23
Model
nomi
Tarkibiy tuzilishi
Muallifi
5R
4R+Packaging(qadoqlash)
Dj.T. Rassel, U.R.
Leyn
5R
4R+Preception(qabul qilish)
N. Xart
6R
4R+Public opinion(jamoatchilik fikri)+Politics(siyosat)
F. Kotler
7R
4R+People(insonlar)+Process(savdo jarayoni)+Physical
Evidence(sharoit, firma stili)
Ya. Ellvud
8R
7R+Pace(vaqt bo‘yicha muvofiqlik)
L. Tvide
12R
8R+Permission(muloqotda ixtiyoriylik)+Paradigm(yangi qoidalar
yaratish)+Pass along(bevosita marketing(og ‘izdan og ‘izga
etkazish))+Practice(tajriba)
S. Godin
Marketing-miks keng qo‘llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini
o‘z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, taqsimot
miksi, kommunikativ miks.
Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog‘liq bo‘lgan
chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uning
bezatilishi, mahsulot sifati, o‘rovi, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish, kafolat
xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazolar.
Shartnoma miksida tovarni oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim
ko‘rinishida ularni rasmiylashtirishni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Bunday chora-tadbirlarga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar
yetkazib berish va uni to‘lov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi.
Taqsimot miksida tovarni tayyorlanish joyidan oxirgi pirovard oluvchiga
yetkazib berishni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu siyosat sotish kanalini
asoslash va tahlil qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari
siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati, iste’molchilar va
bozorlar joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlarni
omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Kommunikativ miksning vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va foyda
olish maqsadida talabni shakllantirish hamda tovar va xizmatni siljitish
bo‘yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing
tizimining barcha obyektlarini korxona – mahsulot tayyorlovchilar bilan
o‘zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: