Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga, kofir bo‘l degan edi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə408/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga, kofir bo‘l degan edi. 
Endi qachonki (inson) kofir bo‘lgach (shayton unga): “Albatta men sendan 
bezorman. Zero, men barcha olamlar Parvardigori bo‘lmish Allohdan 
qo‘rqaman”, dedi. Bas, ikkisining (shayton va uni so‘ziga kirib kofir bo‘lgan 
insonning) oqibati do‘zaxga kirib, unda mangu qolish bo‘ldi. Zolim kimsalarning 
jazosi shudir” 
(Hashr, 16 17-oyatlar). 
Faqih aytadilar: “Bandaning to‘rtta dushmani bor va ularning hammasi bilan 
kurashmoqqa banda muhtojdir: 
1. Dunyo. U aldamchi va makkordir. Alloh taolo aytadi: 
“Bas, hargiz sizlarni hayoti 
dunyo (o‘zining o‘tkinchi ne’matlari bilan) aldab qo‘ymasin va har giz sizlarni 
g‘urur (ya’ni, shayton) Alloh (har qanday gunohni kechaveradi, degan aldov) 
bilan aldab qo‘ymasin”
(Luqmon, 33-oyat). 
2. Nafs. U dushmanlarning eng yomonidir. 
3. Shayton. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
371
5. Shaytoniy insonlar. Ulardan ehtiyot bo‘lish kerak. U jin shaytonidan yomonroqdir. 
Chunki jin shaytonining aziyati vasvasa bilan bo‘ladi, shaytoniy odam esa, u eng yomon 
do‘st, uning aziyati har qadamda ro‘baro‘ kelib turadi. U doimo bandani to‘g‘ri yo‘lidan 
chalg‘itish payida bo‘ladi”. 
955. Shaddod ibn Avs (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ziyrak kishi 
nafsini hisobkitob qilib, o‘limdan keyingi hayot uchun amal qilgan kishidir”. Ya’ni 
dunyoda o‘z nafsi bilan hisoblashadi va o‘limdan keyin foydalanish uchun amal qiladi. 
«Fojir esa havoyi nafsiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni umid qilgan kishidir». 
Iso ibn Maryam (alayhissalom) aytadilar: “Kimning qanday halok bo‘lishi ajablanarli 
emas, ajablanarlisi, kishi qanday qilib najot topganidir”. Ya’ni, jannat nafs yoqtirmagan 
narsalar bilan, do‘zax esa, shahvatlar bilan o‘ralgan. Har bir bandada uni vasvasa 
qiladigan shayton va yaxshi ishlarga ilhomlantiradigan farishta bor. Shayton ziynatlash 
va aldashda davomli bo‘lsa, farishta undan qaytarishga va yaxshilikka ilhomlantirishga 
harakat qiladi. Nafs qaysi tarafda bo‘lsa, o‘shanisi g‘olib bo‘ladi””. 
__________________ 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin