Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Genetik metod 
— psixik holatlarning paydo bo‘lishi va ularning qu- 
yidan yuqoriga qarab rivojlanishi jarayonini o‘rganish usullari.
Genotip 
— ota-onadan farzandga oladigan genlar majmuyi, irsiy 
asosi.
Gerontopsixologiya 
— psixologiya tarmogl, qarilik davri psixologi- 
yasini o'rganadi.
Geshtaltpsixologiya 
— hozirgi zamon chet el psixologiya maktablaridan 
biri bolib, XX asrning 30-yillarida Olmoniyada bunyodga kelgan. Bular 
murakkab psixik voqelikni tushuntirish uchun hodisalarning bir butun- 
ligini asos qilib oladilar. Asoschilar M.Vertxeymer, V.Kyoler, N. Koffka.
Yetakchi faoliyat 
— faoliyat turlaridan biri bolib, bunda ma’lum davr 
ichida shaxs sifat jihatidan o'zgarib shakllanadi. Masalan, bog'cha yoshi 
davridagi o‘yin faoliyati.
Zehn 
— nerv tizimining ba’zi genetik nazariyalari anatomik- 
fiziologik xususiyati bolib, u kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivoj- 
lanishining dastlabki individual tug‘ma tabiiy zaminidir.
Ideal 
— biror narsaning namunasi, ayrim odam yoki guruh xat- 
ti-harakatlari va intilishini belgilovchn oliy maqsad.
587


Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi 
— inson tomonidan hayotiy tajriba- 
ni egallash jarayoni ijtimoiy ta’sirlar va ular bilan bog‘liq mustahkam- 
lash va jazolash asosida amalga oshadi deb tushuntiruvchi ijtimoiy psi­
xologik nazariya.
Imprinting 
- qandaydir xulq-atvor shaklini maxsus o'rgatilmasdan, 
tug‘ilishi bilanoq o'zlashtirish.
Interferensiya 
- malakalardagi salbiy ta’sir bo‘lib, bunda eski mala- 
ka yangisining shakllanishiga xalaqit beradi.
Iste’dod 
— shaxs qobiliyati rivojining yuqori darajasi.
Identifikatsiya 
— shaxsning o‘zini o‘zga odam bilan emotsional va 
boshqa tomondan tenglashtirishi.
Konformlik 
— individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina 
qo‘shilib, ichki tomondan esa qo‘shilmay o‘z fikrida qolishi, guruhga 
ongli ravishda moslashishi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin