148
ma’lum muddatda sotilgan tovarga bepul xizmat ko‘rsatish
va boshqalar
kiradi.
Sotishni rag‘batlantirishda tovar to‘g‘risida ma’lum darajada axborotga
ega bo‘lmagan iste’molchilarga murojaat qilinadi. Shuning uchun
rag‘batlantirish siyosatining vazifasi - ularda firma tovarlarini keyingi vaqtda
sotib olishga ishtiyoq tug‘dirish hamda doimo aloqada bo‘lishga chiqarishdan
iborat. Odatda, talabni shakllantirish tadbirlari iste’molchilarga va
sotuvchilarga qaratilgan bo‘ladi. Iste’molchilarni rag‘batlantirish ularga
sezilarli tijorat imtiyozlari berishni ko‘zda tutadi:
tovarni sotib olish hajmiga va doimiy aloqada bo‘lib
turishga
beriladigan imtiyoz;
har xil shakldagi qarzlarga tovar sotish;
tovarning ko‘p hajmda xarid qilinishini ko‘zlab namunalarni bepul
tarqatish;
tovarlarni vaqtincha ishlatish uchun bepul berish;
ishlatilgan tovarni ma’lum shartlar bilan qabul qilish;
yangi tovarlarni bo‘lajak xaridorlarga ko‘rsatish;
tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarda sayohat uyushtirish;
yangi tovarlarning bozorga kiritilishiga bag‘ishlangan matbuot
anjumanlari o‘tkazish;
tovar narxini keskin tushirish to‘g‘risidagi radio,
televidenie va
matbuot orqali e’lonlar.
Tovarlarga bag‘ishlangan rag‘batlantirish siyosati ularning sotib oluvchi
xaridorlari turiga bog‘liq. Vositachilarni rag‘batlantirish, ularning faolligini
va
tashabbuskorligini
oshirishga
hamda iste’molchilar doirasini
kengaytirishga
mo‘ljallanadi.
Talabning
shakllanishi
va sotishni
rag‘batlantirish siyosati tovarning bozordagi hayotiy
bosqichlariga muvofiq
kelishi bilan har biriga mos mazmun bag‘ishlashi shart.
Bozorga kirish davrida agar firma birinchi marotaba bozorga kirib
borayotgan bo‘lsa, unda alohida strategiya ishlab chiqiladi. Odatda, quyidagi
4 xil marketing strategiyasidan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: