O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/77
tarix20.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#145546
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)




 
 
O‘QUV MATERIALLARI
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANINING 
MA’RUZALAR MATNI 
 II - SEMESTR 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II – jarayon ( Ma’ruza mashg‘uloti - 10 soat) 
1-mavzu: Ijodiy o‘yin va uning turlari 
Reja: 
1.
O‘yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o‘ziga xosligi 
2.
Ijodiy o‘yinlar. Ijodiy o‘yinlar turlari. 
3.
Ijodiy o‘yinlarning bolalaga ta’lim berishdagi ahamiyati. 
4.
Bolalar o‘yinlarida tasvirlash vositalari. 
5.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Qurilish o‘yinlari 
O‘yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o‘ziga xosligi 
O‘yin inson o‘zligining namoyon bo‘lishi, uning takomillashuv usulidir. O‘yin 
kattalar hayotida muayyan o‘rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga 



egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha 
yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta’lim bilan 
uzviy aloqada bo‘lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bola 
shug‘ullanadigan ko‘pchilik jiddiy ishlar o‘yin shaklida bo‘ladi. O‘yinda shaxsdagi 
barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, 
o‘ylaydi. O‘yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin qadim 
zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar 
diqqatini o‘ziga tortib kelgan bo‘lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va 
uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o‘z o‘yinlarida ovchilik, 
urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o‘sha davrdagi ba’zi 
qabilalarning sholi sepish jarayoni o‘yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga 
oshirilar edi. YA. Komenskiy, K.D. Ushinskiy, A.S. Makarenko, P.F. Lestgaflarning 
g‘oyalari hozirgi zamon bolalar o‘yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. 
«Bolalar o‘yini ko‘p asrlik tarixga ega, - deb yozgan edi K.D. Ushinskiy, - U 
insonning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning 
uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan» 
Yan Amos Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga 
to‘g‘ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o‘yin - bolaning 
barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o‘yinda borliq, 
dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola 
o‘yin davomida tengqurlari bilan do‘stlashadi. Y.A. Komenskiy o‘yinga quvnoq 
bolalik va bolani uyg‘un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar 
o‘yinlariga e‘tiborli munosabatda bo‘lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni 
maslahat bergan edi. P.F. Lestgaft bolalar o‘z o‘yinlarida tevarak-atrofdan olgan 
taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta 
ahamiyatga egadir. Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o‘yinda 
tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg‘or olim va pedagoglar o‘zlarining 
kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. 



Tarbiyachilar bolalar o‘yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim. 
1. o‘yin bilan mehnat o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatish
2. o‘yinda bolalarning bo‘lajak mehnat ahliga xos bo‘lgan jismoniy va ruhiy 
sifatlarini tarbiyalash. Shu tariqa o‘yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati 
natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir; o‘yin doimo haqiqiy hayotni aks 
ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o‘zgarishi bilan uning mazmuni ham o‘zgaradi; 
o‘yin ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat bo‘lib, uning mehnat bilan 
ko‘p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O‘yin 
faoliyati asosida boladagi o‘quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o‘ynasa, 
u maktabda shunchalik yaxshi o‘qiydi. 
Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o‘yin bo‘lib, 
u narsa-buyum-o‘yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo‘l ishidagi murakkab va nozik 
harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o‘yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar 
o‘yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. 
Kattalar ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ma’lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi 
bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi 
bilimlarni o‘z o‘yinlarida qo‘llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o‘yini mazmun 
jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi 
yoshdagi bolalar o‘yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo‘lidagi buyum 
bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. 
Navbatdagi bosqich rolli o‘yin bo‘lib, unda bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan 
kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalar 
o‘yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlar 
har xil yosh guruhlarida bolalarning o‘yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali 
tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi. Shunday qilib MTTning pedagogik 



jarayonda o‘yinning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, o‘yindan maktabgacha yoshidagi 
bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero:
- o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon 
bo‘ladi;
- o‘yin Maktabgacha taiim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir;
- o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; 
- o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
- o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog-
olimlarning olib borgan tadqiqotlari o‘yinga kompleks rahbarlik qilish orqali 
bolalarga o‘yinning mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy 
munosabatlari, bolalar o‘yinining rivojlanish darajasiga ta’sir etish mumkinligini 
ko‘rsatdi. Bolalar o‘yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko‘ra xilma-
xildir. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin