1.2. Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari
Marketingning asosiy elementlari tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish
va tahlil etish, narxning tuzilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884)
Sayrus Makkormek nomi bilan bog‘lanadi. 1902-yildan boshlab AQSHning
(Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari
bo‘yicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar)
fanlar kiritilib, ma’ruzalar o‘qitila boshladi.
1926-yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil
topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu
jamiyat 1973-yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz
keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va
Yaponiyada ham paydo bo‘ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Yevropa
marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro Marketing
Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga o‘xshashlar yuzaga keldi.
O‘tgan asrning 60-yillar o‘rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining
barchasi o‘z xo‘jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo‘llay
boshladi. G‘arbiy Yevropa va Yaponiyada marketing g‘oyalari AQSHga
nisbatan sustroq joriy qilindi.
Bular haqida 1.1-jadvalda to‘liq tanishib chiqish mumkin.
1.1-jadval
Marketingning rivojlanish tarixi
1
1
Yusupov M.A., Abduraxmonova М.М. Маrkеting: O‘quv qo‘llanma. - Т.: Iqtisodiyot, 2007.
13
Yillar
Marketingda ro ‘y bergan o ‘zgarishlar
1902
AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o‘qitish boshlandi
1908
Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat
kompaniyalarida birinchi marketing bo‘limlari tashkil etildi
1920
Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi
1926
AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi;
uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u
1973-yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi
1930-1940
Dunyoning ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy
marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi
1950-1960
Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va
marketing bo‘yicha Yevropa jamiyati hamda Yevropa marketing
Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi
1980- yillarning
ikkinchi
yarmida
Mamlakatimizning
iqtisodiyot
yo‘nalishidagi
oliy
ta’lim
muassasalarida marketing kursi o‘qitila boshlandi
1990- yillarning
oxirlarida va
hozirgi
kunlarda
Mamlakatimizda marketing bo‘yicha xorijiy adabiyotlar o‘zbek tiliga
tarjima qilingan holda va shu fan bo‘yicha darslik, qo‘llanma hamda
risolalar O‘zbekistonlik mualliflar tomonidan ko‘plab chop etilmoqda
Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik
bilan o‘zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar.
Marketing an’anaviy savdo usullaridan farqli o‘laroq aniq maqsadlarni
ko‘zlaydi, xo‘jalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi: korxona shunday sifatli
mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bo‘lsin. Darhaqiqat, mahsulot
ishlab chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma’noni hali aslo
bildirmaydi.
Ilgari xo‘jalik rahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab
chiqarish talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni korxona o‘zi
xohlagan mahsulotni ishlab chiqarar va hamma e’tiborini uni sotishga qaratar
edi. Marketingning maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida ehtimol
tutgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat jihatidan to‘g‘ri baholashdan,
so‘ngra unga tayanib, butun kuchini o‘z mahsulotiga qiziqish va ehtiyojni
kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek, ko‘rsatiladigan tegishli
xizmat turini tanlash imkonini yaratgan holda mahsulotni sotishga
qaratishdan iborat.
1966-yilda AQSHda marketing masalalari bo‘yicha 350 ga yaqin
tadqiqot firmalari faoliyat olib borib, undan yirik firmalar 45 mln. dollarga
yaqin aylanmaga ega edi, bunda bu firmalarning jami aylanmasi 300 mln.
14
dollardan oshiqni tashkil etgan. Marketing muammolarini tadqiq qilishni
tijorat boshlashuvi asosida universitetlar ham, savdo-sanoat assotsiatsiyalari,
davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shug‘ullana boshladi.
1972-yilda
F.Kotler
mikromarketing
va
makromarketing
tushunchalarini asoslab beradi. 1976-yilda Shelbi Xant marketing
ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisoblanishini ko‘rsatdi.
XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni
globallashtirish jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990-yilda Kanberra shahrida
(Avstraliya) «Marketing – bu hamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi»
shiori ostida global marketing bo‘yicha Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‘rin
bo‘shatib bermoqda. Bu davrda AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqa
Yevropa mamlakatlariga yetib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Korea unga
juda yaqin. Tez o‘zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining
rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada tez moslashuvchan, yakka
iste’molchiga mo‘ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari
va ayrim «so‘qmoq»larning ko‘pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda
ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga yetdiki, bunda bir
bozorning oraliq segmentlarida bo‘sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor
raqobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida
emas, balki raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo
bo‘lishi natijasida yuz beradi.
Tovarning «hayotiy davri» misli ko‘rilmagan darajada qisqaradi.
Hozirgi davrda Yaponiyaning yetakchi elektron firmalari o‘rtacha har uch
oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini bozorga chiqaradi.
Mahsulotlar assortimenti ortdi, bir xil buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarish
kamaydi, ya’ni to‘p-to‘p qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmoqda.
Tovar sifatiga ega bo‘lgan tovarlar mazmuni o‘zgardi. Endi yaxshi mahsulot
chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan
keyingi darajasini, firma ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmatlar sifatini tubdan
yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo‘llarini o‘ylabgina
qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va o‘tkazish, daromadlarni muttasil
ko‘paytirish sohalariga ko‘proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga
yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o‘ziga jalb etadigan yangi
xaridorlarni qidirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga
15
tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon qolishi iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, konyunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni o‘z
vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida
ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |