o‘zi qolganda: “Alloh taolo sizni eslasin, menga Rasulalloh sallallohu
alayhi
vasallamdan eshitgan, yodlagan, o‘rgangan va bilgan hadislaringizni ayting”,
dedim. Abu Hurayra: “O‘tir, senga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan
hadislarimni aytaman”, dedi. Men bilan Abu Hurayradan boshqa hech kim yo‘q edi, keyin
xo‘rsinib yig‘lab yubordi va hiqillagan, yuzlari qizargan
holda bir oz vaqt turib qoldi,
o‘ziga kelganidan so‘ng yuzlarini artdi. “Rasulullohdan eshitgan hadisni senga albatta
aytaman”, dedi, so‘ng yana xo‘rsinib yig‘lab yubordi va ozroq turib qoldi, keyin o‘ziga
kelib, ko‘z yoshllarini artdi-da, aytib berdi: “Rasululloh sallallohu
alayhi vasallam menga
aytdilarki: “Albatta, Alloh taborak va taolo qiyomat kunida O‘zining yaratganllari orasida
butun itoatli ummatga hukm qiladi. Birinchi, Qur’onni yod oldim deb da’vo qilgan
kishiga, Alloh yo‘lida o‘ldirilgan kishiga va moli ko‘p kishiga hukm qiladi.
Alloh taolo
(Qur’on yodlagan) qoriga aytadiki: “Rasulimga tushirgan narsani senga
o‘rgatmadimmi?” “O‘rgatding, yo Parvardigor”, deydi. “O‘rgatgan narsalarimdan
nimalarga amal qilding?” deydi Alloh. “Kecha va kunduzlarda Qur’on o‘qishda qoim
bo‘ldim” deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi. Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on
aytding!” deydilar. “Balki sen, falonchi qori, deyishlarini
xohlagan eding va albatta
shundoq deyishdi ham”, degay va do‘zaxga olib borishlarini amr etgay. Dunyo egasiga:
“Men senga molu dunyo berdim, sen Men uchun nima amallar qilding?” deydi. Shunda u
: “Molimni silai rahmga sarfladim va sadaqalarga ishlatdim”, deydi. “Yolg‘on aytding!”
deydi Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!” deydilar. “Balki, falonchi saxiy
kishi ekan, deyishlarini xohlagan eding va shundoq dedilar ham”, degay hamda do‘zaxga
olib borishlarini buyurgay. So‘ng Alloh taolo yo‘lida o‘ldirilgan kishini keltiradilar. Unga:
“Nima uchun o‘ldirilding?” deydi. “Senning yo‘lingda
jang qildim, hatto o‘ldirildim”,
deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!”
deydilar. “Balki seni “Falonchi jasur” deyishlarini xohlagan eding. So‘ng shun-day
deyishdi ham”, degay. Va do‘zaxga olib borishlari amr etgay... “Keyin Rasululloh
sallallohu alayhi vasallam tizzamga qo‘llari bilan urib: “Ey Abu Hurayra,
bu uch turli
kishilar ular bilan qiyomat kuni jahannam qizdiriladigan Allohning ilk maxluqlari”,
dedilar. So‘ng bu xabar Muoviyaga yetgach, qattiq yig‘ladi. “Alloh va uning rasuli to‘g‘ri
aytadi”, dedilar. So‘ng bu oyati karimani o‘qidi:
Dostları ilə paylaş: