Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
Chunki bu amallar xolis Alloh uchun bo‘lmadi. Qachonki banda xolis Alloh taolo uchun
amal qilsa, shundagina savob vojib bo‘ladi. Agar o‘sha amalda Alloh taologa boshqani
sherik qilsa, Alloh bunday amaldan bezordir.
3. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi:
Alloh taolo aytadi:
“Men sheriklardan behojatman va Menga boshqani sherik
qilgan amaldan ham behojatman, so‘ng Menga boshqani sherik qilib amal
etgan kimsadan ham bezorman”.
Ya’ni, birov uchun qilingan amaldan ham va shu amalni bajaruvchidan ham behojatman,
deydi. Albatta, Alloh taolo bu amaldan
biror narsani qabul qilmaydi, faqat ixlos bilan
qilingan amalni qabul etadi. Agar ixlos bo‘lmasa, unday amalni qabul etmaydi. Oxiratda
unga savob yo‘qdir va uning borar joyi jahannamdir. Bunga dalil Alloh taoloning so‘zi:
“Kim naqd(dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) o‘zimiz
istagan kimsalar uchun o‘zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz”.
Ya’ni,
kimki dunyo ishini xohlasa,
oxirat savobini umid qilmasa, dunyo matosidan
xohlaganimizcha shu dunyoda unga beramiz. “Kim uchun”, ya’ni kimni xohlasak, halok
qilurmiz va “kimniki xohlasak”, dunyo matosidan nimaiki bo‘lsa,
xohish-irodamiz bilan
berurmiz, uning xohishi bilan emas, deyiladi. “So‘ng unga jahannamni joy qilib
berurmiz”. Ya’ni, Biz oxiratda unga do‘zaxni vojib qilgaymiz, “unga kiradigan”, ya’ni
do‘zaxga kiradigan. “Mazammat va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda”, ya’ni
Alloh
taoloning rahmatidan uzoqlashtirilgan holda do‘zaxga tashlanadi. “Kimiki oxiratni
istasa”, ya’ni kim oxirat savobini istasa, “oxiratga loyiq sa’y-harakat qilsa”, ya’ni Alloh
taologa ixlos bilan
amallarini oxirat uchun qilsa, “mo‘min bo‘lgan holda”, ya’ni amal bilan
birga imonli bo‘lsa, chunki amal imonsiz qabul qilinmaydi: “unday zotlar”, ya’ni dunyoda
riyo uchun amal qilmay,
oxirat savobini talab etib, amal qilgan zotlar... “Unday
zotlarning sa’ylari (Alloh nazarida) maqbuldir”, ya’ni ularning amallari qabul bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: