O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Eksperiment va tajriba – 
obyektni va uning xulq-atvorini kuzatishni zarur 
komponent sifatida o‗z ichiga oluvchi, ammo obyektning belgilari, tuzilishi va 
funksiyalarini o‗rganish maqsadida unga faol 
ta‟sir ko„rsatishni nazarda tutuvchi 
ilmiy bilish metodlari
. Tajriba va eksperimentlar jarayonida olimlar eksperimental 
moslamalarda ilmiy tadqiqot maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur shart-
sharoitlarni ongli ravishda yaratadi, modellashtiradi, o‗rganilayotgan hodisaning 
oqimini o‗zgartiradi va mazkur tajriba uchun zarur yo‗nalishga buradi. Eksperiment 
jarayonida obyektning mavjudlik shart-sharoitlari faol o‗zgarib boradi
36
.
36
Michael Henderson, Geoff Romeo. Teaching and Digital Technologies Cambridge University Press 2015. P. 245-
246.


65 
Eksperiment tadqiqotchiga bilish uchun kuzatishga qaraganda kengroq 
imkoniyatlar ochadi. Olimlar eksperiment o‗tkazib, obyektga dadil va ijodiy 
yondashib, tajriba obyektini teran tushunib etadi, uning xossalarini va obyekt mavjud 
bo‗lgan muhitni o‗zgartiradi.
Kuzatishlar, tajribalar va eksperimentlar jarayonida olingan obyekt haqida 
ma‘lumotlar puxta qayta ishlanadi va saralab olinadi, shundan so‗ng olingan 
ma‘lumotlarni 
tavsiflash 
bosqichi boshlanadi. Olingan empirik axborotni 
tavsiflash
ilmiy ijodning o‗ta mas‘uliyatli va qiziqarli bosqichidir. Xo‗sh, obyektning 
xossalarini qanday tavsiflash, tavsiflashga qanday yondashish kerak, tavsiflashda 
tadqiqotchi qaysi mezonlarga tayanadi? Bu yerda olimning ijodiy faolligi, fikrlash 
uslubi, yuksak darajadagi ilmiy mahorati va umumiy madaniyati, uning xolisligi va 
obyektivligi katta rol o‗ynaydi.
Tavsiflash turlari xilma-xildir. Har bir fan o‗z tavsiflash turlariga ega bo‗lib, 
bunda o‗z tushunchalar apparati va metodologiyasiga tayanadi. Jumladan, 
tavsiflashning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tartibsiz va izchil; to‗liq va 
noto‗liq; sifati va soniga qarab tavsiflash; tuzilishiga qarab tavsiflash; funksional, 
genetik tavsiflash va h.k.
Tavsiflash tavsiflanuvchi xossalarni tizimga solish va turkumlashni nazarda 
tutadi. Bunda obyektning o‗rganilgan xossalarini qabul qilingan tadqiqot dasturi va 
tamoyillariga muvofiq tartibga solish va dastlabki anglab yetish amalga oshiriladi. 
Bundan empirik darajada olingan ilmiy ma‘lumotlarni yaxshiroq va teranroq tushunib 
etish maqsadi ko‗zlanadi. Tizimga solish deganda, masalan, botanikada 
o‗simliklarning xossalarini, kimyoda kimyoviy elementlarning xossalarini (D.I. 
Mendeleyevning kimyoviy elementlar sistemasi), mikroolam kvant fizikasida 
elementar zarralarning xossalarini tartibga solish tushuniladi.
Shundan so‗ng obyektning tavsiflangan xossalari va belgilari turkumlanadi. 
Mazkur xossalar va belgilar tanlangan yondashuvga muvofiq guruhlarga, turkumlarga 
ajratiladi. Turkumlash tavsiflash usuli sifatida voqelik haqida oddiy tizimga solishga 
qaraganda ko‗proq bilim beradi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin