O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

33
 
O‗zbekiston Respublikasida Wi-Fi texnologiyasi bo‗yicha keng polosali 
ulanish tarmoqlarini rivojlantirish dasturi ham amalga oshirilyapti. Mazkur dasturdan 
ko‗zlangan maqsad barcha viloyatlarda, jumladan aeroportlarda, vokzallarda, 
sayyohlar ko‗p tashrif buyuradigan joylarda, istirohat bog‗lari, savdo markazlari va 
boshqa jamoatchilik joylarida simsiz keng polosali ulanishni tashkil qilishdan iborat.
 
Axborot texnologiyalari. Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi 
respublikamizning rivojlanishida muhim o‗rin tutib kelmoqda. O‗tgan yillar 
mobaynida O‗zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot 
texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati 
hozirgi kunga kelib o‗z natijalarini ko‗rsatmoqda. 
33
www.http//mitc.uz 


62 
6.2-rasm. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
34
 
Xususan: 
1.
Internet tarmog‗ining milliy segmentini rivojlantirish yo‗nalishida amalga 
oshirilayotgan ishlar natijasida ―UZ‖ domenidagi domen nomlari soni 30 168 
tani (o‗sish 119 %) tashkil etdi. uMail.uz milliy elektron pochta tizimi 
foydalanuvchilari soni 398 500 dan ortdi (o‗sish 151 %); 
6.3-rasm. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining vazifalari
35
 
 
– dasturiy ta‘minot vositalari ishlab chiquvchi 360 ta korxona tomonidan 1 728 
dan ziyod dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Shundan 818 tasi ijtimoiy soha va 
ta‘lim yo‗nalishida, 249 tasi iqtisodiyot va moliya yo‗nalishida, 244 tasi ishlab 
chiqarish va boshqa yo‗nalishlarga bo‗linadi; 

Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini 
bajarish doirasida elektron hukumat axborot tizimlari komplekslari va markaziy 
ma‘lumotlar bazalarini yaratish bo‗yicha ko‗zda tutilgan loyihalarning 14 tasi 
(Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, ―Xarid‖, ―Soliq‖, ―Bojxona‖, ―Budjet‖, 
34
www.http//mitc.uz 
35
www.http//mitc.uz 


63 
―Nafaqa‖, ―Kliring‖, ―Litsenziya‖ axborot tizimlari komplekslari, Idoralararo 
integratsion platforma, Yagona identifikatsiya tizimi, jismoniy va yuridik shaxslar, 
avtotransportlar ma‘lumotlar bazalari, ma‘lumotnomalar registri) joriy qilindi; 

umumiy o‗rta ta‘lim, o‗rta maxsus ta‘lim, oliy ta‘lim yo‗nalishidagi 11 325 
ta ta‘lim muassasasidan 10 620 tasi (93,8 %) ZiyoNET tarmog‗iga ulandi, ZiyoNET 
tarmog‗i resurslari soni 130 000 dan ortiqni (o‗sish 119 %) tashkil etdi; 
– barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari 
yaratildi; 
– 295 ta davlat axborot resurslari, 499 ta davlat axborot tizimlari joriy etildi; 
– amaldagi elektron raqamli imzo kalitlari 1 720 ming donaga yetdi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin