143
tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
To‘g‘ri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muloqot bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib
olishga ishontirishdan
iboratdir.
Franchayzing–bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri
bo‘lib hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar
markasi, nomalanishi va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish,
taqsimlanishi, sotish va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQSHda
chakana savdoning 50 % qismi franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning
quyidagi usullari
qo‘llaniladi:
tovarni peshtaxta orqali sotish;
tovarni xaridor o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish;
tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish;
tovar namunalarini ko‘rsatib sotish;
tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish.
Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo‘lib,
unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy
elementlari, chunonchi: tovarlarni ko‘rsatish va uning assortimenti bilan
tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to‘langan tovarni topshirish ishlarini
peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi.
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo
maydoni devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma tovarlar
yoniga
xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar
yoki aravachalarga o‘zlari solishlari mumkin, tovarning haqi do‘kondan
chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to‘lanadi.
Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga
bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan
o‘zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin.
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda bo‘lgani
kabi tovarlarni
ochiq yoyib qo‘yib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to‘la
tayyor holda chiqariladi.
Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli sharoitida xaridor
savdo maydoniga qo‘yilgan namunalarga qarab o‘ziga kerakli tovarlarni
mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini to‘lagandan
keyin tegishli tovarni bevosita do‘kondan oladi yoki qo‘shimcha haq evaziga
uyiga eltib berishga buyurtma beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi –
144
mebelь, sovutgich, kir yuvish mashinasi,
tikuv mashinasi, elektr yoritkich,
gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin.
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‘ziga
kerakli tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi,
qurilish, muassasa, dala shiyponi, istiqomat joyida
tashkil etilgan buyurtma
qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi. Bu tovar do‘kondan olinadi
yoki buyurtmachining uyiga yoxud buyurtmada ko‘rsatilgan boshqa joyga
eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda hamda murakkab
assortimentdagi tovarlarni ichkaridagi qishloq aholi punktlarida joylashgan
va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan savdo qiladigan do‘konlar orqali
sotishda ana shu usulni qo‘llash mumkin.
Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish
hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol
xarajatlarini
kamaytirish, iste’molchi hukmron bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga
egadir. Hozirgi sharoitda zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan savdo
avtomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi.
Xorijiy mamlakatlarda tovarlarni sotishda qo‘llanilayotgan quyidagi
ilg‘or usullardan mamlakatimiz savdo korxonalari va tashkilotlarida
foydalanish mumkin:
chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda
kataloglari bo‘yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish;
shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy
interyer, uncha ko‘p bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan
chakana savdo
korxonalarida narxi tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan
savdo qilish;
«qulay do‘konlar», cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi
oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga butun kun
mobaynida xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish.
Xorijiy
mamlakatlar
savdo
korxonalarida
tovarlarni
sotishda
qo‘llanilayotgan ilg‘or usullarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi yo‘llar
xaridorga yanada ko‘proq turli xil xizmatlarni ko‘rsatish va tovarlarga
bo‘lgan narxni tushirish hisoblanadi. Bulardan savdo korxonalarida
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: