19
mustahkamlashdan
iborat
deb
qaraydi.
Ijtimoiy-axloqiy
marketing
konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib
borayotgan
ekologik
muammolar,tabiiy
resurslarning
yetishmasligi,
umumjahon inflyatsiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining g ‘arib holati tufayli
bu dastur bizning zamonamizga to ‘g ‘ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj
olib turgan pallada maydonga keldi.
Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda
olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning
strategik ahamiyatini anglab yetdilar va natijada bozor marketingi
konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga qo‘l
urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham o ‘ylay boshlaydilar. Ijtimoiy-
axloqiy marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch
omilni o‘zaro bog ‘liqlikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi,
xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. Bu quyidagi 1.4-rasmda o ‘z
ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: