• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

ikkinchidan
,
boshqarish 
tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga 
qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi 
ahamiyati o‘zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes 
xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab 
chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko‘rsatish va boshqa sohadagi 
tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing, bu jamiyat ishlab 
chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir. 
 
«Marketing» tushunchasining murakkabligi uni falsafiy, iqtisodiy, 
boshqaruv va yuridik jihatlarini ko‘rish zarurligiga olib keldi. Marketing 
falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. 
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: 
marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan 
inson faoliyati turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, 
bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga 
kelishi, tovar turlarining ko‘payishi va tadbirkorlar o‘rtasida mahsulotni 
sotish muammosi vujudga kelishidir. 
Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining 
asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur: 
talabni o‘rganish; 
bozor tarkibini aniqlash; 
tovarni o‘rganish; 
raqobat sharoitlarini tadqiq etish; 


12 
sotish shakli va uslublarini tahlil etish. 
Marketing quyidagilarni o‘rgatadi: bozorni o‘rganish; uni taqsimlash
tovarlarni joylashtirish; marketing siyosatini olib borish; tovar siyosati; narx 
siyosati; taqsimot siyosati; siljitish (yo ‘naltirish) siyosati; yuksalish, 
qo‘shimcha xizmatlarni (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va 
texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol) va boshqalarni 
kiritish mumkin. 
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi 
bo‘lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o‘rganish, ularga mos 
tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, 
sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari 
majmui hisoblanadi. Bularning hammasi dastlabki asosiy maqsadga, ya’ni 
talab bilan taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin